Ko‗p sonli adabiy merosiga ega. Bu asrlar osha o‗zbek adabiy tilining o‗ziga xos taraqqiyot yo‗lini ko‗rsatuvchi yozma dalillardir
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'ZBEK TILIDA FE\'L ZAMONLARI TARAQQIYOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
Mundarija Kirish........................................................................................................................2 1.1. O‗zbek tilida Fe‘l zamonlarini o‗rganishning asosiy vazifalari……….……..4 1.2. Fe‘lning semantik-grammatik tabiati………………………………………..7 2.1. Fe‘llarda zamon shakllari va ularning taraqqiyoti.........................................14 2.2. Fe‘l so‗z turkumining o‗rganilish bosqichlari va tarixi …………..………19 3.1. Zamonni ifodalovchi grammatik shakllar annotatsiyasida Fe‘l leksik ma‘nosining ahamiyati …………………………………………………….……23 3.2. Fe‘l zamon shakllarining o‗qitilishida mavzuviy izchillikning ahamiyati …27 Xulosa.....................................................................................................................30 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.....................................................................32 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O‗zbek adabiy tili uzoq tarixiy taraqqiyotiga va ko‗p sonli adabiy merosiga ega. Bu asrlar osha o‗zbek adabiy tilining o‗ziga xos taraqqiyot yo‗lini ko‗rsatuvchi yozma dalillardir. Shu sababli ham yozma adabiy matnlarga, an‘analarga asoslangan holda o‗zbek tilining tarixiy taraqqiyotini o‗rganish o‗zbek adabiy tilining qanday taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirganligini aniq tasavvur qilishga imkon beradi. Bu holat uning taraqqiyot bosqichlarini oldingi asrlardagi yozma manbalardan o‗rganib, shu asosda ma‘lum bir xulosalarga kelishi kerakligi haqidagi masalalarni kun tartibiga qo‗yadi. Tilshunosligimiz tarixida Fe‘l zamonlari, mayllari, Fe‘l shakllarining turli xil ko‗rinishlari bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlarning anchasi ko‗zga tashlanadi. Ayniqsa, Bu sohada A.G‗ulomov, U.Tursunov, J.Muxtorov, T.Xo‗jayev, G‗.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, A.M.Shcherbak, A.A.Kuklyanova, A.Xojiyev kabilarning tadqiqotlarini ko‗rsatish mumkin. Ularda Fe‘l zamonlari, Fe‘l mayllari, Fe‘lning har xil funktsional shakllari haqida turli nuqtayi nazardan olib borilgan tadqiqotlar mavjud. Bu ishlardan Fe‘l zamonlari va Fe‘l mayllari haqida diqqatga arzirli fikrlar bayon qilingan. Ayniqsa, Fe‘l zamonlari haqida Sh.Shukurovning ,,O‗zbek tilida Fe‘l zamonlari taraqqiyoti ―(T.1976-y) monografiyasi va G‗.Abdurahmonov Sh.Shukurovning ,,O‗zbek tilining tarixiy grammatikasi. Morfologiya va sintaksis‖(T.1973-y) asarlarida qimmatli fikrlar bayon etilgan. Ammo Fe‘l zamonlarining taraqqiyoti masalalari shu bilangina cheklanib qolmay balki, o‗sha olimlar nazari tushmagan eski yozma manbalarda Fe‘l zamonlari taraqqiyotining yangidan-yangi qirralari topilib qolishi mumkin. Shuni e‘tiborga olib Fe‘l zamonlari taraqqiyoti masalalarini o‗zimizning malakaviy bitiruv ishimizning ob‘ekti qilib oldik va Fe‘l zamonlari taraqqiyoti o‗ziga xos taraqqiyot yo‗liga ega. Bularni faktik materiallar asosida bayon qilish va ularni aniq ko‗rsatib berish, bundan bexabar bo‗lgan maktab o‗quvchilari, o‗rta maxsus kasb-hunar kollejlari va oliy o‗quv yurtlari talabalari uchun ham foydadan holi bo‗lmaydi. Demak bizning malakaviy ishimizning materiallari ularda ham shu bo‗yicha muayyan bir ko‗nikma, malaka, bilimlarni hosil qilishga yordam berishi tabiiy. Shu nuqtayi nazardan qaraganda bizning malakaviy ishimizdagi materiallar ko‗pgina kishilarga yordam berishi mumkinki, ular ishning dolzarbligini ta‘minlaydi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling