Ko‗p sonli adabiy merosiga ega. Bu asrlar osha o‗zbek adabiy tilining o‗ziga xos taraqqiyot yo‗lini ko‗rsatuvchi yozma dalillardir


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1462171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'ZBEK TILIDA FE\'L ZAMONLARI TARAQQIYOTI

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Fe‘l zamonlari taraqqiyoti o‗zbek, rus 
va boshqa turkiy tilshunoslik materiallari asosida turli olimlar tomonidan 
o‗rganilgan va ularda Fe‘l zamonlarining harakterli xususiyatlari bayon qilib 
berilgan.
O‗zbek tilshunoslaridan A.G‗ulomov, T.Xo‗jayev, A.Xojiyev kabilarning 
Fe‘llarning 
ba‘zi bir kategoriyalari haqidagi tadqiqotlarini ko‗rsatish 
mumkin.Yuqorida nomlari ko‗rsatilgan tadqiqotlar bizning malakaviy ishimiz 
uchun ilmiy-nazariy asos vazifasini bajardi.
Kurs ishining maqsadi: O‗zbek tili tarixiga tegishli bo‗lgan yozma 
manbalardan Fe‘l zamonlari tarixiga tegishli bo‗lgan yozma manbalardan Fe‘l 
zamonlari taraqqiyotiga doir materiallarni to‗plab, ularni lisoniy tasnif qilishdan 
iboratdir. Shuningdek unda ilmiy adabiyotlarda bayon qilingan fikrlarga 
munosabat bildirgan holda Fe‘l zamonlari 
taraqqiyoti masalalariga oydinlik 
kiritishdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Tadqiqot obyekti mumtoz adabiyotimiz adabiy 
yozma manbalarida mavjud bo‗lgan Fe‘l zamonlariga tegishli grammatik 
shakllarni to‗plash va shu asosda muayyan bir xulosalarga kelish ishning obyekti 
hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Tadqiqotning predmetini A.Navoiy, Lutfiy, 
Sakkokiy va boshqa adiblarimizning asarlarida mavjud bo‗lgan o‗tgan, hozirgi va 
kelasi zamon Fe‘l shakllariga doir bo‗lgan va to‗plangan materiallarni lisoniy tahlil 


qilish, ularga sharhlar berish va ularning taraqqiyot tendensiyalarini hozirgi davrga 
xos bo‗lgan grammatik shakllar bilan qiyoslagan holda ma‘lum bir xulosalarga 
kelish uning predmetini tashkil qiladi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: O‗zbek tili Fe‘l zamonlari 
taraqqiyoti tarixiy fonda tasvirlab berildi va hozirgi davr Fe‘l shakllarining 
shunday holatga ke‘lishiga asos bo‗lgan Fe‘l shakllari lisoniy tahlildan o‗tkazildi, 
bu esa Fe‘l zamonlarining o‗rta maktablarda, oliy ta‘lim muassasalarida aniqroq 
tushuntirishga asos bo‗ldi va bu o‗quvchilarning, talabalarning hozirgi davr Fe‘l 
shakllarini yaxshi bilib olishiga va ularning taraqqiyotini aniq tasavvur qilishga 
imkon yaratadi.
Ishning amaliy ahamiyati shundaki, uning materiallari mumtoz adabiyotimizni 
yaxshi tushunishga Fe‘l zamonlari taraqqiyotining hozirgi holatiga asos bo‗lgan 
Fe‘l shakllarini to‗g‗ri anglashga yordam beradi, tilning tarixiy rivojlanish 
bosqichlarini keng tushunishga imkon yaratadi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling