Ko’p tuklilar (Polychaeta) sinfi: epitokiya; rivojlanish va metamorfo Reja


Zuluksimonlar (Hirudinomorpha) sinfi vakillari va tarqalishi


Download 119 Kb.
bet5/10
Sana01.11.2023
Hajmi119 Kb.
#1738370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ko’p tuklilar (Polychaeta) sinf

Zuluksimonlar (Hirudinomorpha) sinfi vakillari va tarqalishi.
Zuluklar ham belbog’li chuvalchanglar guruhiga kirib, asosan dengiz, chuchuk suvlarda va dengizda van am tuproqda yashaydi. Zuluklarni barcha vakillarida orqa so’rg’ich mavjud bo’lib substratga yoki xo’jayniga yopishib turish vazifasini boshqaradi. 500 ta turi bor. Parazit formalarida tuklar yo’qolgan.
Zuluklar bir qancha organlarining tuzilishi, jumladan bir necha avlodlarida qilsimon o‘simtalarning saqlanganligi va boshqa belgilari qtlsimon o‘simtalarning saqlanganligi va boshqa belgilari bilan oz qilli halqali chuvalchanglarga ko‘p jihatdan yaqinlashadi.
Zuluklar halqali chuvalchanglar tipining o‘ziga belgilariga ega bo‘lgan avlodlaridir. Qon so‘rib yoki mayda hayvonlar bilan ovqatlanadi. Ularda halqalilarning bir qancha asosiy xarakatli belgilari – ichki segmentlar, metanefridiyalar, bosh nerv guguni va qorin nerv zanjiri, yaxshi rivojlangan qon aylanish sistemasi va boshqalar saqlangan. Shu bilan birga qadimgi (qisman hozirgi) avlodlarining qon yoki tana syuqligini so‘rib – ektoparazitlik bilan hayot kichirishga layoqatlanishi natijasida, ma’lum darajada o‘zgarib boshqacha xususiyatlar hosil etgan. Yirtqich formalari ham bor.
Chunonchi, bularda boshqa hayvon tanasiga yopishadigan ikkita so‘rg‘ich hosil bo‘lib, tashqi segmentlari yo‘qolgan yoki ozaygan; gavdasi yassilashgan, teri – muskul xaltasida muskullar eng kuchli rivojlanib, ikkilamchi tana bo‘shlig‘i mezenxema ho‘jayralari bilan qoplangan va shu munosabat bilan qon aylanish sistemasi va metanefridiyalar tuzilishida bir qancha o‘zgarishlar vujudga kelgan. Shular bilan birga ular uchun maxsus sezuv organlari-kuzlarning bo‘lishi hazm organlarining kuchli rivojlanganligi, ichidagi katta yon o‘simtalar paydo bo‘lganligi, ikki jinsli organlari yaxshi rivojlanganligi va pilla qo‘yib, lichinkasiz taraqqiy etishi xarakatlidir.
Hozirgi zoologiya sistemasiga ko‘ra zuluklar sinfi qadimgi zuluklar (Archihirudinea) va haqiqiy zuluklar (Euhirudinea) kichik (kenja) sinflardan tarkib topgan. Qo‘yida O‘zbekistonda ko‘p tarqalgan so‘nggi sinf vakillarining tuzilishi ko‘rib o‘tiladi.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling