Ko’p tuklilar (Polychaeta) sinfi: epitokiya; rivojlanish va metamorfo Reja
Halqalilar filogeniyasi va evolyutsiyasi
Download 119 Kb.
|
Ko’p tuklilar (Polychaeta) sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- (metameriya tuzilishi)
Halqalilar filogeniyasi va evolyutsiyasi.
Exiuridalarning sirtqi va anatomik tuzilishi ko‘p jihatdan halqali chuvalchanglarga o‘xshamaydi. Chunki, ular million yillar davomida qum va baliq yorib yashashga layoqatlanish evolyutsiyasi natijasida kuchli darajada o‘zgarib, segmentlar tuzilishi – metamerlik xususiyatlarini yo‘qotgan, soddalashgan sinfdir. Shunday bo‘lsa ham ularda halqalilarga xos bir qancha organlar sistemasining saqlanganligi, xususan mazkur sinf uchun eng xarakterli bo‘lgan tarxofora lichinkasi shaklida rivojlanishi va shuningdek, lichinka taraqqiyoti davrida dastlabki segmentlarning hosil bo‘lishi exiuridalarni halqalilarga mansub ekanligini yaqqol ko‘rsatadi. Aftidan, exiuridalar dastlabki halqalilarning eng qadimgi avlodlaridan paydo bo‘lgan va faqat ma’lum hayot sharoitiga layoqatlanish tufayli ko‘p turlar hosil qila olmagan guruhdir. Umuman halqali chuvalchanglarning qanday dastlabki formalaridan paydo bo‘lishi masalasi, professor S.V. Averensev va V.F. Natalilar ta’kidlagani kabi, hozirgacha aniqlangan emasdir. Bu sohada bayon etilgan bir necha xil faraziyalar mazkur masalani ravshan hal etib bera olmaydi. Umurtqasizlar filogeniyasi masalasi bilan ko‘p shug‘ullangan Rus zoologi S. V. Averensav, E. Meyer va A. Langelarning faraziyalariga yondashadi. Mashhur rus zoologi V.N. Beklemishevning fikricha annelidalarning paydo bo‘lishi masalasi – umuman tananing segmentlardan tarkib topishi (metameriya tuzilishi) ning paydo bo‘lishi masalasi bilan bog‘liqdir. Metamer tuzilishning qaysi dastlabki guruhda va qaysi yo‘l bilan paydo bo‘lganligi hozirgacha ravshan hal etilgan emas. Echiura va Sipuncula tiplari vakillari xilma-xilligi va filogeniyasi. Exuridalar - dengiz va okeanlarning tubida, sohil doirasidan tortib okeanning katta chuqurliklari – abissal zonasida qum va baliq yorib hayot kechiruvchi chuvalchanglardir. Echiura larning150 turi ma’lum. Bularning tashqi ko‘rinishi yuqorida ko‘rib o‘tilgan halqalilarga o‘xshamaydi. Tanasi qopchiqsimon, bosh tomonda uzun xartumchasi bor. Tanasida segmentlar saqlanmagan, ikkilamchi tana-selom bo‘shlig‘i umumiy ichki bo‘shliqni tashkil etadi. Lekin, exiuridalarning hamma avlodlarida teri qilchalarining oz bo‘lsada, mavjudligi, bir necha juft nefridiya “voronkacha” larining bo‘lishi, qon aylanish sistemasining tuzilishi va xususan troxofora lichinkalari shaklida rivojlanishi bularning halqalilar avlodi ekanligini dalolat beradi. Exiuridalarning 20-30sm gacha kattalikdagi qopchiqsimon tanasi hamma vaqt deyarli qum yoki balchiqli dengiz tubida maxsus “joy”ga botgan holda joylashib ko‘pincha kam harakat bo‘ladi. Tananing bosh tomonidagi uzun “xartum” o‘simtasi esa juda harakatchan; bu exiuridaning oziq oluvchi va nafas oluvchi organidir. Bonsila viridis degan turda 1 m uzunligidagi xartumning uchi ayri-ikkiga ajralgan bo‘lsa, exiurus, talassema kabi avlodlarida xartum kalta, ba’zilarida bu organ bo‘lmaydi. Xartumning ichki (qorin) tomoni ariqchalik, u mayda kiprikchalar bilan qoplangan, uning pastki qismi og‘izga tutashgan. Exiuridaning qoirn tomonida “bosh”dan pastigacha cho‘zilgan ariqcha chizig‘iga qarab, qorin tomonini aniqlash oson. Shu tomonda og‘izga yaqin qorin qilchalari va jinsiy yo‘llarining teshikchalari joylashgan. Tananing nastki qismida anal teshigi, uning atrofida-anal qilchalari bor. Exiuridalarining teri-muskul xaltasi sirtqi kutikula, epiteliya qavati, halqali va cho‘ziq muskullar ham ichki seloteliya hujayra qavatlaridan tarkib topgan. Bundan boshqa ularda ko‘ndalang-qiya muskullar ham bo‘ladi. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i bitta katta selomdan iborat bo‘lib, u maxsus tana suyuqligi bilan to‘lgan. Mazkur bo‘shliqning oldingi qismida bir-ikki juft nefridiya voronkachalari bor; ular jinsiy mahsulotni chiqarishga xizmat etadi. 2 p Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling