Ikki kun ichida:
Dastlabki kunlar oson o‘tmaydi. Asabiylashish va tobelik xurujlari bo‘lishi mumkin, bu kayfiyatning tushishiga olib keladi. Ammo esda tutish kerakki, bu bir necha kun davom etadi. Organizm buni yengishga qodir. Keyinchalik cheklovlarga rioya qilish osonlashadi.
Bir haftadan keyin:
Bir haftadan so‘ng energiya va kuch paydo bo‘ladi. Teri yaxshilanadi, metabolizm tezlashadi va oshqozon osti bezi soat kabi ishlaydi. Shakar stress gormoni kortizol ishlab chiqarilishini qo‘zg‘atganligi sababli shirinliksiz o‘tgan bir haftadan keyin uyqu sifati yaxshilanadi, hatto uyg‘onish ham oson kechadi.
10 kundan keyin:
Yurak-qon tomir tizimi yaxshi ishlay boshlaydi, chunki shakar tufayli paydo bo‘lgan zo‘riqish kamayadi. Shuningdek, 1-2 kilogrammga vazn kamayishi mumkin. Natijalarning barchasi ijobiy ko‘rinishda bo‘ladi.
Bir oy ichida organizmga nima bo‘ladi?
Teri silliqlashadi, teri ko‘chishi to‘xtaydi. Shubhasiz, yoshroq ko‘rinish mumkin, 3-8 kilogrammga vazn kamayadi. Organizm tetiklashadi, ko‘proq harakat qilish va tez-tez mashq qilish istagi paydo bo‘ladi. Miya faolroq ishlay boshlaydi, yangi ma’lumotlar avvalgidan ko‘ra yaxshiroq esda qoladi.
Shakar va undan voz kechish xuddi panatseya (bu barcha kasalliklar uchun afsonaviy universal vosita bo‘lib, u hayotni uzaytirishi mumkin)ga o‘xshaydi. Lekin aslida, bu ortiqcha vaznni yo‘qotish, energiya olish va organizmni tartibga solishning ajoyib usuli. Ushbu cheklovlarga doimiy ravishda amal qila olish bu insonning o‘ziga bog‘liq. Ammo salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun sinab ko‘rishga arziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |