Ko’plab riskli aktivlar portfelini diversifikatsiyalash samaradorligi
Download 112 Kb.
|
1523418079 70947
Vertikal integratsiya
Vertikal integratsiya - shunday usulki, bu usul yordamida kompaniya texnologik zanjirda o’z chiqish bosqichlarini (orqa integratsiya) yoki uning kirish bosqichlarini (oldinga integratsiya) tashkil qiladi. Xom-ashyo Butlovchi buyumlar Dastlabki tayyorlov Yig’ish
Taqsimot Sotish
7.3.-rasm. Texnologik zanjirning bosqichlari va vertikal integratsiya yo’nalishlari Integratsiya to’liq va tor bo’lishi mumkin. Tuliq integratsiyada barcha kirish yoki chiqishlar birlashadi. Tor integratsiyaga kompaniyaning kirish elementlarining bir qismini sotib olishi va qolganlarini o’z kuchlari bilan ishlab chiqarishi misol bo’la oladi. Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda o’zining asosiy dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izoxlanadi. Bunga quyidagilar sabab bo’ladi: - xarajatlardan tejash; - integratsiyalanayotgan ishlab chiqarishlarda bozor qiymatidan chetlanish; - sifat nazoratini yaxshilash; - o’z texnologiyasini ximoyalash. Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari xam bor. Ularning ichida eng muximi quyidagilardir: - ortiqcha xarajatlar; - texnologiyalar tez almashgandagi yuqotishlar; - talabning mavxum bo’lgandagi yuqotishlar. Agar kompaniyaning tashqi arzon ta’minot manbalari mavjud bo’lib, o’z ishlab chiqarishidan foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni ko’paytirib yuborishi mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yuqligi sababli xam yo’z berishi mumkin bo’lib, bu uning shu’ba korxonalarini (etkazib beruvchilarni) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga undamaydi. Texnologiya keskin o’zgarganda kompaniyaning eskirgan texnologiyaga bog’lanib qolish xavfi vujudga keladi. Talab doimiy bo’lganda yuqoriroq integratsiya darajasi mahsulot ishlab chiqarishni ishonchliroq ximoyalash va muvofiqlashtirishga imkon beradi. Talab beqaror va mavxum bo’lganda vertikal integratsiyada bunday muvofiqlashtirish qiyin bo’ladi. Bu boshqaruv qiymatining o’sishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda tor integratsiya to’la integratsiyaga qaraganda xavfsizroq bo’lib chiqishi mumkin. SHuni xam qayd qilib o’tish lozimki, tor integratsiya to’la integratsiyaga qaraganda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ma’lum sharoitlarda kompaniyaga vertikal integratsiyani kengaytirishga imkon beradi. Ammo, umuman olganda, tor integratsiya boshqaruv xarajatlarini kamaytirishi mumkin bo’lsa-da, u xarajatlarni batamom bartaraf qila olmaydi. Kompaniya bunga teskari strategiya sifatida yetkazib beruvchilar yoki istemolchilar bilan o’zoq muddatli kontraktlardan foydalanishi mumkin. Bunday aloqalar kredit majburiyatlardan yoki ishlab chiqarishni rivojlantrishga garov investitsiyalardan foydalanishda ayniqsa katta samara beradi. Bu boshqaruv xarajatlarini oshirmay turib, vertikal integratsiya samarasiga erishishga imkon beradi. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling