Ko’plab riskli aktivlar portfelini diversifikatsiyalash samaradorligi
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi
Download 112 Kb.
|
1523418079 70947
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi
Portfelni tiklash tejamkorlik va qayta tarkiblash strategiyasi xaridorlari qashshoklashayotgan korxonalarda vaziyatni o’zgartirish talab etilgan taqdirda qullaniladi. Tiklashning korporativ strategiyasi zararga ishlayotgan korxonalardan qutulishga emas, ularni qayta tiklashga urg’u beradi. Bunday strategiyaning maqsadi xaridorlarning umumiy sonini kamayishiga «katta xissa» qo’shayotgan korxonalarning muammolarini xal etish yo’li bilan korporatsiyani sog’lomlashtirishdan iborat. Tejamkorlikning korporativ strategiyasi diversifikatsiyalash miqyoslarini qiskartirish va korxonalar sonini kamaytirishga o’z etiborini qaratadi. Portfelni qayta tarkiblash strategiyasi tarkibni va korporatsiyaning ishbop portfelida foiz nisbatlarini tubdan qayta ko’rib chiqishni o’z ichiga oladi. Qayta tarkiblashga bo’lgan extiyoj quyidagi vaziyatlarda paydo bo’lishi mumkin: 1. Korporatsiyani strategik tahlil qilish portfelda sekin rivojlanayotgan, zarar bilan ishlayotgan va zaif korxonalarning katta xajmda mavjudligi natijasida kompaniyaning o’zoq muddatdagi istiqbollari o’z jozibasini yo’qotib quyganligi to’grisida xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. 2. Bir yoki bir nechta kalit yunalishlar qiyin paytlarni boshdan kechirayotgan paytlarida. 3. Kompaniyaning yangi raxbariyati korporatsiyaning strategik siyosatini qayta ko’rib chiqish xaqida qaror qabul qiladi. 4. Yangi texnologiyalar va mahsulotlar paydo bo’ladi. 5. Korxonada shunday katta korxonani sotib olish imkoniyati paydo bo’ladiki, bunday loyixani moliyalash uchun kichik korxonalarni sotish zarur bo’ladi. 6. Portfeldagi ko’pgina yunalishlar borgan sari jozibasizroq bo’lib boradi va ularni jiddiy ravishda qayta ko’rib chiqish talab etiladi. Ko’pmillatli diversifikatsiyalash strategiyasi Diversifikatsiyalashning ko’pmillatli strategiyasini farqlantirib turuvchi belgisi portfelda korxonalar sonining va qamrab olingan milliy bozorlar sonining ko’pligi xisoblanadi. Bunday xollarda korporatsiya raxbariyati xar bir tarmoqqa bo’lmaganda bittadan turli strategik yondoshuvlarni rivojlantirib va qo’llab borishi kerak. Menejerlar turli tarmoqlarga tegishli va turli mamlakatlarda joylashgan korxonalarning strategik tadbirlarini muvofiqlashtirish uchun muvaffaqiyatli yechimlar topishni bilishlari lozim. Strategik muvofiqlashtirishning maqsadi faoliyatining xar bir sohasida va xar bir milliy bozorda barqaror raqobat ustunligini ta’minlash uchun resurslar va muvofiqlashtirish imkoniyatlaridan to’lik foydalanish xisoblanadi. 60-yillarning boshlanishida TMK turli mamlakatlarda butunlay mustaqil bo’lgan kichik korxonalar qatori sifatida mavjud bo’lgan. Ularning xar biridan o’z milliy qonunchiliklarining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq kelish talab etilgan. 70-yillardan boshlab ko’pmillatli strategiya o’z samarasini yuqota boshladi. 80-yillardan boshlab raqobat ustunligining boshqa manba’i vujudga kela boshladi: bir yo’la bir nechta tarmoqlarda kuchli raqobat pozitsiyalarini egallash uchun bog’liq tarmoqlarni diversifikatsiyalashning strategik manfaatlaridan foydalanish. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling