Ko‘ra, institutga o‘qishga kirishni xohlagan O‘zbekiston
Institut kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun
Download 131.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Milliy gvardiya
Institut kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun:
harbiy- professional yo‘nalish; dastlabki tanlash; harbiy-professional tanlash; test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi. Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur. Institutni bitirgandan keyin o‘qishni tugatgandan so‘ng tuzilgan kontrakt bo‘yicha ko‘zda tutilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgan, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni o‘qitish uchun sarflangan budjet mablag‘larini davlatga qoplab berishi to‘g‘risida nomzodlar va ularning ota-onalari muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan har yilning 1 dekabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga kelgusi yil uchun Institutga qabul qilinuvchi nomzodlar soni to‘g‘risida ma'lumot taqdim qilinadi. Institutga qabul qilinuvchi nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriq beriladi. Institutga o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘i bilan qabul komissiyasi tuziladi va ularning tarkibi tasdiqlanadi. Qabul komissiyasiga Institut boshlig‘i rahbarlik qiladi. Qabul kom issiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tegishli tarkibiy tuzilmalarining mutaxassislari kiritiladi. Qabul komissiyasi qabul yilining 10 martidan 1 sentyabriga qadar faoliyat yuritadi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga qadar qabul qilinadi. Download 131.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling