Ko‘ra, institutga o‘qishga kirishni xohlagan O‘zbekiston


Download 131.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi131.3 Kb.
#1187247
  1   2   3   4
Bog'liq
Milliy gvardiya



Nizomga 
ko‘ra, institutga o‘qishga kirishni xohlagan O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarini o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Institutga qabul o‘rinlarini 
ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi. 
Institut kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun: 
harbiy-
professional yo‘nalish; 
dastlabki tanlash; 
harbiy-professional tanlash; 
test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash 
amalga oshiriladi. 
Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan 
tasd
iqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni 
o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi 
zarur. 
Institutni bitirgandan keyin o‘qishni tugatgandan so‘ng tuzilgan kontrakt 
bo‘yicha ko‘zda tutilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni o‘tashdan 
bosh tortgan, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan 
jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan yoki bunday 
kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunc
hiligiga muvofiq uni o‘qitish uchun sarflangan budjet 
mablag‘larini davlatga qoplab berishi to‘g‘risida nomzodlar va ularning 
ota-onalari muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi. 


O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan har yilning 1 
de
kabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga kelgusi yil 
uchun Institutga qabul qilinuvchi nomzodlar soni to‘g‘risida ma'lumot 
taqdim qilinadi. 
Institutga qabul qilinuvchi nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarini 
o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan 
mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriq beriladi. 
Institutga o‘qishga qabul qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘i bilan qabul komissiyasi tuziladi va 
ularning tarkibi tasdiqlanadi. 
Qabul komissiyasiga Institut boshlig‘i rahbarlik qiladi. 
Qabul komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 
tegishli tarkibiy tuzilmalarining mutaxassislari kiritiladi. 
Qabul komissiyasi qabul yilining 10 martidan 1 sentyabriga qadar faoliyat 
yuritadi. 
Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga 
qadar qabul qilinadi. 
Fuqaro yoshlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi: 
ariza (bildirgi); 


pasport (harbiy guvohnoma) nusxasi; 
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi; 
chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi to‘g‘risidagi 
guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi; 
nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol; 
anketa; 
o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki 
xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma'lumotnoma; 
ota-
onasining ish joyidan ma'lumotnoma (agar ishlayotgan bo‘lsa); 
ota-
onasining Institutga o‘qishga kirishiga rozilik xati; 
ma'lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, akademik litseylar va o‘rta maxsus 
professional ta'lim) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi 
(baholar tabeli) nusxasi; 
Institutga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini 
tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi); 


yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida 
guvohnomasining nusxasi; 
3 x 4 
sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 
4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz); 
davlat sirlaridan foydalanishga ijozat berishning tegishli shakli uchun 
zarur bo‘lgan hujjatlar
nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan jinoiy 
javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi to‘g‘risidagi 
ma'lumotnoma (harbiy xizmatchilar mazkur ma'lumotnomani taqdim 
qilishi talab etilmaydi). 
Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik k
iritish uchun qo‘shimcha ravishda 
zarur hujjatlar va ma'lumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan 
so‘rab olinishi mumkin. 
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport, tug‘ilganlik 
haqida guvohnoma, chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd 
etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy 
guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi. 
Harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar tomonidan o‘z xizmat o‘tash 
joyiga nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi: 
Institutga o‘qishga kirishga tavsiyalovchi hujjatlar (muddatli harbiy 
xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga — harbiy bo‘linmaning umumiy 
yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy 


xizmatchilarga esa 
— harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yig‘ilish 
bayonnomasidan ko‘chirma); 
Davlat sirlaridan foydalanish uchun tegishli shakl bo‘yicha ijozatnoma 
(ruxsatnoma) mavjudligi to‘g‘risida ma'lumotnoma (faqat tegishli shakl 
bo‘yicha ijozatnoma (ruxsatnoma)si mavjud bo‘lganlar uchun); 
harbiy qismlar (muassasalar) va bo‘linmalarning komandirlari 
(boshliqlari) tomonidan berilgan iltimosnoma. 
Fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilarga davlat sirlaridan foydalanishga 
ijozat berishning tegishli shakli bo‘yicha ijozatnoma (ruxsatnoma) 
Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘lim va boshqarmalar tomonidan 
rasmiylashtiriladi. 
Ijozatnomasi (ruxsatnomasi) mavjud bo‘lmagan harbiy xizmatchilar 
uchun ijozatnomani (ruxsatnoma)ni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan 
materiallar belgilangan tartibda harbiy qismlar (muassasalar) 
komandirlari (boshliqlari) tomonidan Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘lim va 
boshqarmalariga har yilning 5 apreliga qadar yuboriladi., institutga 
o‘qishga kirishni xohlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini o‘qishga 
qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 
Butlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 
qo‘mondonining Institutga qabul o‘rinlarini ajratish to‘g‘risidagi buyrug‘iga 
asosan amalga oshiriladi. 

Download 131.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling