Kordil'era tog'lari reja: Kirish Geografik joylanishi Geologik tuzilishi va relyefi
Download 1.26 Mb.
|
KORDIL\'ERA TOG\'LARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘lari.
- Geografik o‘rni.
Tabiiy geografik o‘lkalari. Shimoliy Amerika tabiatining xilma-xilligi uni ikkita yirik qismga bo‘lishga imkon beradi. Bular: Sharq — tekislik o‘lkasi va G‘arb - Kordilyera tog‘li o‘lkasi. O‘z navbatida, bu o‘lkalar ko‘pgina tabiiy geografik oblastlarga ajratilgan. Quyida shulardan ayrimlariga tavsif beramiz.
1-rasm Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘lari Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘lari. Alyaska bir necha parallel joylashgan tog‘lardan tashkil topgan bo‘lib, ular bir-biridan chuqur vodiylar bilan ajralib turadi. Materikning eng baland cho‘qqisi Denali (Mak-Kinli) (6194 m) shu yerda joylashgan. Alyaska yarimorolida va Aleut orollarida kuchli zilzilalar bo‘lib turadi, o‘nlab harakatdagi va so‘ngan vulqonlar bor. Bu tog‘lardan oltin, kumush, rangli metallar, neft va toshko‘mir qazib olinadi. Alyaska va Kanada Kordilyera tog‘larining g‘arbiy sohilida iqlim dengiz iqlimi bo‘lganligidan yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ignabargli qalin o‘rmonlar o‘sadi. Ichki yassi tog‘liklarda tog‘-tundra o‘simliklari rivojlangan. Tog‘ tundralarda shimol bug‘usi, qutb tulkisi, lemminglar yashaydi. O‘rmonlarda los, grizli ayig‘i, puma, qoplon, tog‘ qo‘yi uchraydi. 2-rasm Katta Havza va Kolorado platosi Kordilyera tog‘li o‘lkasida yana - Katta Havza va Kolorado platosi joylashgan. Ularning tabiat komplekslari uncha baland bo‘lmagan tog‘ tizmalaridan, so‘ngan vulqon konuslaridan va chuqur botiqlardan tarkib topgan. Tog‘lar orasida suvsiz cho‘ldan iborat eng chuqur Ajal vodiysi (–86 m) joylashgan. 3-rasm Ajal vodiysi Ajal vodiysi Shimoliy Amerikaning eng issiq va yog‘in kam yog‘adigan rayonidir. Katta Havza bilan Kolorado platosida cho‘l va chalacho‘llarga xos shuvoqlar, turli butalar, sho‘ra o‘simliklari o‘sadi. Yovvoyi hayvonlardan bizon, antilopa, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilar yashaydi. Geografik o‘rni. Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi. Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilan tutashgan. Yevrosiyodan Bering bo‘g‘izi (kengligi 85 km) orqali ajralib turadi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling