O`zbekiston va Koreya o`rtasidagi teng Huquqli aloqalar mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq yo`lga qo`yilgan bo`lib, mustaqilligimizni birinchilardan bo`lib tan olgan davlatlardan biri ham Koreyadir. Aytish mumkinki, Koreya va O`zbekiston o`rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning ijobiy samarasi sifatida yurtimizda koreyalik ishbilarmonlar ishtirokida o`nlab qo`shma korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan yili O`zbekiston tashqi savdo aylanmasining olti foizdan ko`pi Janubiy Koreya hissasiga to`g`ri keldi. Bu 1 mlrd. dollardan ortiq demakdir. So`nggi 10 yil davomida rasmiy Seulning O`zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan sarmoyasi esa 2 mlrd. dollardan oshdi. - O`zbekiston va Koreya o`rtasidagi teng Huquqli aloqalar mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq yo`lga qo`yilgan bo`lib, mustaqilligimizni birinchilardan bo`lib tan olgan davlatlardan biri ham Koreyadir. Aytish mumkinki, Koreya va O`zbekiston o`rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning ijobiy samarasi sifatida yurtimizda koreyalik ishbilarmonlar ishtirokida o`nlab qo`shma korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan yili O`zbekiston tashqi savdo aylanmasining olti foizdan ko`pi Janubiy Koreya hissasiga to`g`ri keldi. Bu 1 mlrd. dollardan ortiq demakdir. So`nggi 10 yil davomida rasmiy Seulning O`zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan sarmoyasi esa 2 mlrd. dollardan oshdi.
- Poytaxtimizda 12 may kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda ikki mamlakatning Savdo-sanoat palatalari hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir O‘zbekiston-Koreya savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorligini yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi. Unda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, yoqilg‘i-energetika majmui, bank-moliya, savdo, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat, tabiiy resurslar, kimyo, axborot texnologiyalari hamda transport va transport kommunikatsiyalari sohalari uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.
- Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari N.Najimov hamda Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Kim Sang Yol ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalardagi, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda ham muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |