1950—53-yillarda bo’lib o’tgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning o’zaro urushib ikki qismga bo’linishi Koreya tuprog’ida buzg’unchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi. - 1950—53-yillarda bo’lib o’tgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning o’zaro urushib ikki qismga bo’linishi Koreya tuprog’ida buzg’unchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi.
- Janubiy Koreya kemasozlikda dunyoda yetakchi hamda dunyodagi eng yirik eksportchi mamlakatlardan biridir.
- Janubiy Koreyaning urushdan ko’rgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Maxsulot (YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari bo’lishiga qaramay past boʻldi. Shunday bo’lsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha o’rtacha Milliy Yalpi Maxsulot o’sishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta o’sganligidan dalolat berdi.
- Bu vaqt davomida aholi yillik o’sishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta o’sishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga o’sdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga o’sganini ko’rsatadi.
Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi o’rinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi. Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir. - Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi o’rinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi. Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir.
- Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng ko’p foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga ko’ra birinchi o’rinda turadi. 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot bo’lishi rejalashtirilgan. Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi ko’zda tutilgan.
- Koreya Respublikasi Rossiya bilan fazoviy hamkorlik olib bormoqda, bu hamkorlik doirasida "Arirang-1" va "Arirang-2" nomli sun’iy yo’ldoshlar uchirildi. 2008-yilning 8-aprelida Koreya o’zining birinchi fazogiri - Yi So-yeonni koinotga uchirdi, u rus orbital kemasi "Soyuz TMA-12"da ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |