Koreya tarixi


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana20.09.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1681979
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
Valeriy Xan. Koreya tarixi

D u n y oq arash
Birlashgan Sillada ibodatxona m e'm orchiligi,
va m ad a n iy a t 
^an,
kitob nashr qilish (ksilografiya usulida),
san'at, adabiyot rivojlangan.
Buddaviylik davlat diniga aylangan. Buddaviylik ibodatxona- 
lari in'om qilingan yerlardan va boshqa hadyalardan olingan foyda 
evaziga birm uncha kuchayib, qudratli tashkilotga aylangan. Ular 
soliqlardan ozod qilingan. Q olaversa, buddaviy ruhoniylar katta 
davlat am allarini egallaganlar.
Buddaviylik "k y o ch o n " va "so n ch o n " oqim lariga bo'lin gan edi. 
A gar buddizm da haqiqatni dastlabki anglash aqliy anglashga asos- 
langan bo'lsa, keyingisi sezgiga asoslangan.. "S o n ch o n " - koreys
www.ziyouz.com kutubxonasi


44
IV Bob BIR LA SH G A N SIL LA D A V LA TI
buddizm i Xitoydagi chan buddizm i va Yaponiyadagi dzen bud- 
dizm i bilan um um iy boMgan. Shuningdek, m am lakatda an'anaviy 
buddizm dan farq qiluvchi sektalar ham bo'lgan . C hunonchi, Bud- 
da M irk bilan birga yangi olam ga qaytishi haqidagi Kune ta’Iimoti 
"dunyoni qutqarish" va odam lar uchun yerda jannatni yaratish 
g'oyasini ilgari surdi.
D avlat boshqaruvi va siyosatda konfutsiylik asosiy ta'lim ot 
bo'lgan. 682 yili Sillada am aldorlarni tayyorlaydigan oliy konfutsiy- 
lik maktabi ochilgan. 788 yildan boshlab am aldorlam i tanlash pro- 
fessional bilim larga qarab emas, balki tajriba, malaka, ko'nikm a yoki 
harbiy xizm atlarga ko'ra amalga oshirilgan va har bir am aldor lavo- 
zimiga ko'ra konfutsiylik ta'lim otidan m axsus imtihon topshirgan.
Birlashgan Sillada uch podsholik davrida paydo bo'Igan "Xva- 
ran " (gullayotgan yoshlar) tashkilotining yetakchi g'oyasi "pxun n - 
yu " bo'lgan. M azkur tashkilot, asosan, yoshlam i davlat lavo- 
zim lariga tayyorlash ishlari bilan shug'ullangan U rin g a'zolari 
harbiy san'at, adabiyot, axloq m e'yorIari va xusnixatga o'rgatilgan. 
"X v aran"d agi asosiy tarbiya m aqsadlari Von Kvan tom onidan ilga- 
ri surilgan besh prinsipga: davlatga sodiqlik, ota-on alam i hurm at 
qilish, do stlarga do'stona m unosabatda bo'lish, urushdan qoch- 
m aslik va tirik jonzotlarni m a'nisiz o'Idirishga yo'l qo'ym aslikka 
asoslangan edi. "X v aran" ta'Iimoti buddaviylik, konfutsiylik va da- 
otsizm ta'lim otlarini qam rab olgan. Xvaranlardan Birlashgan Silla- 
ning ko'plab siyosiy arboblari va lashkarboshilari yetishib chiqqan.
Tabiiy fanlardan m atem atika va astronom iya rivojlangan. 718 
yilda poytaxtda "Su v soatlari palatasi" ("N u g ak ch on ") tashkil etil- 
gan. Ular, asosan, taqvim tuzish bilan shug'ullanganlar.
Jam iyat hayotida ilm iy bilim lar bilan bir qatorda geom antiya 
- yaxshi va yom on joylar to'g'risid agi qarashlar ham keng tarqal- 
gan. Birlashgan Sillaning so'nggi davrida va keyinchalik K oryoda 
buddaviylik qarashlari bilan birga fol ochish geom antiyasi birlas- 
hib, To Sonaning "chiri pxu nsusol" nom li taMimoti yoyilgan. Bu 
ta'lim ot o'zida 
im
va 
yatt
m unosabatlariga asoslangan geksoram m a 
asosidagi tasavvurlarni m ujassam lashtirgan. Ta’lim otga ko'ra, ma- 
kon va zam onni tanlash va turar joy, ajdodlar qabri, davlat poy- 
taxtini tanlash birinchi darajali aham iyatga ega bo'Igan. M uam m o 
shundaki, geom antiyada asosiy e ’tibor yerga qaratilgan. Biroq, yer-
www.ziyouz.com kutubxonasi


IV B o b . BIRI .A SH G A N SILLA DAVI.AT1
45
da hayot energiyasi teng tarzda taqsim lanm agan. Shuning uchun 
uy va ajdodlar qabrlari konsentratsiya eng yuqori bo'lgan nuqtada 
bunyod etilar ekan. O dam lar sun'iy ravishda (yer ishlari va bud- 
daviy m inoralarni qurish orqali) obyekt joylashuvi orqali salbiy 
ta'sirni kam aytirish m um kin deyishgan. Aynan eng m aqbul joyni 
tanlash hilan bog'liq ko'plab om illar geom antiyaning m urakkab 
tizim iga aylanishiga sabab bo'lgan.
Bu davrda m am lakatda buddaviylik va konfutsiylik tadim otlari 
yo'nalishidagi she'riyat, m usiqa va raqs san'ati rivojlangan.
Ibodatxona m e'm orchiligining durdonasi Silla poytaxti - Gyon- 
ju shahri yaqinidagi Pulguksu ibodatxonasida 70 ga yaqin qurilish 
inshootlari va g'or ibodatxonasi Sokkuram joylashgan. U poytaxt- 
dan aytarliuzoq b o'lm agan yerda joylashgan. Ibodatxona devor- 
laridan buddaviy ilohlarining haykallari o'rin olgan. Tbodatxona 
m arkazida esa 3 m etrlik Budda haykali turgan Sokkuram ibodat- 
xonasi U N ESC O ning jahon m adaniy m erosi ro'yxatiga kiritilgan.
Badiiy ijod va yuqori texnologiyaning bir ko'rinishi — bu m u- 
rakkab naqshli bezaklar bilan bezatilgan ibodatxona qo'ng'iroqlari 
hisoblanadi. Eng katta qo'ng'iroq 725 yili quyilgan bo'lib, uning 
og'irligi 295 tonna.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling