Koreya yarim oroli yadroviy urush ostonasida


Download 0.76 Mb.
Sana29.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1140134
Bog'liq
Koreya yarim oroli yadroviy


Koreya yarim oroli yadroviy urush ostonasida
S o‘nggi paytda jahon OAVlarida Shimoliy Koreya atrofida yuzaga kelayotgam voqe’a-hodisalar keng yoritilmoqda. Bir tomondan xalqaro tashkilotlar va davlatlar Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalar bilan bosim o‘tkazishga urinayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan esa Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdid bilan chiqishi davom etmoqda.
Biz mazkur konfliktning tub ildizlarini yoritishga harakat qilamiz.
II Jahon urushi yakunida, shu paytda Yaponiyaning mustamlakasi bo‘lgan Koreya yarim oroliga ittifoqchi kuchlar kirib keladi. SSSR shimoldan, AQSh kuchlari esa janubdan kirib, mamlakatni yapon bosqinchilaridan ozod etishadi. Shundan so‘ng 1945-yil 10-avgust kuni Koreya rasman ikki qismga: Janubiy va Shimoliy Koreya davlatlariga bo‘linadi.

S himoliy Koreya (KXDR, qizil rangda) va Janubiy Koreya (Koreya Respublikasi) ko‘k rangda


Lekin bu hudud “sovuq urush”ning domiga tortiladi va shimolda kommunizm, janubda esa kapitalistik munosabatlar qaror topadi.
1950-yilda ikki Koreya o‘rtasida urush kelib chiqadi. Shimoliy Koreya hukumati SSSRning “qo‘llab-quvvatlashi” bilan Janubga bostirib kiradi. Faqatgina AQSh boshchiligidagi ittifoqchi kuchlarning yordami bilan, 1953-yilda Shimoliy Koreya chekinishga majbur bo‘ladi.

Ikkala Koreya o‘rtasida o‘sha paytda boshlangan nizoli jarayon haligacha davom etib kelmoqda.


KXDRning doxiylari Kim Ir Sen, keyinchalik Kim Chen Ir va Kim Chen In davrlarida ikki mamlakat o‘rtasida sovuq munosabatlar saqlanib qoldi. Bundan tashqari, 1990-yillardan boshlab Shimoliy Koreya yadroviy qurol ishlab chiqarish ishlarini olib bordi.
2 013-yilning 12-fevral kuni Shimoliy Koreya o‘zining birinchi yadroviy sinovini o‘tkazdi. Bu harakat 2012-yilning dekabr oyida BMT tomonidan KXDRga nisbatan e’lon qilingan xalqaro sanksiyalarga javoban qo‘llanilgani ta’kidlandi.

Shimoliy Koreyada harbiy parad ishtirokchilari


Shundan boshlab bugungi kungacha Shimoliy Koreyaning yadroviy ambitsiyalari avj olishda davom etmoqda. O‘zining yadro bombalarini ochiq sinovdan o‘tkazishini, agarda talab etilsa, Janubiy Koreya hududi va AQSh harbiy bazalariga raketa bilan zarba berish tahdidi bilan chiqmoqda.

Kim Ir Sen nabirasi, Kim Chen Ir o‘g‘li Kim Chen In


Hozirda AQSh va Janubiy Koreya ehtimoliy urushga tayyorgarlik sifatida harbiy mashqlar o‘tkaza boshladi. Koreya yarim orolidagi vaziyat borgan sari chigallashib, havfli ko‘rinish hosil qilmoqda. AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRni yadroviy zontik bilan o‘rab olishni va shu orqali uni izolyatsiyada saqlashni rejalashtirmoqda. Shimoliy Koreya esa o‘zining o‘rta va uzoq radiusda zarba bera oladigan ballistik raketalarini urushga tayyorlashni boshlagani ma’lum.

Shimoliy Koreyada harbiy parad


15-aprel kuni KXDR harbiy hukumati Janubiy Koreyaga ultimatum bilan murojaat qildi. Ko‘pchilik ekspertlarning fikriga ko‘ra, Janubiy Koreya mazkur talablarni albatta qabul qilmaydi. Bu esa Shimoliy Koreya uchun urush boshlashga bahona bo‘lishi mumkin.
Boshqa bir tahlilchilar esa, Shimoliy Koreya urush ochishga botina olmaydi, u faqat o‘zi uchun xalqaro munosabatlarda qulay siyosiy muhit yaratishga intilmoqda, deya ta’kidlashmoqda.

Shimoliy Koreya uchirgan ballistik raketa


S hunday bo‘lsada, hozircha jahon hamjamiyatining Shimoliy Koreyani bosiqlikka va muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqiruvlari samara bermayotir. Butun bir mintaqaning kelajagi xavf ostida qolmoqda. Agarda dunyo II yadroviy urushga tortiladigan bo‘lsa, nafaqat Koreya yarim oroli, balki butun insoniyatni juda katta falokat yoqasiga olib kelishi mumkin.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling