Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi “Xitoy tili” fanidan kurs ishi mavzu: “ Xitoy tilida Xiehouyular”


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


Download 54.09 Kb.
bet2/12
Sana20.06.2023
Hajmi54.09 Kb.
#1632911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
NAMUNA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………

27


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston va Xitoy xalqlarini qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Tarixiy manbalar bundan ming yillar avval ham xalqlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy sohalardagi aloqalar taraqqiy etganini ko‘rsatadi. Xususan, ikki ming yildan ortiq tarixga ega bo’lgan Buyuk ipak yo’li har ikki mamlakatni asrlar davomida birlashtirib kelgan.
Xitoy Xalq Respublikasi mamlakatimiz mustaqilligini birinchilar qatori tan olgan va biz bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan davlatlar sirasiga kiradi. Shuni ham ta’kidlash joizki, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng yurtimizda demokratik jamiyatga asos solina boshlandi. Bu jarayon mazmun va mohiyatiga ko’ra avvalgi jarayonlardan tubdan farq qilib, ijtimoiy hayotimizning har bir jabhasida o’z aksini topdi. Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2014-yil 3-sentabr ПК-2228-sonli qaroriga muvofiq Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti tarkibida xitoyshunoslik fakulteti tashkil etildi. Ushbu qarorning 4-bandida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaydi:
“Xitoyshunoslik fakultetini amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan hamda xitoy tili va adabiyotini, Xitoy tarixi, siyosati va iqtisodiyotini o‘rganish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish va ta’lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanuvchi yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan ta’minlansin;
zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, eng yangi axborot va o‘quv-labaratoriya uskunalarini tadbiq etish hamda ulardan keng foydalanish asosida o‘quv rejalari va dasturlarini yangilangan holda xitoyshunoslik masalalari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilishni ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olib, tanqidiy tahlil qilinsin va qayta ko‘rib chiqilsin”.1
Hozirgi kunda ham O’zbekiston va Xitoy aloqalari kundan-kunga rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda. Shu jumladan, mamlakatlarimiz o‘rtasida ma’daniyat, fan, ta’lim, turizm sohalaridagi hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda. Shu asnoda, davlat rahbarimiz biz yoshlarni zamonaviy ta’lim olishimiz, XXI asr talablariga to’laqonli javob beradigan kadrlarni yetishtirib chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi” PF-4947-sonli farmoniga muvofiq ravishda ta’lim va fan sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan quyidagi jihatlar alohida ta’kidlangan:
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash”2
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 16-apreldagi qaroriga muvofiq, “ Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti negizida Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti tashkil etilishi”3 ham biz yoshlarga yanada ko’proq imkoniyatlar eshigini ochdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zamonaviy dunyoda globallashuv va madaniyatlarning integratsiyalashuvi sharoitida ma'lum bir madaniyat vakillari va o'z ona tilidan farq qiladigan chet tilida so'zlashuvchilar bilan zaruriy muloqot birinchi o'rinda turadi. Shuning uchun ham chet tilini o'rganish ma'lum vaqt oralig'ida yaxshi asoslangan va juda keng tarqalgan hodisadir.
Xitoy tili dunyodagi eng keng tarqalgan tildir. Bu tilda 1 milliarddan ortiq kishi so'zlashadi. Va har yili bu raqam nafaqat xitoyliklarning o'zlari, balki tobora ko'proq odamlar xitoy tilini chet tili sifatida o'rganayotgani sababli ortib bormoqda. Xitoy tili oʻziga xos yozuvi va fonetikasiga ega boʻlgan, shuningdek, boy leksik fondga ega tildir. Lug‘at chet tilini o‘rganishning asosiy ob’ektlaridan biri sifatida so‘zlar va tayyor iboralarni (frazeologik birliklar) o‘z ichiga oladi. Frazeologizmlar jurnalistika va badiiy adabiyotda faol qo'llaniladi, ular kommunikant nutqini yorqinroq qiladi. Asarning dolzarbligi ana shunda namoyon bo'ladi. Frazeologik birliklar xalqlarning urf-odati, ijtimoiy hayot tarzi, an’analari, udumlari hattoki mifologiyasiga bog’liq bo’lgani sababli ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xitoy frazeologiyasi maxsus adabiyotlarda ancha ilgari tadqiq etila boshlangan, ammo Xiehouyu frazeologiyaning alohida turi sifatida XX asrning oxiridan boshlab o’rganilib kelinmoqda. Xiehouyu xitoy tilida faol ravishda mavjud bo’lib, muloqotda, shu jumladan madaniyatlararo muloqot jarayonida muhim rol o’ynaydi. Lingvistik materialni tahlil qilish Xiehouyuning xilma-xilligi, ularning struktur va semantik xususiyatlari bo’yicha xulosalar chiqarishga imkon beradi va Xiehouyuning etimologiyasi, ularning izohlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Xitoy frazeologizmlari ko’p qirrali va juda keng masalalarni o‘z ichiga olgani sababli, o‘z ilmiy rahbarim bilan kelishgan holda mazkur kurs ishini “Xitoy tilida frazeologizmlarning semantikasi (Xiehouyular misolida)” mavzusi ostida ilmiy-tadqiqot ishini olib bordik.

Download 54.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling