Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Xitoy tili frazeologiyasi tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy ishlar soni cheklangan. Zotan, yuqorida qayd etilganidek, xitoy tilshunosligida frazeologiya sohasining shakllana boshlaganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Xitoy tilidagi frazeologiyaning o‘ziga xos turidan biri歇后语(Xiehouyu)lar ning semantik va struktur belgilari, tasniflanishi masalalari xitoy tilshunoslaridan Shi Leyning “Специфика китайских недоговорок-иносказаний Сехоуюй”, A.S.Kravechenkoning “Специфика семантики недоговорок и иносказаний в китайском языке”, I.V.Voysexovichning “Практическая фразеология современного китайского языка” va M.V.Nikitinning “Курс лингвистической семантики” kabi ilmiy tadqiqotlarida ko‘tarilgan.
Ishning maqsad va vazifalari: Ishning maqsadi xitoy tilidagi frazeologizm, xususan Xiehouyularning semantik tahlil qilish, ularning ta’rifi, tavsifi va tuzilish xususiyatlarini batafsil yoritib berishdan iborat. Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi:
1. Frazeologiya fani va frazeologizmlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish va o‘zbek, rus, xitoy hamda yevropa olimlarining frazeologizmlarga bergan nazariy qarashlarini o’rganib chiqish;
2. Tadqiqot ishining mavzusi bevosita semantika bilan bog‘liq bo’lganligi sababli semantikaning tadqiqot usullari haqida ma’lumotga ega bo’lish;
3. Xiehouyularning ta’rifi, tavsifi va tuzilish xususiyatlaridan bohabar bo’lish. Shuningdek, ularni semantik jihatdan batafsil misollar orqali yoritib berish.
Tadqiqot obyekti va predmeti: Tadqiqot obyekti xitoy tilidagi frazeologizmlardir. Tadqiqot predmeti esa frazeologizmning o’ziga xos turi bo‘lgan Xiehouyularning semantik tahlilidir.
Ishning ilmiy yangiligi: Mazkur kurs ishida frazeologiyaning o‘ziga xos turi, Xiehouyular tadqiq etilgan. Xiehouyular semantik jihatdan tavsiflanadi, shu asosda ularning stuktur xususiyatlari tahlil etiladi; nutq jarayonidagi o‘rni, mohiyati ochib beriladi. Xiehouyularning yuzaga kelish omillari, shuningdek, ularning tarkibiy tuzilishidagi o‘ziga xosliklar tadqiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |