Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi “Xitoy tili” fanidan kurs ishi mavzu: “ Xitoy tilida Xiehouyular”


Zamonaviy o’zbek tilida frazeologiya. Paremialogiya


Download 54.09 Kb.
bet5/12
Sana20.06.2023
Hajmi54.09 Kb.
#1632911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
NAMUNA

1.2 Zamonaviy o’zbek tilida frazeologiya. Paremialogiya
Frazeologiya - Phrasis- "ifoda", logos- "ta‘limot" dir. Tilning lug‘aviy tarkibida so‘z kabi tanlab qo‘llash mumkin bo‘lgan va xotirada bir butun holda saqlanadigan lug‘aviy birliklar ham mavjud. Masalan: tomdan tarasha tushganday, ko‘zga chiqqan chipqonday, xamirdan qil sug‘urganday, bosh qo‘shmoq, til biriktirmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, dili siyoh bo‘lmoq, o‘takasi yorilmoq, aqlini yemoq.12 Biror qismi yoki butun holda ko‘chma ma’noda bo‘lgani uchun bo‘yoqdorlikka boy bo‘lgan turg‘un iboralar frazeologizm deyiladi va ularni o‘rganadigan soha frazeologiya deb ataladi. Turg‘un iboralar ( frazeologizmlar) quyidagi belgilarga ega:
1. Tilda bir qolipda qo‘llanaverib bo‘linmaydigan bir butun holga kelib qolgan bo‘ladi va bir umumiy tushunchani ifodalaydi, ma’no jihatidan bitta so‘zga teng keladi. Masalan, bosh qo‘shmoq (ibora), aralashmoq (so‘z), boshi qashir oq (ibora), o‘ylamoq (so‘z), zeb bermoq (ibora), bezanmoq (so‘z), tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq (ibora), umidsizlanmoq (so‘z), yo‘lga tushmoq (ibora). jo‘namoq(so‘z) kabi.
2. Ibora tarkibida kamida ikkita so‘z qatnashadi. Masalan: aqli kirmoq, bag‘ri tosh, baloga qolmoq va boshqalar.
3. Ibora ma’no va grammatik jihatdan biror so‘z turkumiga oid bo‘lgani uchun bir butun holda bitta so‘roqqa javob beradi. Masalan, bizdan battarsiz, bag‘ri qon ekansiz (kesim). (S.A.Muqimiy) Gulnor Yunusdan qolgan (aniqlovchi) kovushini kiyib, chirik paranjiga o‘ralib, Yo‘lchi bilan jo‘nadi. Ko‘zimning qorachig‘i (ega) qishloqda qoldi.
4) Ibora o‘z tuzilishi hamda tarkibidagi so‘zlarning joylashish tartibiga ko‘ra turg‘un bo‘ladi. Masalan, sichqonning ini ming tanga bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, yuragi orqasiga tortib ketdi, dili siyoh bo‘ldi, sanamay sakkiz demoq iboralarini ming tanga bo‘ldi sichqonning ini, suv sirkani ko‘tarmaydi, qo‘ltig‘idan tarvuzi tushdi, sakkiz sanamay dedi, orqasiga yuragi tortib ketdi shaklida almashtirib qo‘llansa iboradan chiqib ma’nosi butunlay o‘zgarib ketadi va hatto gapga aylanib qoladi. Ammo iboralar tarkibidagi ayrim so‘zlar turli grammatik shakllarda qo‘llaniladi.13 Masalan: bo‘yga yetmoq - boy yetmoq, dong‘i chiqmoq - dong chiqarmoq, dimog‘i chog‘ bo'lmoq - dimog‘ini chog‘lamoq, ichi achishdi - ichi achidi kabi. Boshqa so‘zlar bilan almashtirishi (jig‘iga tegmoq - g‘ashiga tegmoq, zardasi qaynaydi - jig‘ildoni qaynaydi, katta ketmoq - katta gapirmoq, kayfi chog‘lik qilmoq - vaqti chog‘lik qilmoq kabi) ibora tarkibidagi so‘zlar orasiga boshqa so‘zlar kiritilishi (masalan: kalavasini yo‘qotmoq - kalavasining uchini yo‘qotmoq, tili bir qarch - til degan bir quloch, yuz o‘girmoq - yuzni ters burmoq, fig‘oni chiqdi - fig‘oni ko‘kka ko‘tarildi, ko‘ngli ko‘tarildi -ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi kabi) mumkin va boshqalar.
Turg‘un (frazeologik) iboralar tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro birikish darajasi va iboralar tarkibidagi so‘zlarga xos ma’nolarning munosabati turlichadir. Shunga ko‘ra uch turga bo‘linadi: 1) frazeologik qo‘shilma, 2) frazeologik butunlik, 3)frazeologik chatishma.14

Download 54.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling