2-mavzu: iqtisodiy bazis tushunchalari
1. Ishlab chiqarish imkoniyatlari:
a) korxona ishlab chiqarishni mo‘ljallagan ikki xil tovarning aniq miqdorini ko‘rsatadi;
b) ikki xil tovarni ishlab chiqarishning eng yaxshi kombinatsiyasini ko‘rsatadi;
v) mavjud resurslar miqdori doirasida tovarlar ishlab chiqarishning muqobil variantlarini ko‘rsatadi;
g) ishlab chiqarish omilllari mahsuldorligining kamayib borishi qonuni
kuchga kiradigan vaqtni
ko‘rsatadi.
2. Iqtisodiyot samarali hisoblanadi, agar:
a) to‘liq bandlikka erishilgan bo‘lsa;
b) ishlab chiqarish omillaridan to‘liq foydalanayotgan bo‘lsa;
v) to‘liq bandlik yoki resurslardan to‘liq foydalanishdan bittasiga erishsa;
g) ham to‘liq bandlikka, ham resurslardan to‘liq foydalanishga erishsa.
3. Agar jamiyatda ishlab chiqarish resurslari hajmi ko‘paysa:
a) ko‘proq tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan bo‘ladi;
b) iqtisodiyot ko‘proq tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
v) ishlab chiqarish texnologiyasi yaxshilanadi;
g) turmush kechirish farovonligi ortadi.
4. Alternativ (muqobil) xarajatlar nimani anglatadi?
a) resurslardan eng samarali foydalanishni;
b) resurslarni isrofgarchilik bilan sarflash evaziga xarajatlar ortib ketishini;
v) resurslardan eng samarali foydalanish bilan bog‘liq muqobil variantdan
voz kechish natijasida boy
berilgan imkoniyatni (foydani);
g) biror resurs o‘rniga uning o‘rnini bosuvchi boshqa resursdan foydalanishni
5. Ne’matlarning noyobligi nimani anglatadi?
a) iqtisodiy sub’ektlardagi mavjud resurslar zaxiralarining shu ne’matlarga
ehtiyoj sezgan
iste’molchilar ehtiyojini qondira olmasligini ;
b) ne’matning oliy kategoriyali tovarlarga mansubligini;
v) ne’matning tarixiy qadr-qimmatini;
g) ne’mat narxining muvozanat narxidan yuqoriligini.
6. Iqtisodiy resurslar to‘liq ko‘rsatilgan qatorni belgilang:
a) xomashyo va materiallar, butlovchi qismlar, yoqilg‘i va energiya resurslari;
b) binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, kapital, er, transport vositalari;
v) kapital, texnologiya, mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko‘p yillik daraxtzorlar;
g) er, mehnat, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va axborot.
7. Bir-birini o‘rnini bosuvchi ne’matlar:
a) cheklangan resurslar turlarini anglatadi;
b) shaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi;
v) shaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi;
g) bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi.
8. O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ne’matlar:
a) cheklangan ehtiyojlarni birgalikda qondiruvchi resurslar turlarini anglatadi;
b) shaxs yoki ishlab chiqarish ehtiyojlarini kompleks qondiradigan ne’matlarni anglatadi;
v) shaxs yoki ishlab chiqarishning ikki xil ehtiyojlaridan birini qondiradigan ne’matni anglatadi;
g) bir xil ehtiyojni qondiruvchi ne’matlar majmuasini anglatadi.
9.Chеkli transformatsiya normasi (koeffitsienti)…
a) ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilish natijasida olinadigan qo`shimcha naf
miqdorini ifodaladi.
b) ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq
bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir.
c) birinchi tovardan qo’shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun
ikkinchi tovardan qancha
voz kеchish kеrakligini ko’rsatadi.
d) qo`shimcha bir birlik ′ni sotish natijasida umumiy daromadning o`sgan qismi dir.
10. Firmа rеsurs sаlоhiyatining оshishi natijasida ishlаb chiqаrish imkоniyatlаri chizig`i
a) yuqori va o’ngga siljiydi.
b) chapga siljiydi.
c) pastga siljiydi.
d)
o’zgarishsiz qoladi.