Коричневый и Кремовый Деликатный Органический Копирайтер Фрилансер Маркетинговая Презентация
Download 469.52 Kb.
|
pdf 20230125 234613 0000
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun raxmat!
Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishiNurmatova Dilafruz efBolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi. Bolaning psixik rivojlanishi qanday bo‘ladi, u qanday shakllanadi va unga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat degan muammo juda qadim zamonlardan beri psixolog va pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmoqda.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy masalasi bola psixik taraqqiyotini o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish, tahlil qilish muhimdir.Bolalar psixikasini taraqqiy etishini tushuntirib berishga uringan ilk nazariya “Bola katta yoshli kishining kichik nusxasi” degan fikr bilan ta’riflanadi. Bu nazariya tarafdorlari bola sifat e’tibori bilan katta yoshli kishidan hech bir farq qilmaydi. Bola bo‘yi, shuningdek tasavvurlari, xotirasi, diqqati, tafakkuri va boshqa jarayonlaridan anchayin kichkina bo‘lgan katta yoshli kishilardir deb ko‘rsatishga urinadir. Lekin bola psixikasining sifat jihatidan o‘ziga xosligini tushuntirib bera olmaydilar va taraqqiyotning asosiy sabablarini yoritib bera olmaydilar.XVII asrdan boshlab falsafiy va psixologik yo‘nalishlarda bolaning taraqqiyoti haqida kurash boradi: psixologik yo‘nalish tarafdorlari psixik taraqqiyot butunlay muhitga va turmush tajribasiga bog‘liq deydilar. Xo‘sh odam psixikasi va xatti harakatlarida bor bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarni nima bog‘laydi –tabiiy, tug‘ma xususiyatlarmi yoki hayot davomida orttirgan xususiyatlarmi? degan muammoda turlicha qarashlar maydonga keldi . Ideyalar tug‘ma bo‘ladi” degan nazariyaning yorqin namoyodasi Dekart(1596-1650) edi. Uning fikricha, tug‘ma ideyalar intellektda boshlang‘ich xolatda bo‘ladi bu ideyalar moyillik sifatida “tug‘ma bo‘lib, faqat keyinchalik to‘la anglanguncha sekin asta taraqqiy etadi, shu bilan birga, tashqi tajriba ideyalar faoliyati uchun faqat turtki bo‘lib xizmat qiladi, ularning yanada takomillashuvi uchun, material hisoblanadi deb ko‘rsatildi. Keyinchalik bunday qarashlar falsafa doirasidan chiqib, burjuaziya ideologlari tomonidan keng foydalanila boshlandi. Psixikasining tabiati biologik omillarga bog‘liq degan nuqtai nazarda turdilar, ya’ni psixik xususiyatlar tug‘ma paydo bo‘ladi, ularning inson dunyoga kelishidan oldinroq unda bo‘lgan biologik imkoniyatga bog‘liq deb ko‘rsatdilar. Ular inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, biologik tuzilishiga joylashtirilgandir, psixik taraqqiyot esa, irsiy yo‘l bilan azaldan belgilanib organizmga joylashtirilgan shu xususiyatlarning pishib yetilish jarayonidan iborat emish. Jumladan, har bir odam qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (imkoniyatlarning nixoyasi, eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan, “qobiliyatlarning tabiiy fondi” tomonidan ilgaridan belgilab qo‘yilgan deyiladi. So‘nggi vaqtlarda mikroobiologiyaning nasliy xususiyatning gen bilan bog‘liq bo‘lgan mexanizmini yoritishdagi yutuqlari munosabati bilan “gen aslohalarining tug‘ma darajasi”, shaxsning xususiyatlari va qobiliyatlari genlarda rejalashtirilganligi haqida fikr yuritila boshladi. Angliyalik genetik Sh.Auerbax bu fikrni nihoyatda aniq va obrazli qilib ifodalab berishga urindi. Har bir odam, - deb yozgan edi u, - xuddi karta boz qo‘liga karta olib o‘yin boshlagani kabi, o‘z hayotini, qo‘liga genlarni olib boshlaydi. Ba’zan karta shunchalik yomon suziladiki, hatto sal-pal yutuqni ham, orzu qilish qiyin bo‘ladi. Ayrim hollarda karta shunday ajoyib suziladiki, muvaffaqiyat qozonish uchun hech qanday harakat qilmasa ham bo‘laveradi.” Uning fikricha “Aqliy taraqqiyot darajasi, maxsus qobiliyatlar, shaxsiy sifatlar ‒genetik faktorlar bilan muhit faktorlari o‘zaro munosabatining natijasidan iboratdir”. (Genetika M.Atomidat, 1966, 157-158 bet) Bu fikrdan: yuksak iste’dodli kishilarning ko‘payishiga xayrixoxlik bildirish lozim; insoniyatning eng yaxshi namoyondalarini ko‘paytirish kerak “iste’dodsiz” kishilar esa ko‘payishdan o‘zlari saqlashlari kerak” ‒ degan xulosa chiqadi. Ideyalar tug‘ma bo‘ladi degan nazariya bir tomomnlama nazariyadir, chunki bu nazariya bolaning psixik jihatdan o‘sish sabablarini faqat irsiyatda deb biladi. Bu nazariya texnik taraqqiyotini odddiy takrorlanishdan iborat qilib qo‘yadi. Ular har bir yangi avlod nega oldinga siljishini, bilimlar, qobiliyat va imkoniyatlari kengaytib va chuqurlashib borish sabablarini, irsiyat esa ajdodlardagi sifatlarning faqat mustahkamlanib va takrorlanib qolishiga sabab bo‘lishini tushuntirib bera olmaydi. XIX asrda biologiya fani tez rivojlandi. Texnika taraqqiy qilib, nozik va aniq asboblar vujudga kela boshlaydi. Mikroskopning takomillashtirilishi mikroorganizmlar dunyosini o‘rganish imkonini berdi. E'tiboringiz uchun raxmat!ef Download 469.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling