Коричневый и Кремовый Деликатный Органический Копирайтер Фрилансер Маркетинговая Презентация
Download 248.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXAYRIYEVA GULSANAM
Uslubiyatda til birliklarining muayyan vazifani bajarishi Xayriyeva Gulsanam Buxoro Davlat Pedagogika Instituti REJA: Uslubiyathaqidaumumiy ma’lumot. 01 Uslubiyatturlari. 02 03 Sintaktikuslubiyat. 04 Morfologikuslubiyat. Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot Kishilarharqandaysharoitdavafaoliyatningbarchasohalaridaaloqa qilishjarayonidatildagileksik,frazeologik,grammatikvafonetik vositalarnitanlashvaishlatilishdabir-birlaridanma'lumdarajadafarq qiladilar.Ha,umumxalqtilidoirasidatilvositalariningbundaytanlab olinishinutqningxilma-xilko'rinishlariningpaydobo'lishigaolibkeladi. Nutqningbuxilma-xilko'rinishlariesanutqstillaridebyuritiladi. Stil(uslub)asligrekcha«stilas»so'zidanolinganbo'lib,uninglug'aviy ma'nosiqalamdir.Bundayqalamqadimzamonlardavao'rtaasrlarda yozish-chizishqurolibo'libxizmatqilgan.Insonlaresao'zfikr-mulohaza shaklinishuqalamvositasidachizganlar. Uslubiyattilshunoslikfaniningbirbo'limibo'ib, nutqjarayonidatilhodisalariningmaqsadga, sharoitgavamuhitgamosravishdafoydalanish qonuniyatlaribilantanishtiradi.Uslubiyatda uslublar,tilvositalariningnutqdaqo'llanishyo'llari, fonetik,lug'aviy,frazeologikvagrammatik birliklarningqo'llanishxususiyatlario'rganiladi. O'zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub (Ayrim darsliklarda so'zlashuv uslubidan boshqa barcha uslublar kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi): durust, metro (so'zlashuv uslubi); moviy, metropoliten (kitobiy). Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo'lish mumkin: 1. Leksik vositalar: Sinonim, omonim, antonim, paronim, ko'p m a’nolilik, tag ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o'xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so'zlar (jargon, argo, so'kish, qarg'ish kabilar) kasb-hunar so'zlari, mubolag'a (giperbola), arxaik va tarixiy so'zlar, atamalar. 2. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg'u. 3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so'z turkumi; b) sintaktik vositalar: gap bo'laklari, ritorik so'roq gaplar, undalma, kirish so'z, kirish birikma, sodda va qo'shma gaplar, ko'chirma va o'zlashtirma gaplar. USLUBIYAT TURLARI Leksik uslubiyat Tilshunoslikning leksika qismi uslubiyatda muhim o'rin tutadi. Mohiyat e'tibori bilan leksik qatlam fikrni to’g'ri, aniq ifodalashning asosiy shartlaridan bo'lib, sintaksisdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. demak, fikrning aniq va ravshan bo'lishi so'zdan to'g'ri foydalanishga bog'liq. So'zdan to'g'ri foydalanish uchun esa, avvalo uning lug'aviy ma'nosini anglash zarur. Lekin buning o'zi yetarli emas. Fikrni to'g'ri, aniq ifodalash va tushunish uchun so'z ma'nolari doirasini, uning matnda ifoda etgan ottenkalari va ma'no ekvivalentlarini ham chuqur bilmoq kerak. Masalan, «yurmoq» fe'li «odimlab harakatga kelmoq»dan tashqari «harakatlanmoq» (poyezd yurdi), «suzmoq» (paroxod yurdi), o'rmalamoq sudralmoq (ilon yurdi), mavjud bo'lmoq (u shu yerda yurdi) kabi ma'nolarni bildiradiki, buni anglamagan kishi fikrni to'g’ri ifodalay olmaydi va to'g'ri tushunmaydi. Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo'lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot Yolg'iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonim so'zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti. Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish tajnis san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo'llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi. Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlami qo'llashda hissiy-ta’siriy bo‘yoq mavjudligi jihatidan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jam ol, ruxsor, diydor sinonimik qatoridagi yuz so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo'lsa, bet, aft so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turq so‘zida bashara so‘ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo‘yoqqa ega, jamol so‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. Shuningdek, sinonimlaming ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo'lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo'ysafid sinonimik qatoridagi qari so‘zining ishlatilish doirasi keng, qolganlariniki esa chegaralangan. Sinonimlami o‘rinsiz ishlatish oqibatida turli uslubiy xatolar kelib chiqadi: Buldozer ko'chamizda viqilav deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo'l ochar edi gapida viqilav so‘zi noo‘rin qo'llangan, chunki bu so‘z odamlarga nisbatan ishlatiladi; bu gapda devorga nisbatan qulamoq so‘zi ishlatilishi kerak edi. Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g ‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatoliklami keltirib chiqaradi: Choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq- chuchugini totigan kishiga o'xshaydi. Bu gapdagi issiq-chuchuzini juftligi o‘rnida achchiq- chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deb ataladi. Paronintlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to‘g ‘ri qo'llamaslik natijasida ham xatoliklar kelib chiqadi: Chanoqlardagi loppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so'zi o'rnida tovlanadi so'zi ishlatilishi kerak edi. Turli sabablarga ko'ra qo'llanishi chegaralangan so'zlaming uslubiy xususiyatlari. Bunday so'zlarga eskirgan va yangi so'zlar, sheva, kasb-hunarga oid so'zlar, atamalar, jargonlar kiradi. Nutqda bu kabi so'zlar ham muhim uslubiy vazifalar bajaradi. Arxaizmlardan badiiy yoki ommabop asarlarda nutqqa kinoya, hajv ruhini kiritish uchun foydalanilsa, tarixiy so'zlardan o'tm ish voqeligini ifodalash maqsadida foydalaniladi. Sheva so'zlari mahalliy ruhni ifodalashda ishlatilsa, atamalar ilmiy va badiiy asarlarda fan-texnikaga oid tushunchalami ifodalash uchun ishlatiladi, jargonlar esa ma’lum toifaga mansub kishilar nutqini berish uchun zarurdir. Mubolag'a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo'lib, ifodalangan tushunchaning ko'pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir. Mubolag'a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To'qson molning terisidan kavushi... (“Alpomish” dostonidan) Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalaming belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so'z turkumlari (asosan, sifatlar) qo'llanadi: Zolim jallod, bilmaganim bildirgin... (“Kuntug'mish” dostonidan) Fonetik uslubiyat Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari. 1) asir, devon kabi so'zlardagi tovushlaming noto'g'ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi. 2) -da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo'g'inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so'zlarni keltirish nutqiy g'alizlikni keltirib chiqaradi: So'zlarning gapda qo‘llanishi va vazifalari... Urg‘uning uslubiy xususiyatlari. So'z urg'usining ko'chishi shu so'z ma’nosini o'zgartirishi mumkin: yangi kiyim(sifat) - yangi damlandi (ravish). Gapda ohangning o'zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo'lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jum lasida ahmoq so'zidan keyin to'xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz. Sintaktik qurilish va uning ko'p variantliligi, fikr ifodalash vositalarining boy va xilma-xil formalarga cgaligi obyektiv olam voqea-hodisalari yuzasidan axborot berish, olish, turlicha modal munosabatlarni ifodalashda keng imkoniyatlar ochib beradi. Mashhur tilshunos olimlar, jumladan M. Verdi, I.R.Galperin, A.I. Yefimov, V.V. Vinogradov, A.N.Gvozdev, D.E.Rozental, A. Mamajonov kabilar sintaktik kategoriyalarning uslubiy obyekt sifatida muhim o'rin tutishini alohida ta'kidlabt o'tganlar. SINTAKTIK USLUBIYAT Sintaktik kategoriyalarning aksariyati barcha nutq uslublarida faol ishlatila beradi. Lekin bir qator sintaktik birliklar borki, uslubiy jihatdan chegaralanganligi bilan ajralib turadi. Masalan, ravishdosh va sifatdosh oborotlar, bog'lovchilarning ayrim turlari, qo'shma gaplarning ko'pchiligi kitobiy nutq uslubiga xosdir. Biroq ularni chegaralash, faqatgina biror nutq uslubiga qat'iy bog'lab qo’yish mumkin emas. Demak, biror kategoriya biror nutqqa xos deyilganda, uning shu uslubda nisbatan ko'proq, bosh qasida ozroq ishlatilishi nazarda tutiladi. Sintaktikkategoriyalarninguslubiyxususiyatlarinio'rganishvatadqiqqilishda, ularningobyektivolamhodisalarinianiqroqbayonetishdagimuvofiq- nomuvofiqligi,so'zlovchiningqandaymaqsadiviko'zlabfikryuritayotganivao'z fikrini,his-tuyg'ulariniifodalashgaintilganinito'latasavvuretishdasintaktik variantlarniqiyoslashasosiyomilhisoblanadi.Aynichog'dabuusulfikrbayon qilishdamuayyansinonimikbirliklarningqaybirimuayyannutqpaytidao'rinli ekaninianglashvatanlaybilishimkoninihamberadi.Masalan: Eshitdimki, qahramonnomolibsan.Qahramonnomolganingnieshitdim . Misolimizdagiqo'shmagapformasi(1-gap)badiiyligi,emotsiyaottenkasiga egaligi,poetiknutqqaoidligibilan,keyingisoddagapformasiesaog'zaki(ham adabiy,hamso'zlashuv)uslubgaxosligibilanajralibturadi. Download 248.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling