Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar


Download 52.27 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi52.27 Kb.
#1800637
  1   2   3
Bog'liq
Кўришда нуқсонли болалар


Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar

1. Ko‘rish analizatori va ko‘rishnning inson hayotidagi ahamiyati


2. Ko‘rishda nuqsoni bor bolalar toifalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
3. Ko‘rishda nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xosligi
Tayanch iboralar: ko‘rish qobiliyati, tiflopsixologiya, tiflopedagogika, tasnif, zaif ko‘ruvchi, ko‘zi ojiz, albinizm, gloukoma, katarakta, ta’lim, tarbiya.
Ko‘rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida mu0im ahamiyatga ega. Ko‘rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning Ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko‘z bilan idrok etiladi. Bola ko‘rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi.
Tiflopsixologiyada ikki turlicha yo‘nalgan jarayon - ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlarni nisbatan chuqur differentsiatsiyalash: total ko‘zi ojiz; yorug‘likni his qiladigan ko‘zi ojiz; qoldiqli ko‘rishga ega ko‘zi ojiz; chuqur zaif ko‘ruvchi; zaif ko‘ruvchi. Bu tendentsiyalar ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixologik tavsifiga ta’sir o‘tkazadi, ko‘rish patologiyasi turli shakllarining bolalarning psixik rivojlanishiga ta’sir darajasi va kuchini, shuningdek, yakka tartibda ishlaganda va maxsus korrektsiyalash mashg‘ulotlarida ularni kompensatsiyalash imkoniyatlarini belgilaydi.
Ko‘rishga aloqador nuqsonlar kelib chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma nuqsonlar sabablari orasida irsiy kasalliklar (masalan, tug‘ma kataraktaning ba’zi shakllari va boshqalar), xomilador ayolning toksoplazmoz, qizilcha kasalliklari bilan og‘rishi, xomila ko‘rish organlarining embrional rivojlanish paytda zararlanishi, miya o‘smasi va shu kabi kasalliklar katta rol o‘ynaydi.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:
1.Total ko‘rlar- ko‘rish o‘tkirligi 0.
2.Qisman ko‘rlar. Ko‘rish o‘tkirligi 0,05 gacha. Mashg‘ulotlarda ular asosan o‘quv materialini sezish, eshitish idroki asosida o‘zlashtiradilar. Brayl tizimi bo‘yicha o‘qiydi va yozadilar. Ba’zi bir bolalar saqlangan ko‘rish imkoniyatidan o‘qish va yozishda foydalanishlari mumkin.

Download 52.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling