Koronavirus (covid-19) kasalligi — jsst ko’rsatmalari koronaviruslar


Download 214.26 Kb.
bet8/14
Sana05.01.2022
Hajmi214.26 Kb.
#202529
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
KORONAVIRUS (COVID-19) KASALLIGI

Nima uchun kerak? Virus kichik tomchilar orqali yuqadi. Nafas olish gigienasi qoidalariga qat’iy rioya qilib, siz boshqalarni O’RVI, gripp va COVID-19 kabi virusli kasalliklardan himoya qilishingiz mumkin.

  • Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, uyda qoling. Agar sizda isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinchiligi kuzatilsa, iloji boricha tezroq tibbiy yordamga murojaat qiling. Mahalliy sog’liqni saqlash idorangizning ko’rsatmalariga rioya qilish tavsiya etiladi.
    Nima uchun kerak? Sog’liqni saqlashning markaziy va mahalliy organlari yashash joyingizdagi vaziyat to’g’risida eng yangi ma’lumotlarga ega. O’z vaqtida tibbiy yordam so’rab murojaat qilish tibbiy mutaxassislarga sizni tezda tegishli tibbiy muassasaga yo’naltirishga imkon beradi. Bundan tashqari, siz o’zingizni himoya qilasiz va virusli va boshqa infektsiyalarning tarqalishini oldini olishga yordam berasiz.

OXIRGI 14 KUN ICHIDA COVID-19 TARQALGAN MINTAQALARGA TASHRIF BUYURGANLAR UCHUN SHAXSIY HIMOYA CHORALARI

  • Yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling («Shaxsiy himoya choralari»);

  • Agar o’zingizni yomon his qilsangiz, shifokorni qo’ng’iroq qilib chaqiring va ungacha uyda qoling, hatto kasallik alomatlari yengil bo’lsa ham, masalan, bosh og’rig’i yoki burun oqishi;

  • Agar sizda isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinligi kuzatilsa, tibbiy yordamga murojaatni kechiktirmang, chunki bu alomatlar nafas olish yo’llari infektsiyasi yoki boshqa jiddiy kasallik tufayli yuzaga kelgan bo’lishi mumkin. Darhol tibbiy muassasa bilan bog’lanib, mutaxassisga so’nggi safar yoki sayohatchilar bilan bo’lgan aloqalar to’g’risida xabar bering.


Download 214.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling