“Korporativ boshqaruv” kafedrasi


Adabiyot manbalari ustida ishlash va amaliy materialni yig‘ish


Download 246.98 Kb.
bet4/8
Sana19.12.2022
Hajmi246.98 Kb.
#1032780
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Стр.мен. курс иши 4-курс-лотин

3. Adabiyot manbalari ustida ishlash va amaliy materialni yig‘ish
Talaba tomonidan kurs ishi mavzusini tanlash, kengaytirilgan va detallashtirilgan rejani tuzish, nazariy qismni yozish, amaliy materialni yig‘ishga tayyorgarlik ko‘rish va uning tahlili, tavsiyalarni ishlab chiqish, adabiyot manbalarini chuqur o‘rganish asosida amalga oshirilishi mumkin. Kurs ishi mavzusini tanlash va rejani tuzish bosqichida maxsus adabiyotni ko‘rib chiqish va tanlama o‘qish yetarlidir.
Nazariy qismni yozishda talabani nazariy ahamiyatdagi masalalar yoritilgan adabiyotlar qiziqtirishi kerak. Biroq, hatto tor doirada ixtisoslashgan adabiyot ham bitta paragraf yoki bobdan tashqariga chiqadigan ko‘plab qiziqarli va foydali materiallardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yo kartochkalarda, yo alohida standart qog‘ozlarda yozuvlarni amalga oshirish kerak bo‘lib, ularni boblar va paragraflar bo‘yicha qo‘yish mumkin. Bunda talaba o‘zini qiziqtirgan materialni yozishi yoki faqat manbani, betni ko‘rsatishi, shuningdek ushbu material ishning qaysi qismiga mos kelishini ko‘rsatishi mumkin. Talaba ushbu qismni yozishda o‘zining amalga oshirgan yozuvlari bo‘yicha kerakli adabiyot manbasini topishi va ulardan foydalanishi mumkin.
Adabiyot ustida ishlash bilimlarni to‘plashga, alohida misollar, iqtiboslar va tasvirlarni keltirishga imkon yaratadi. Adabiyot manbalaridan foydalanganda muallif va boshqa barcha ma’lumotlarni ko‘rsatish bilan havolalar keltirish kerak. Kitob va maqolaning nomlanishi, nashriyot, nashr yili, bet, internet sayti.


4. Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishi qo‘lda tartibli yozilishi kerak. Ishning hajmi 11./210x300/ formatdagi 35-45 betdan iborat bo‘lishi kerak, buning ichiga jadvallar, sxemalar va grafiklar ham kiradi. Betning chap tomonida 3 smgacha bo‘lgan joy qoldirish kerak, grafik tasvirlar nisbatan qattiqroq qog‘ozda bajarishi kerak /vatman va h.k./, shuningdek millimetrovkadan ham foydalanish mumkin. Tasvirlar aks etgan betlar matn qismi bilan birgalikda raqamlashtirilishi kerak. Yakunlangan ishni muqovalash kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish namunasi 3-ilovada keltirilgan, titul varag‘ining namunasi bo‘lsa 4- ilovada keltirilgan.
Titul varag‘idan keyin ikki - uch toza betni taqriz – ilmiy rahbar tomonidan ishga yoziladigan xulosa uchun qoldirish kerak. Kurs ishining birinchi betidagi taqrizdan keyin detallashtirilgan rejani /mundarijani/ keltirish kerak bo‘lib, bunda ko‘rib chiqiladigan masalalarning to‘liq nomlari va ular yoritilgan betlarning raqamlari ifoda etiladi.
Kurs ishi adabiy tilda yozilgan bo‘lishi va puxta tahrir etilgan bo‘lish kerak. Barcha jadvalar, grafiklar, sxemalar ularning mazmuni va mohiyatini o‘zida aks ettirgan aniq nomlarga ega bo‘lishi kerak. Grafik, sxemalarning nomlarini tasvirlarning pastki qismida “rasm”, “chizma” va boshqa shunga o‘xshash nomlardan keyin keltirish kerak, jadvallarning nomlarini bo‘lsa, ularning ustki qismida keltirish kerak bo‘lib, jadval nomining ustidagi o‘ng tomonda “Jadval” so‘zini keltirish va uning oldida raqamni ko‘rsatish kerak. Rasmlar va jadvallarni ularning kurs ishida joylashganlari bo‘yicha raqamlashtirish kerak.
Kurs ishida miqdoriy ko‘rsatkichlarni asosan son ko‘rinishida yoki harfli-sonli arab raqamlari ko‘rinishida yozish tavsiya etiladi. Agar matnda birlik sonlar bosh kelishikdan boshqa kelishiklar bilan yakunlangan bo‘lsa, u holda bunday sonlarni raqamlar bilan emas, balki harflar bilan yozish tavsiya etiladi. Qisqartirilgan ko‘rinishda bo‘lsa, fizik birliklar, pul birliklari va boshqa birlik sonlarni raqamlar bilan yozish kerak. Ming, million, milliard kabi yirik sonlarni harfli-raqamli shaklda, ya’ni raqamlar bilan qisqartirilgan ko‘rinishlarning o‘zaro uyg‘unligida: ming, mln., mlrd. ko‘rinishlarida yozish tavsiya etiladi. Kurs ishida ko‘riladigan muammolar bo‘yicha turli xil mualliflarning fikr-mulohazalarini o‘z so‘zlari yoki iqtibos bilan ko‘rsatish mumkin. Iqtibosning matni u olingan manba bilan aniq mos kelishi kerak. Muallifni faqat uning asarlari bo‘yicha iqtibos qilish kerak. Agar tegishli manba bilan tanishish imkoni bo‘lmasa yoki uni qidirib topish qiyin bo‘lsa, u holda muallifning fikr-mulohazalarini boshqa muallif tomonidan keltirilgan asarlardan foydalangan holda iqtibos qilish mumkin. Bunday holatda iqtibos qilinadigan manbaga qo‘yiladigan havolada quyidagi so‘z oldin keltiriladi: “…bo‘yicha havola:”.
Kurs ishining nazariy va amaliy qismlarida, shuningdek tavsiyalarda formulalar keltirilishi mumkin. Bunda raqamlar qo‘yilgan formulalarni alohida qatorlarda keltirish kerak. Murakkab bo‘lmagan raqamlar qo‘yilgan formulalarni matnning ichki qismida ham joylashtirish mumkin.
Matnda formulalarga havolalar mavjud bo‘lganda, eng muhim formulalarga qavslar ichida arab raqamlari bilan raqam qo‘yish mumkin. Ko‘p hollarda kurs ishini yozishda o‘quvchi e’tiborini o‘z ishi matnining u yoki bu joyiga yoki foydalanilgan adabiyot manbalariga qaratish zaruriyati yuzaga keladi. Bunday holda matnning raqam qo‘yilgan qismlaridagi raqam yoki adabiyotlarga havolalar foydalanish mumkin: betlar, boblar, paragraflar, punktlar, keltiriladigan misollar, formulalar, jadvallar, sxemalar va boshqa shu kabilarning raqamlari.
Jadvallarning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- hodisa, predmet, jarayon tavsiflanadigan ko‘rsatkichlarning zaruriyligi va to‘liqligi;
- tasodifiy emas, balki aniq ma’lumotlarning o‘zaro qiyoslanishi;
- taqqoslash uchun kiritilgan ma’lumotlarning o‘zaro qiyoslanishi;
- jadvallarda o‘quvchi uchun kurs ishi mavzusidan kelib chiqqan holda kerakli ma’lumotni olish imkonini beradigan barcha ma’lumotlarning mavjudligi;
- jadvallardagi ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligi;
- ma’lumotlarning o‘quvchi uchun tushunarli tarzda jadvallarda ifoda etilganligi;
- jadval nomining undagi ma’lumotlarga mos kelishi;
- jadvaldagi ma’lumotlarning miqdoriy jihatdan aniqligi.
Jadvallar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak. Ularda jadvalning asosiy qismlari mantiqiy ahamiyati bilan mos kelishiga va elementlarning mantiqiy bir-biriga bog‘liq bo‘lishiga rioya qilish kerak.
Jadvalning ixcham bo‘lishi va ko‘p joyni egallamasligi uchun unda ortiqcha ma’lumotlar bo‘lmasligi kerak. Jadval juda ko‘plab umumiy ko‘rsatkichlarga ham ega bo‘lmasligi kerak.
Jadvallarni rasmiylashtirishning asosiy qoidalariga ko‘ra, ularda raqam va nom bo‘lishi kerak. Jadval bilan matn o‘rtasidagi bog‘liqlikni soddalashtirish uchun matndagi havolada /masalan, 5-jadval/ jadvalni topish osonroq bo‘ladi. Jadvalning raqam qo‘yilgan nomi “Jadval” va arab sonlarining tartib raqamini o‘z ichiga oladi.
Jadvalning tematik sarlavhasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u jadvalning mavzusi va mazmunini aniqlab beradi. Uning yordamida matnni o‘qimay turib ham jadvalda foydalanish mumkin bo‘lib, bunday sarlavhaga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat bo‘ladi: aniqlik, muayyan yo‘nalish va jadvalning mazmuniga mosligi, ma’nodorlik va qisqalilik.
Jadval yangi betdan davom etganda, “5-jadvalning davomi” yoki “5-jadvalning oxiri” ko‘rinishidagi sarlavhalar qo‘yiladi, jadval yangi betdan davom etganda, ham tematik, ham raqamli sarlavhani yana takrorlash kerak emas.
Jadvaldagi grafalarga agar matnda ularga havolalar bo‘lmasa raqamlar qo‘yish mumkin.
Agar jadval matnnig bir qismi bo‘lsa, u holda matnda unga havola qo‘yish shart. Jadval tahlil qilingan matnda uning mazmunini gapirib o‘tirish shart emas, balki jadvaldagi ma’lumotlar bo‘yicha asosiy xulosalarni shakllantirish yoki ularning qandaydir xususiyatlarini qayd etish kerak.



Download 246.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling