Korporativ boshqaruv


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150487
1   2   3   4
Bog'liq
Курс иши Синдор


 

 

34 

 

5. Joriy aktivlarning buxgalteriya hisobida aks ettirilishi 

 

Joriy aktivlar har bir ishlab chiqarish siklida to’la iste’mol qilinadi, o’zining 



boshlang’ich tabiiy shaklini o’zgartiradi va shuning uchun ham uning qiymati ishlab 

chiqarish xarajatlariga to’liq kiradi. Ular «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya 

xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo’llash bo’yicha 

ko’rsatma»,  21-buhgalteriya  hisobining  milliy  andozasiga  ko’ra  alohida-alohida 

sintetik va analitik schyotlarda yuritiladi. 

Materiallar  1000-schyotda  yuritilib,  bu  schyotda  quyidagi  subschyotlar 

ochilgan: 

-  xom ashyo va materiallar; 

-  sotib olingan yarim tayyor materiallar; 

yoqilg’i; 



-  ehtityot qismlar; 

-  qurilish materiallari; 

-  idish va idish materiallari; 

-  chetga ishlov uchun berilgan materiallar; 

inventar’ va xo’jalik anjomlari; 



-  boshqa materiallar; 

Bu  schyotlarning  debetida  materiallarni  hisobot  davrining  boshiga  bo’lgan 

qoldig’i  va  kirimi,  kreditida  esa  materiallarning  chiqimi  (ishlab  chiqarishga 

sarflanagan va hokazolar) aks ettiriladi. 

Arzon  va  tez  eskiruvchi  buyumlar  ham  joriy  aktivlarning  tarkibiy  qismi 

hisoblanib, ularning hisobi shu nomdagi schyotda yuritilar edi. Ammo O’zbekiston 

Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil oktyabr oyining 23-kunida 1181-

son  bilan  qayd  qilingan.  Ishlab  chiqarish  xarajatlarining  hisobi  buxgalteriya 

hisobining  jurnal-order  shaklida  10-jurnal  orderda  jurnal  orderning  yuqori 

tomonidan gorizontaliga kreditlanuvchi schyotlar yuritiladi. Uning chap tomonida 

esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi.  


35 

 

10-jurnal orderni to’ldirish uchun asosan ayrim sexlarda xarajatning analitik 



hisobi  uchun  yuritiladigan  yordamchi  vedomostdan  va  davr  xarajatlari  hamda 

kelgusida  xarajatlar  va  to’lovlar  zaxirasi  hisobidan  qilinadigan  xarajatlarning 

hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan 15-yordamchi vedomostdan foydalaniladi. 

Tayyor mahsulotni hisobga olish uchun ro’yxatidan «Tayyor mahsulot» deb 

atalgan  schyot  ajratilgan  bo’lib,  undan  moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining 

korxonalari  foydalanadi.  Bu  schyotning  debetida  barcha  tayyor  mahsulot  hamda 

sotishga mo’ljallangan asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning xizmatlari aks 

ettirladi.  Bu  schyotda  mahsulot  haqiqiy  tannarxining  joriy  hisob  narxidan  farqi 

butunlay  hamma mahsulotlar bo’yicha yoki bir turdagi mahsulotlar guruhi bo’yicha 

hisobga olinib, ular hisob registrlarida ajratib ko’rsatiladi. 

Tayyor  mahsulotlar  harakatini  pul  ko’rsatkichdagi  hisobi  16-«Tayyor 

buyumlar  harakatining  puldagi  ifodasi»  vedomostida  yuritiladi.  Ushbu 

vedomostning  I  bo’limidan  2810-  «Tayyor  mahsulotlar»  schyotning  to’liq 

ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda-haqiqiy va hisob bahoda olish mumkin.  

Bu  oy  oxiriga  bo’lgan  tayyor  mahsulotlarning  umumiy  hajmdagi  haqiqiy 

xarajatlari salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob 

bahosiga  nisbati)  topish  uchun  zarur.  Agar  shu  foiz  100  ga  teng  bo’lsa,  demak, 

haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekan, agar foizi 100 dan kam bo’lsa, korxona mahsulot 

tannarxini pasaytirgani bo’ladi, natijada ushbu mahsulotni sotishdan u rejadan ortiq 

foyda oladi, agar shu foizi 100 dan ortiq bo’lsa, korxona kal’kulyasiya moddalari 

bo’yicha  normaga  nisbatan  ortiqcha  xarajatlarga  yo’l  qo’ygan  bo’ladi  va  bu  o’z 

navbatida, foydani kamaytiradi. 

Shu  jami  mahsulotlarni  haqiqiy  tannarxini  ularning  hisob  (reja)  tannarxiga 

bo’lgan  foiz  nisbati  buxgalteriya  tomonidan  hisobot  oyida  yuklab  jo’natilgan, 

xaridorlar  tomonidan  qaytarilgan  va  oy  oxiriga  qolgan  mahsulotlarning  haqiqiy 

tannarxini  hisoblash  uchun  foydalaniladi.  Oy  oxiriga  qolgan  mahsulotlar  haqiqiy 

tannarxini  aniqlashning  zaruriyati  shandaki,  uni  Bosh  daftar  bilan  taqqoslash 

mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi 

qoldiq taqqoslanadi. 


36 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

3-chizmaJoriy aktivlarning tarkibi. 

 

Yuklab  jo’natilgan  mahsulotlar  harakatining  hisobi  16-vedomostining  II 



bo’limida yuritiladi. 

Joriy aktivlar

 

Xom ashyo va materiallar 

Yarim tayyor ma

hsulotlar va 

komplektlovchi buyumla

ri 


Ehtiyot qismlar, yoqilg’i 

Qurilish materiallari, idish va 

idish materiallar 

Tugallanmagan ishlab chiqarish, 

kelgusi davr harajatlari  

Tayyor 


mahsulotlar, mollar

 

Pul mablag’lari 



Hisob kitobdagi mablag’lar  

Banklarning har xil 

schyotlaridagi 

mablag’lar 

Valyuta schyotidagi 

mablag’lar  

Hisob kitob schyotidagi 

mablag’lar 

Kassadagi mablag’lar 

Hisobdor shaxslar 

tomonidan hisobot 

berilmagan bo’nak 

summasi 

Debitor qarzlar summasi 

Jo’natilgan mol, 

bajarilgan ish va 

xizmatlar summasi 


37 

 

Unda  jo’natilgan,  sotilgan  mahsulotlar,  material  qiymatliklar,  xizmatlar  va 



xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi birlashgan. Jo’natilgan 

va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural ko’rinishdagi turlari bo’yicha 

yoki  to’lov  hujjatlari  bo’yicha  ikki  bahoda-haqiqiy  tannarxda  va  sotish  narxida 

tashkil etiladi. 

16-vedomostning III-bo’limida to’langan, hisobdan chiqarilgan, to’lanmagan 

va hisobdan chiqarilmagan summalar to’g’risidagi yig’ma ma’lumotlar aks ettiriladi. 

Kassadagi pul mablag’lar, valyuta mablag’lari, qisqa muddatli qo’yilmalar va 

shunga o’xshash pul mablag’larini hisobini yuritish uchun 5000, 5100, 5200, 5500, 

5600,  5700,  5800  kabi  sintetik  schyotlardan  foydalaniladi.  Kassa  muomalalarini 

hisobga olish 5000-«Kassa» nomli schyotda hisobga olinadi. 

Mustaqil balansga ega bo’lgan va xo’jalik hisobidagi korxona hisoblanuvchi 

yuridik  shaxslarga  bankda  hisob-kitob  schyoti  ochiladi.  Markaziy  Bank 

yo’riqnomalariga  binoan  korxona  (tashkilotlar)ga  faqat  bitta  o’zlari  tanlab  olgan 

bankda («O’zbekiston Respublikasi banklarida bank schyotlari ochish to’g’risidagi 

Yo’riqnoma»ning  1.7.1.  va  1.7.2.  bandlarida  nazarda  tutilganlardan  tashqari)  pul 

mablag’larini saqlash va barcha turdagi hisoblashishlarni, ro’yxatdan o’tgan joyda 

kredit  va  kassa  muomalalarini  amalga  oshirish  uchun  va  talab  qilib  olingungacha 

valyuta depozit schyoti ochilishi mumkin. 

Hisob-kitob  schyoti  bo’yicha  sodir  bo’ladigan  muomalalarni  hisobga  olish 

uchun korxonalarda 5110- «Hisob-kitob» schyoti ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib, 

uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan har qanday tushumlar, kreditida esa 

hisob-kitob schyotidan sarflangan barcha pul mablag’lari aks ettiriladi.  

5110-  «Hisob-kitob»  schyoti  bo’yicha  muomalalar  tekshirilgan  bank 

ko’chirmasi  va  unga  ilova  qilingan  pul  hujjatlariga  asosan  ko’rsatiladi.  5110-

schyotining  sal’dosi  hisob-kitob  schyotidan  berilgan  ko’chirmada  ko’rsatilgan 

qoldiqqa teng bo’lishi kerak.                        

Horijiy valyutidagi pul mablag’larini va horijiy valyuta muomalalarini har bir 

korxona amalga oshirishi mumkin. Horijiy valyuta muomalalarini rasmiylashtirish 

uchun bankda valyuta joriy schyotini ochish kerak. Bu schyotga doir muomalalarni 


38 

 

amalga  oshirish  va  rasmiylashtirish  tartibi  banklar  tomonidan  belgilanadi.  Uning 



debetida korxonaga pul mablag’larining kelib tushishi, kreditda esa ularning chiqib 

ketishi aks ettiriladi. Agar mablag’lar bu schyotning debeti yoki kreditiga xato yozib 

qo’yilgan bo’lsa, unda xato yozilgan summaga bu schyot 4860- «Da’volar bo’yicha 

olinadigan schyotlar» bilan korrespondensiyada bo’ladi. 

«Valyuta schyoti» ga doir ikkita subschyot ochilishi mumkin: 

1. 


Mamlakat ichidagi valyuta schyotidagi mablag’lar; 

2. 


Xorijiy valyuta schyotidagi mablag’lar. 

«Valyuta schyoti» ga doir analitik hisob banklarda chet el valyutalarda pul 

mablag’larni saqlash uchun ochilgan har bir schyot bo’yicha yuritiladi. 

Debitor qarz har doim boshqa korxonaning aktivlariga qilingan da’vo bo’lib 

hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog’liq bo’lgan asosiy buxgalteriya muomalalari tan 

olish va baholash hisoblanadi.  

BHMA ning «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va topshirish uchun konsepsiya 

asoslari» da kreditor qarzlar, ya’ni majburiyatlar «buxgalteriya balansida qachonki 

o’zida  iqtisodiy  foydani  mujassamlagan  resurslarni  oqib  ketishi  ehtimoli  bo’lsa, 

shuningdek majburiyatlarni qabul qilish natijasi bo’lsagina, buxgalteriya balansida 

tan olinadi» (66-paragraf) deyilgan. 

Turli  debitor  va  kreditorlarga  notijorat  xarakteridagi  muomalalarni  olib 

boruvchi tashkilotlar (oliy o’quv yurtlari, ilmiy muassasalar), ko’rsatilgan xizmatlar 

uchun  hisob-kitoblar  olib  boradigan  transport  (temir  yo’l  va  suv)  tashkilotlari, 

tashkilot  va  shaxslar  deponentlari,  ijro  hujjatlari  asosida  ushlab  qolishlar,  noturar 

joylarni ijaraga oluvchilar va hokazolar kiradi. 

Debitorlar  tarkibida  moliyalanadigan  va  operativ  lizinglar  bo’yicha 

olinadigan  to’lovlar,  olinadigan  foiz  va  dividendlar,  royalti  va  gonorar  bo’yicha 

olinadigan  schyotlar  va  boshqa  shaxslarning  qarzlari  (joriy  qismi)  hisobi  4800- 

«Turli debitorlarning qarzlari hisobvaraqlari» bo’yicha olingan (4810, 4811, 4820, 

4830, 4840, 4950, 4860  va 4890) schyotlarda aks ettiriladi. 

Korxonaning turli kreditorlardan bo’lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan 

va operativ lizinglari bo’yicha to’lanadigan summalar, to’lanadigan foizlar, royalti 


39 

 

va gonorarlar bo’yicha qarzlar, da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar, xisobdor 



shaxslardan  bo’lgan  qarzlar  va  boshqa  majburiyatlar  kiradi.  Bunday 

muomalalarning  hisobi  6900-«Turli  kreditorlarga  bo’lgan  majburiyatlarning 

hisobvaraqlari»  bo’yicha  ochilgan  (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970  va 

6990) schyotlarida aks ettiriladi. 

4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»,  4110-«Alohida 

balansga  ajratilgan  bo’linmalardan  olinadigan  schyotlar»,  4610-«Muassislarning 

ustav  kapitaliga  badallar  bo’yicha  qarzlari»,  4800-«Turli  debitorlarning  qarzlari 

hisobvaraqlari»,  6110-«Alohida  balansga  ajratilgan  bo’linmalarga  to’lanadigan 

schyotlar», 6310-«Xaridor va buyurmachilardan olingan bo’naklar», 6500-«Davlat 

maqsadli  fondlari  va  sug’urta  bo’yicha  qarzlarining  hisobvaraqlari»,  6600-

«Muassislarning  qarzlari  hisobvaraqlari»,  6900-«Turli  kreditorlarga  bo’lgan 

majburiyatlarning  hisobvaraqlari»  va  7010-«Mol  yetkazib  beruvchilarga 

to’lanadigan schyotlar» bo’yicha analitik hisob 7-vedomostda yuritiladi. Oy oxirida 

analitik  hisob  vedomosti  bo’yicha  jami  chiqarilib  keyingi  oy  boshiga  qoldiq 

yoziladi. 

Kredit  oborotlari  korrespondentlanuvchi schyotlar  doirasida  7-vedomostdan 

7010,  4010,  4860,  6410,  4710,  4810,  6910,  4110,  6110  va  boshqa  schyotlarning 

krediti bo’yicha 8-jurnal-orderga yozib qo’yiladi.  

4110,  4860,  4710  schyotlar  bo’yicha  yozuvlar  jurnal-orderda  bir  qatorda 

ko’rsatiladi.  4810,  6910-schyotlar  bo’yicha  sintetik  va  analitik  hisob  birga 

ko’rsatiladi. 

 

 


40 

 

Xulosa va takliflar 

Bugun  O’zbekistonimiz  bosib  o’tgan  mustaqil  taraqqiyot  yo’lini  xolisona 

baholar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan 

olamshumul yutuq va marralar, avvalambor, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz 

va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan-yilga oshib, jahon 

hamjamiyatida  mamlakatimiz  obro’-e’tiborining  tobora  yuksalib  borayotgani  – 

bularning  barchasi  Konsitusiyamizning  asosiga  qo’yilgan,  chuqur  va  puxta 

o’ylangan  maqsad,  prinsip  va  normalarning  hayotbaxsh  samarasi,  desak,  hech 

qanday  mubolag’a  bo’lmaydi.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  izchil 

rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-

siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora 

mustahkam  bo’lib  borishiga  erishmoqdamiz.  Barchamizga  ayonki,  aynan  ana  shu 

ijtimoiy qatlam – ya’ni o’rta sinf yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni 

yanada  chuqurlashtirishdan,  mamlakatimizning  izchil  va  barqaror  rivojlanishidan 

eng  ko’p  manfaatdordir.  Shu  bois  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  bugungi 

kunda jamiyatimizdagi  ijtimoiy va siyosiy  barqarorlikning  kafolati va tayanchiga, 

yurtimizni taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. 

 

Korxona joriy aktivlarini manbalashni ham o’ziga xos xususiyatlarini sezish 



mumkin. Ularda asosiy vositalar yoki uzoq muddatli aktivlarni shakllanishi hamda 

manbalanishida farqlar mavjud, ya’ni ular asosiy e’tiborni joriy aktivlarga va ularni 

manbalashga qaratadilar. Shunday ekan, tadqiq qilingan mavzu bo’yicha quyidagi 

muhim jihatlarni ta’kidlab o’tish mumkin. 

Birinchidan,  joriy  aktivlarni  manbalash  yuzasidan  korxonaning  o’zlik 

mablag’lari  manbalari  hissasini  keskin  oshirish  lozim.  Aks  holda  ular  faoliyatiga 

to’siq  bo’luvchi  omillar  ta’siri  kuchayadi.  Joriy  aktivlarni  izlab  topish  yoki  jalb 

qilish tadbirlarini ko’rish lozim. 

Joriy  aktivlarni  manbalash  yuzasidan  uzoq  muddatli  yoki  qisqa  muddatli 

kreditlar va qarzlarni jalb etishning bugungi kunda kuchli mexanizmi shakllangan. 

Negaki  tijorat  xususiyatiga  ega  bo’lgan  va  istalgan  hajmda  chetdan  mablag’larni 


41 

 

joylashtirish imkoni mavjud. Faqat ular yuzasidan foiz to’lovlari va ustamalar yukini 



ko’tarish masalasi hal etilsa bo’ldi. 

Bu yuqori tavakkalchilik hissini ham talab etadi, albatta. Chunki o’ylangan va 

rejalashtirilgan  har  qanday  maqsadli  harakatni  albatta  o’ziga  xos  va  qator 

muammolari mavjud bo’ladi. 

Ikkinchidan,  joriy  aktivlarni  joylashtirishning,  ya’ni  ularni kirimga olinishi, 

saqlanishi, hisobdan chiqarilishi va hujjatli aylanishini tezlashtirishning javobgarlik 

mexanizmini shakllantirish lozim. 

Uchinchidan,  joriy  aktivlarni  baholashning  va  ular  samaradorligini 

aniqlashning  ko’rsatkichlar tizimini yangilanayotgan  uslubiy  asosini  tuzib  chiqish 

lozim.  Joriy  aktivlarni    hisobga  olishning  hozirgi  holatida  ularning  likvidlik 

darajasiga ahamiyat berilmagan. 

Shuningdek ularning nazariy bayon etishda ham kamchiliklar ko’p. Jumladan, 

joriy  aktivlar  juda  ko’p  tushunchalar  bilan  tavsiflanadi,  ya’ni  aylanma  aktivlar, 

oborot aktivlar, harakatdagi aktivlar va hokazolardan iboratdir. 

To’rtinchidan,  joriy  aktivlarni  me’yorlanishi  yuzasidan  sektorlar  bo’yicha 

normativlar tuzilgan holda ulardagi o’zgartirishlar ustidan nazoratning ta’sirli shakli 

belgilanmagan.  Normativlarga  amal  etish  va  ularning  me’yorini  saqlash  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlanishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  moliyaviy  qonunchilikda 

nomativlarni  buzilishi  yuzasidan  ma’muriy  va  moliyaviy  javobgarlik  shartlari 

belgilangan, lekin ular o’zining ta’sir belgisiga ega emas. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


42 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 



 

I. O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari va 

Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari 

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.  1992 yil 8 dekabr’ (O‘zbekiston 

Respublikasining  2017  yil  29  avgustda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan  O‘zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan). 

2.  O’zbekiston  Respublikasi  “Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida”  gi  Qonuni. 

№404.  2016 yil 13 aprel’. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  «Auditorlik  faoliyati  to’g’risida»  gi  Qonuni 

(yangi tahrir). - T.: 2000 yil (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan). 

4.  Buxgalteriya  Hisobining  Xalkaro  Standartlari  -  2013,  O’zbekiston 

buxgalterlar va auditorlar milliy Assosiasiyasining tarjimasi, - T.,2014 

5.  Xalqaro  audit  standartlari,  sifat  nazorati,  ko’rib  chiqish,  boshqa  ishonch 

bildirish  va  turdosh  xizmatlarning  xalqaro  standartlari  to’plami  -  Halqaro 

Buxgalterlar  Federasiyasi,  2013.  O’zbekiston  buxgalterlar  va  auditorlar  milliy 

Assosiasiyasining tarjimasi, - T., 2014   

6.  «O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo’yicha  Harakatlar 

strategiyasi  to’g’risida»  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  №PF  4947-son 

Farmoni. 2017 yil 7-fevral’.  

7.O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Aksiyadorlik  jamiyatlarida 

zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida» 

PF-4720-son Farmoni.  2015 yil 24 aprel’. 

 

8.  «2017-2021  yillarda  O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 



ustuvor  yo’nalishi  bo’yicha  harakatlar  strategiyasini  kelgusida  amalga  oshirish 

chora-tadbirlari to’g’risida»  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 

avgustdagi PF-5024-son farmoyishi. 

9.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Iqtisodiyot  real  sektori 

korxonalarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida» gi 2008 yil 18 noyabrdagi PF-4053 – sonli Farmoni.  

10.O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2015  yil  28  iyuldagi 

«Davlat  ulushi  bo’lgan  aksiyadorlik  jamiyatlari  va  boshqa  xo’jalik  yurituvchi 

subektlar  faoliyati  samaradorligini  baholash  mezonlarini  joriy  etish  to’g’risida»gi 

207-sonli qarori.  (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 30-

son, 397-modda). 

11.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi ”Auditorlik 

tashkilotlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  hamda  ular  ko’rsatayotgan 

xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi PQ–615-sonli Qarori. 

12.O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil  22 

sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning 

ahamiyatini  oshirish  to’g’risida»gi  365-sonli  qarori.-T.:  Xalq  so’zi,  2000  yil  26 

sentyabr’.  

 

 


43 

 

 



II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 

 

13.O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning  Oliy 



Majlisga  eng  asosiy  va  dolzarb  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  masalalar  va  jamiyatni 

demokratik rivojlantirish bo’yicha Murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabr’. 

14.Mirziyoev  Sh.  M.  Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy 

javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent.  

2017 yil 16 yanvar’. «Xalq so’zi» gazetasi (№ 11 (6705)) . 

15.Mirziyoev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan 

birga quramiz. – T.:  O’zbekiston, 2017. – 488 b. 

16.Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz 

uchun  tinch  va  osoyishta,  munosib  hayot  darajasini  yaratish  -  barqaror  taraqqiyot 

kafolatidir.  –T.: O’zbekiston, 2017. – 22 b. 

17. Mirziyoev Sh. M.  . Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash 

–  yurt  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligining  garovi.  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi  qabul 

qilinganining  24-yilligiga  bag’ishlangan  tantanali  marosimdagi  ma’ruzasi. 

07.12.2016. 

 

III . Sohaga oid  me’yoriy hujjatlar 

18. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi 

hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom. O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  qarori.  5.02.1999  №54  son  (o’zgartirish  va 

qo’shimchalar bilan). 

 19.  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirining  2002  yil  27-dekabrdagi 

"Moliyaviy  hisobot  shakllari  va  ularni  to’ldirish  bo’yicha  qoidalarni  tasdiqlash 

to’g’risida"gi  140-son  buyrug’i  (O’zR AV  tomonidan  24.01.2003  yilda  1209-son 

bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). 

20. O’zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyatining milliy standartlari. 

To’plam. T.:  O’zR BAMA nashriyot markazi. 2017. 

21. O’zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobining milliy standart lari. 

To’plam. T.:  O’zR BAMA nashriyot markazi. 2017 . 

22.  “Korxonalardagi  ichki  audit  xizmati  to’g’risidagi  Nizom”  O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga 2-

ilova. 


 

IV. Asosiy adabiyotlar 

23.  Abdullaev  R.A.  Buxgalterskiy  uchet  i  audit.  izd.  “IQTISOD  MOLIYA”. 

Toshkent. 2010 

24.Pugachev  V.V.  Vnutrenniy  audit  i  kontrol’.  Uchebnik.  –  M.:  Delo  i  Servis, 

2010. – 224 s. 

1. Odegov  Yu.G.  Nikonova  T.V.  Audit  i  kontrolling  personala:  uchebnik.  2-e 

izd. I dop. – M.: Al’fa Press, 2010. – 672s. 

2.  Audit. (Darslik). To’laxo’jayeva M.M. Ilhomov Sh.I. va bosh. TDIU 2011-



44 

 

yil, 583 bet. 



3.  Uchebnoe  posobie  “Sbornik  Mejdunarodnыx  standartov  audita  i  kontrolya 

kachestva”. –T.: NNO “Palata auditorov Uzbekistana”, 2011. 

4.  Audit. (O’quvqo’llanma). To’laxo’jayeva M.M. IlhomovSh.I. va bosh. TDIU 

2012-yil, 184 bet. 

5.  Arens,  Alvin  A.  Auditing  and  assuring  services:  an  integrated  approach/ 

Arens, Alvin A. Randal J. Elder, Markel S. Beasley -14

th

 ed. Amazon, USA-2012, 



894 p. 

32. Ilxamov Sh.I. Amaliy audit. Darslik.  –T:.Iqtisodiyot, 2011.  



 

V.Qo’shimcha adabiyotlar 

 

33. Bobojonov O.O’ . Moliyaviy hisob. Darslik.  –T.: Sharq, 2004. 



34. 

Xaydarov  R.,  Fayziev  Sh.  Vnutrenniy  audit.  Uch.  Posobie.  –  T.: 

“IQTISOD-MOLIYA”, 2013. – 212 s.  

35. 


Podol’skiy V. Audit. Uchebnik. – M.: Izd. Yurayt, 2015. – 605 str. 

36. 


Audit: uchebnik /pod red. Bulыgi R.P.-2-e izd., pererab. i dop. – M.: 

“YuNITI – DANA”, - 2013. – 431 str. 

37. 

Audit. 


Praktikum: 

uchebnoe 

posobie 

O.N.Xarchenko, 



S.A.Samusenko, I.S.Fyorova – 4-e izd., pererab. i dop. –M.: KNORUS, 2014.-248 

str. 


38. Shoalimov A.X., Ilxamov Sh.I., Tojiboeva Sh. A. Iqtisodiy tahlil va audit. 

Darslik. –T.:Iqtisodiyot, 2016.  

 

VI. Davriy nashrlar, statistik to’plamlar va hisobotlar  

41.Xalq so’zi gazetasi. – Toshkent, 2014-2018 yillar. 

42.Soliq va bojxona xabarlari. – Toshkent, 2014-2018 yillar.  

43.O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi. – Toshkent, 2014-2018  

yillar. 

44.Iqtisodiyot va ta’lim. Ilmiy jurnal. – Toshkent, 2014-2017 yillar.  

45.O’zbekiston  Respublikasini  2017  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O’zbekiston 

Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 

46.Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari.  

 

                           



V II. Internet saytlari 

47.


www.gov.uz

.  


48.

www.mf.uz

 .                                  

49.


www.stat.uz

 . 


50.www.

lex.uz


 . 

51.


www.naaba.uz

 . 


52.www.

norma.uz


. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling