Korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari
Download 142.78 Kb.
|
Korporativ boshqaruv zamonaviy amaliyoti va modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ boshqaruvning yapon modeli
Tarmoq (yapon) model:Yapon modeli mazmuniga ko’ra amerika modeliga ham, germaniya modeliga ham o’xshamaydi, biroq ikkala modelning ayrim xususiyatlarini o’z ichiga olgan: direktorlar kengashi tarkibida mustaqil direktorlar bo’lmasdan, Kengashning barcha a’zolari yuqori boshqaruv organi vakillari yoki eski boshqaruvchilardir; aktsiyadorlik sarmoyasini asosan yirik investorlar tashkil qilib, yagona sanoat guruhiga a’zo bo’lgan kompaniyalarning o’zaro aktsiyalariga egalik qilish holati muhim o’rin tutadi. shaxslararo munosabatlar kuchli muhim ahamiyatga ega; insayderlarning etakchiligi. Korporativ boshqaruvning yapon modeliKorporativ tuzilma Kompaniya Egalik qiladi Korporativ boshqaruvning amerika tizimi Korporativ boshqaruvning amerika tizimi xususiyatlari AQShda aktsiyadorlik mulkchilikning xususiyatlariga bevosita bog’liqdir. Xususan, amerika korporatsiyalariga boshqa investorlardan ko’ra o’z ta’sirini kuchliroq o’tkaza oladigan yirik investorlarning yo’qligi xosdir. Amerika korporatsiyalarining aktsiyadorlik kapitali yuqori darajada kichik paketlarga tarqab ketgan bo’lib, AQSh korporatsiyalari aksariyatining reestrlarida umumiy kapitalning bir foizidan oshig’iga egalik qiluvchi birorta xususiy shaxs yoki institustional investor qayd qilinmagan. Natijada aktsiyadorlarning birorta guruhi direktorlar kengashiga a’zolik qilishga alohida da’vogar bo’la olmaydi. Ikkinchi muhim xususiyat shundaki, xususiy shaxslarga qarashli bo’lmagan aktsiyalarning ko’pchiligi institustional investorlar – nafaqa va o’zaro yordam (paychilik) fondlari qo’lida jamlangandir. Bu investorlar qo’llarida 50%dan oshiq kapitalni jamlaydi, ko’proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq bo’lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda o’zlari yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan mas’uliyatni o’z zimmalariga olishdan o’zlarini olib qochadilar. Aktsiyadorlik kapitalining maydalangani bir mulkdordan ikkinchisiga aktsiyalarning o’tishini osonlashtiradi. Mayda aktsiyador o’ziga qarashli aktsiyalarni sotish haqida qarorni nisbatan oson qabul qilishi mumkin, aksincha yirik aktsiyador uchun paketning sotilishi odatda strategik rejalarning o’zgarishidan dalolat berishi va sotiladigan aktsiyalarning kurs qiymati tushib ketishi oqibatida (bozordagi taklifning ortib ketishi sababli) yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Amerika qimmatli qog’ozlar bozorining yuqori samaraliligi va likvidligi bilan ajralib turishi mayda investorlar uchun paketlarni sotish ishini tez va texnik jihatdan oson amalga oshadigan qilib qo’yadi. Kompaniyalarning qo’shilishi, qo’shib olinishi, egallanib olinishi va sotib olinishlari amerika fond bozorining keng tarqalgan amaliyoti bo’lib, bu esa fond bozorini aktsiyadorlar tomonidan menejerlar faoliyatini nazorat qilishning juda samarali va oson amalga oshirishga imkon beruvchi quroli qilib qo’yadi. Korporativ tuzilma Korporativ boshqaruvning ingliz - amerika modeli Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlarini quyidagi rasmda ko’rib o’tamiz.
Download 142.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling