Korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari
Korporativ boshqaruvning modellari
Download 142.78 Kb.
|
Korporativ boshqaruv zamonaviy amaliyoti va modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unitar model
- Kontinental model
Korporativ boshqaruvning modellariKorporativ boshqaruvning modellarining qo’yi dagi shakllari mavjud hisoblanadi: Unitar (investor) modeli – AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya; Ikki pog’onali (manfaatdor shaxslar) modeli – Germaniya; Kontinental model; Tarmoq modeli – Yaponiya (keyretsu), Koreya (chaebol). Unitar model:Boshqaruvning yagona organi – uning tarkibida ijro etuvchi direktorlardan ko’ra mustaqil direktorlar ko’proq bo’lgan unitar Direktorlar Kengashi (aktsiyadorlik mulkchilikning «Inglizsakson» modeli: 24 - 30% aktsiya harakatsiz, uzoq vaqt kichik korxonalar qo’lida bo’ladi va nazorat paketini shakllantiradi, 70- 80% aktsiya, aksincha, harakatchan, vaqti - vaqti bilan bozorga olib chiqiladi va bir kishining qo’lidan boshqasiga oson o’tadi); Aktsiyadorlik kapitalning katta qismi inglizsakson udumlarida tarbiyalangan mayda investorlar sarmoyasidan iborat; Jismoniy shaxslarga qarashli bo’lmagan aktsiyalar asosan institustional investorlar qo’lida jamlangan; Qimmatli qog’ozlar bozori yuqori samaradorligi va likvidligi bilan ajralib turadi; Minoritar aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish yuqori darajada; Jalb qilingan direktorlar ishtirokidagi kuchli korporativ boshqaruv. Ikki pog’onali model (insayderlik): Rahbarlik va ijrochilik organi: Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi); Ijroiya organi. Vazifalarning qat’iy taqsimlanishi. Kengash a’zolari ijroiya organiga a’zolik qilishi mumkin emas. Kontinental model:Doimiy egalarda 70 - 80% aktsiya jamlangan, 20 - 30% aktsiya esa “chakana” sotiladi va xaridorlar ularga mablag’larni vaqtincha joylashtirish vositasi sifatida qaraydilar; Aktsiyadorlik sarmoyasini yirik “ulgurji” investorlar tashkil qilib, bir - birining aktsiyasiga o’zaro egalik qilish (kuchli qaramlik) tizimi keng rivojlangan; Kuzatuv kengashida kompaniya hodimlarining salmoqli vakilligi; O’zoqni ko’radigan investorlar; Qimmatli qog’ozlar bozori kichikroq va likvidligi kamroq. Download 142.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling