Korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari


Download 142.78 Kb.
bet4/4
Sana05.05.2023
Hajmi142.78 Kb.
#1430478
1   2   3   4
Bog'liq
Korporativ boshqaruv zamonaviy amaliyoti va modellari

Modellarning xususiyatlari

Ingliz-Amerika modeli

Nemis modeli

Yapon modeli

Ijtimoiy qadriyatlar tizimi

Shaxsiyatparastlik,
tanlov erkinligi

Ijtimoiy hamkorlik

Hamkorlik va
ishonch

Mehnat jamoasining roli

Passiv

Faol

Faol ishtirokchilik

Moliyalashtirishning asosiy usuli

Fond bozori

Banklar

Banklar

Axborot nomutanosibligi

Menejment

Menejment, “uy”
banki

Bosh bank

Investistiyalash
muddatlari

Qisqa muddatli

Uzoq muddatli

Uzoq muddatli

Kapitalning qiymati

Yuqori

O’rta

Past

Kapital bozori

Yuqori likvidli

Likvidli

Nisbatan likvidli

Asosiy iqtisodiy birlik
(yirik biznesda)

Kompaniya

Xolding

Moliya-sanoat
guruhi

Menejmentga haq to’lash

Yuqori

O’rta

Past

Aktsiyadorlik kapitalining
tuzilmasi

Sochilgan

nisbatan
jamlangan

Jamlangan



Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari
Korporativ boshqaruvning nemis modeli. Nemis modelining AQSh modelidan farqli o’laroq, aktsiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko’pini bir - birining aktsiyalariga egalik qilish tizimi o’z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar nemis modelida ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aktsiyalarning taxminan 16% iga egalik qiladi) ular aktsiyalarining ko’p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko’rinishiga ega bo’lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig’iga ko’ra, xususiy aktsiyadorlar aktsiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo’lgan aktsiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig’i) tashkilot- investorlar tomonidan boshqariladi. (o’zlari aktsiya egalari bo’lmasa ham).


Korporativ tuzilma






Kompaniya

Akstiyadorlar
Egalik qiladi

Korporativ boshqaruvning nemis modeli


Nemis kompaniyalarining aktsiyadorlik kapitali yirik aktsiyadorlar qo’lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari o’z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bo’ladilar. Oqibatda, ular mulkchilik huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga qatnashishdan ko’proq darajada manfaatdordirlar. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o’zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali bo’lishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan o’zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy - iqtisodiy mohiyatiga monand bo’lsa.
Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan O’zbekiston uchun o’ziga xos echimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellarning shunchaki nusxasi bo’lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qo’llab - quvvatlash kerak bo’lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bo’ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham o’zgartirib boriladi. Ushbu fikr yangi texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil qilinish sur’atlari o’sishiga va korporativ tuzilmalarning tubdan o’zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada to’g’riroq bo’ladi. Kompaniyalar o’z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlarning muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qilish mas’uliyatini o’z zimmalariga olishlari kerak.
Download 142.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling