Korporativ tarmoqni tahlil qilish va kuzatish


Server va kompyuter maslaklariga (platformalariga) tayangan apparatlarga oid sinov vositalari (probniklar)


Download 495 Kb.
bet3/34
Sana05.04.2023
Hajmi495 Kb.
#1274984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
KORPORATIV TARMOQNI TAHLIL QILISH VA KUZATISH

Server va kompyuter maslaklariga (platformalariga) tayangan apparatlarga oid sinov vositalari (probniklar)
Monitoring qilish vositalarining mazkur toifasiga WildPackets kompaniyasining Omnipliance va TimeLine tarmoq yozuv moslamalari (ixtisoslashtirilgan sinov vositalari), shuningdek Endace kompaniyasining EndaceProbe ko’p funktsiyali apparatlarga oid sinov vositalari (probniklar) kiradi.
TimeLine yuqori unumli moslama tarmoq amaliy (operatsion) markazlarda hamda ma’lumotlar bilan ishlash yirik markazlarda (MIM) foydalanish uchun yaxshi mos keladi. Ushbu moslama paketlarni yo’qotmagan holda, eng yuqori (rekord) muntazam tezlik bilan — 11,7 Gbit/s gacha trafikni yozish imkoniyatiga ega!

TimeLine yuqori tezlikdagi tarmoq yozuv moslamasi
Omnipliance Core modeli kompaniyalarning markaziy ofislari va ularning ma’lumotlar bilan ishlash markazlari (MIM) tarmoqlarini monitoring qilish uchun mo’ljallangan, Omnipliance Edge moslamasi esa korxonalarning filiallariga moslangan. Shuningdek Omnipliance Portable ko’tarib yuriladigan (ko’chma) tahlil qiladigan asbob (analizator) ishlab chiqariladi, u unchalik katta bo’lmagan chamadoncha ko’rinishida qilingan, uning butun yon tomonida 17-dyuymli displey o’rnatilgan. Ushbu moslama osonlik bilan har qanday tarmoqning bog’lamasiga yoki bo’g’imiga olib borilishi hamda uning ishidagi kamchiliklarni izlab topish va bartaraf qilish uchun ishlatilishi mumkin.

Omnipliance Portable ko’tarib yuriladigan (ko’chma) tarmoqni tahlil qiladigan asbob (analizator)
Endace kompaniyasining server maslaklariga (platformalariga) tayangan holda qilingan EndaceProbe sinov vositalari (probniklar) tarmoq orqali uzatiladigan trafikni haqiqiy vaqt masshtabida tahlil qilishlari hamda o’zining disklariga yozib olingan trafikning o’tmishga qaratilgan (retrospektiv) tahlilini amalga oshirishlari mumkin. Har bir EndaceProbe moslamasi markazlashtirilgan boshqaruvni yagona konsol orqali qo’llab-quvvatlaydi, bu esa tarmoq trafigini yozib olishning taqsimlangan infratuzilmasini yaratish imkoniyatini beradi. Endace kompaniyasining DAG texnologiyasi tufayli, EndaceProbe moslamalari tarmoq liniyalari orqali uzatiladigan barcha yuqori tezlikdagi trafikni, paketlarni yo’qotmagan holda, egallashlari mumkin, shu bilan birga ularning narxi tarmoqlarni tahlil qilish uchun dasturiy ta’minotini (DT) ishlab chiqaruvchi boshqa firmalarning ixtisoslashtirilgan sinov vositalari narxiga nisbatan arzonroq.
EndaceProbe sinov vositalari (probniklar) EndaceVision tayanch veb-qo’llanma bilan ishlaydi, va u egallangan trafikni ko’z bilan kuzatiladigan qilishi hamda haqiqiy vaqt masshtabida tarmoqni o’tkazish yo’lidan foydalanilishi to’g’risidagi ma’lumotni aks ettirishi mumkin, bu esa tarmoq muhandislariga muammolarni yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan tarmoq ishidagi o’zgarishlarni belgilashda yordam beradi. EndaceVision bilan bir qatorda har bir sinov vositasi Endace Application Dock qo’llanmalarining xostingi uchun virtuallashgan muhitni qo’llab-quvvatlaydi, ushbu muhit sinov vositasida boshqa firmalarning qo’shimcha dasturiy vositalarini va foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dastlabki ochiq kodli qo’llanmalar hamda dasturiy ta’minotni (DT) yurgizish uchun mo’ljallangan. Endace Application Dockning mavjud bo’lganligi tashkilotlarga o’zlarining sinov vositalarida aynan ushbu tashkilotlarning o’ziga xos bo’lgan talablariga to’g’ri keladigan tarmoqni monitoring qilish qo’llanmalari ishlatilishining imkoniyatini yaratadi.
EndaceProbe sinov vositalari (probniklar) negizidagi yechimlarning narxi tarmoq trafigining katta hajmlarini yozib olishga va tahlil qilishga qodir bo’lgan boshqa ko’pgina raqobatlashuvchi yechimlarning narxiga nisbatan arzonroq. Rossiya hududida amalga oshirilgan loyihalarning birida «bortdagi» sakkizta 10 Gbit/s monitoring qilish portlari mavjud bo’lgan 7000 seriyali EndaceProbe ishlatilgan, hamda u mazkur interfeyslar tomonidan tarmoqning ishlashi to’g’risidagi statistik axborotni yig’ish maqsadida qabul qilinayotgan ma’lumotlarning barcha oqimlarini tahlil qilish vazifasining muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqqan.

7000 seriyali EndaceProbe yuqori unumli sinov vositasi (probnik)
Endace kompaniyasi EndaceProbe sinov vositalarining (probniklarning) uchta seriyasini ishlab chiqaradi: 300, 3000 va 7000. Yuqorida qayd qilingan 7000 seriyali EndaceProbe modeli bularning ichidagi eng unumlisi hisoblanadi. Mazkur model 10 tagacha 10 GE monitoring qilish portlariga (yoki 20 tagacha 1 GE monitoring qilish portlariga) hamda 64 Tbayt gacha ichki diskdagi xotiraga ega bo’lishi mumkin. Ushbu modelni egallanadigan trafikni tashqi diskdagi massivlarga yozib olish maqsadida Fibre Channel moslagichlari (adapterlari) bilan jihozlash mumkin. 7000 seriyali EndaceProbe ushbu yozib olingan ma’lumotlar bilan xuddi o’zining mahalliy (lokal) ma’lumotlari bilan o’xshash tarzda ishlaydi. 40- va 100-Gigabitli tarmoq bo’g’imlarini monitoring qilish uchun Endace kompaniyasi yuqori unumli EndaceAccess tizimlarini ishlab chiqaradi.

EndaceAccess 100 tarmoqni nazorat qilishning bosh tizimi
«Treatface» kompaniyasi xorijiy ishlab chiqaruvchilarning yuqorida qayd qilingan sinov vositalarini (probniklarni) taklif qilishi bilan birga, o’zi ham buyurtmachilarning talablariga muvofiq sinov vositalarini yig’adi (Endace DAG trafikni egallash platalari va Rossiya bozorida namoyon bo’lgan sertifikatlashgan apparatlarga oid maslaklar (platformalar) negizida). Tegishli dasturiy ta’minot (DT) bilan jihozlanganda, mazkur moslamalar bayonnomalarni tahlil qiladigan asboblar (analizatorlar), IDS – tizimlar, savdo tranzaktsiyalarini amalga oshirishda to’xtalib qolishlarni o’lchash vositalari, Tezkor-qidiruv tadbirlarning funktsiyalarini ta’minlash uchun texnik vositalari tizimi (SORM) va boshqalar sifatida ishlatilishi mumkin.

Download 495 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling