Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli
Moliyalashtirish manbalari va
Download 209.11 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Moliyalashtirish manbalari va
usullarini tanlash Mulkdorlar mulkini maksimallashtirish Investitsion qarorlar qabul qilish Sof foydani taqsimlash Div id en d to ʻlash m ex an izm in i ish lab ch iq is h Fo y d an i ta q sim lash m ex an izm in i ish lab ch iq is h Mol iya las ht ir ish usul ini t an las h Mol iya las ht ir ish m anb as ini bel g il as h las h D ar om adl il ikn i bel g il as h Zar ar si zl ik nuqt asi n i bel g il as h Shuningdek, moliyaviy menejerdan erishilgan foydadan foydalanish boʻyicha shunday siyosat ishlab chiqish talab qilinadiki, natijada investorlar (aksiyadorlar)ning manfaatlari qanoatlantirilishi lozim. Bunda dividend siyosatini tanlash investorlarning tiplari va shartlariga koʻp jihatdan bogʻliq. Umumiy holda dividend siyosati bir tomondan kompaniya strategik maqsadlari bilan muvofiq kelishi, ikkinchi tomondan aksiyadorlar manfaatlarini qanoatlantira olishi zarur. Odatda kichik biznes sub‘ektlari moliyaviy menejment sohasidagi mutaxassislarni jalb qilmaydilar. Ba‘zida bu vazifani mos bilimlarga ega boʻlgan yagona yoki yirik mulkdor sanalgan kompaniya direktori bajaradi. Umuman olganda esa butun moliyaviy boshqaruv bilan bosh hisobchi shugʻullanadi. Biznesning yiriklashib borishi bilan kompaniyalarda alohida shtat birligida moliyaviy menejerni qabul qilish imkonini topish foydadan holi boʻlmaydi. Yuqorida ta‘kidlaganimiz kichik biznesda moliyaviy menejment sohasini olib borayotgan hisobchilarning korporativ moliyani boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini tushunishi va amalda qoʻllay olishi soha rivojiga, korxonaning uzoq muddatli muntazam oʻsib borishiga zamin yaratadi. Zero bugungi kun amaliyoti risklarni boshqara oluvchilarni haqiqiy moliyachi sifatida tan olmoqda. Bugungi kunda oʻz xususiy biznesini boshlayotgan har bir shaxs faoliyat turidan qat‘iy nazar quyidagi uchta savolga javob bera olishi talab etiladi: 1. Sizga qancha miqdorda uzoq muddatli investitsiyalar zarur boʻladi? Ya‘ni siz qaysi sohada faoliyat koʻrsatmoqchisiz va unda qanday turdagi binolar, uskuna va inshootlar talab qilinadi? 2. Oʻz faoliyatingizni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun qanday manbalardan foydalanmoqchisiz? Bunda oʻzingizga sherik ham jalb qilmoqchimisiz? 3. Kundalik moliyaviy operatsiyalarni qanday tartibda boshqarmoqchisiz? Keltirilgan masalalar bugungi kunda korporativ moliyani boshqarishda oʻta muhim masalalar hisoblanadi. Odatda aksiyadorlarning har kunlik faoliyat bilan bogʻliq qarorlar qabul qilish jarayonida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etmasligi yirik kompaniyalar moliyaviy boshqaruvidagi farqli xususiyat hisoblanadi. Buning oʻrniga korporatsiya menejerlar yollaydi. Menejerlar ta‘sischilar manfaatlari uchun faoliyat yuritadi va ular nomidan qarorlar qabul qiladi. Yirik korxonalarda yuqorida keltirilgan uchta savolga moliyaviy menejer javob beradi. Moliyaviy boshqaruv funksiyalari odatda kompaniyaning yuqori darajadagi rahbarlariga yuklatiladi, masalan moliyaviy masalalar boʻyicha boshqaruv raisi oʻrinbosari (rivojlangan davlatlarda vitse-prezident) yoki moliyaviy direktor (CFO – chief financial officer). Korporativ tuzilmalar faoliyatida moliyaviy menejer uchta masalani hal qilish borasida qaygʻurishi lozim. Bu masalalar quyidalar: - kapital qoʻyilmalar budjetini tuzish; - kapital tarkibini optimallashtirish; - aylanma kapitalni boshqarish. Ularning har biriga toʻxtalib oʻtamiz. Kapital qoʻyilmalar budjetini tuzish – bu korxonada uzoq muddatli investitsiyalarni rejalashtirish va boshqarish jarayonidir. Rejalashtirishning mazkur jarayonida moliyaviy menejer korxona uchun ahamiyatli boʻlgan investitsion imkoniyatlardan foydalanish orqali ularni oʻzlashtirishga harakat qiladi. Kapital qoʻyilmalar budjetini tuzishda kutilayotgan pul mablagʻlari tushumlari miqdori va muddati, ularning kelib tushish yoki tushmaslik ehtimoli kabi masalalarga ham e‘tibor qaratiladi. Kapital tuzilmasi – bu qarz kapitali va xususiy kapitalning oʻzaro yigʻindisidir. Moliyaviy menejer bu masalada korxonaning uzoq muddatli investitsiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyavy resurslarni jalb qilish manbalariga e‘tibor qaratadi. Firmaning kapital tuzilmasi oʻz operatsiyalarini moliyalashtirish uchun foylaniladigan xususiy kapital va uzoq muddatli qarzdorlikning yigʻindisini oʻzida ifodalaydi. Bu sohada moliyaviy menejer oldida har doim muammoli vaziyat paydo boʻladi. Birinchidan, qancha miqdorda qarz mablagʻi olish lozim, boshqa tomondan qarz kapitali va xususiy kapital oʻzaro nisbati qanday holatda optimal hisoblanadi. Bunda tanlangan nisbat risklilik darajasiga va kompaniya bozor qiymatiga ta‘sir koʻrsatmaslik kerak. Ikkinchidan, firma uchun afzal qanday moliyalashtirish manbalari mavjud. Aylanma kapitalni boshqarishda esa asosiy e‘tibor pul mablagʻlari tushumini ta‘minlash va majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplashga yoʻnaltiriladi. Download 209.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling