Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli


 Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy menejerning asosiy


Download 209.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.11.2023
Hajmi209.11 Kb.
#1792003
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

2.2. Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy menejerning asosiy 
vazifalari 
Moliyaviy menejerning vazifalarini beshta asosiy yoʻnalishga ajratish 
mumkin: 
1. Investitsion loyihalar jozibadorligini baholash va ularning ichidan 
iqtisodiy samara keltiradigan va aksiyador mulkining ortishiga xizmat qiladigan 
loyihalarni tanlash. 
2. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari va usullarini aniqlash va 
belgilash. 
3. Kompaniya likvidliligi va toʻlovga layoqatliligini samarali boshqarish. 
4. Faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarni 
baholash va boshqarish. 
5. Investorlar (aksiyadorlar) manfaatlarini qanoatlantiruvchi foydani 
taqsimlash siyosati (mexanizmi)ni ishlab chiqish va amalga oshirish. 
Moliyaviy menejerning vazifalarini sxema tarzida quyidagi koʻrinishda aks 
ettirish mumkin (5-rasm). 


5-rasm. Kompaniyalarda moliyaviy menejerning vazifalari 
 
Yuqorida keltirilgan vazifalar ijrosini moliyaviy menejerlar tomonidan 
bajarish jarayonida moliyaviy risklarga ham alohida e‘tibor qaratiladi. 
Kompaniyalar uchun eng muhim resurs pul hisoblanadi. Chunki uni har 
qanday boshqa aktivga almashtirish mumkin. Kreditlar boʻyicha foizlar va 
dividendlar ham pul shaklida toʻlanishi lozim. Shuning uchun biznesning 
muvaffaqiyati koʻp jihatdan pul mablagʻlarini jalb qilish va ishlab topish boʻyicha 
kompaniya imkoniyatlariga bogʻliq. 
Moliyaviy menejer kelgusi jarayonlar uchun ham pul mablagʻlari tushumlari 
va xarajatlarni baholay olishi, moliyaviy rejalashtirish bilan bogʻliq ishlarni tashkil 
eta olishi talab etiladi. Shunday ekan, moliyaviy menejerning vazifasi kelgusi pul 
oqimlari harakati (pul mablagʻlari kirimi va chiqib ketishi) ehtimolini hisobga olishi 
va toʻgʻri belgilashi lozim. Boshqacha aytganda moliyaviy menejer loyihalar 
boʻyicha risklarni baholay olish va ularni boshqarishni bilishi shart. 
Davlat iqtisodiy siyosati biznes yuritish shartlariga amaliy ta‘sir koʻrsatadi. 
Ma‘lumki, bunda davlatning ta‘sirini talab va taklifga, foiz stavkalari va bank 
kreditlaridan tadbirkorlarning foydalana olish imkoniyatiga, kapital bozoriga
narxlarga, raqobatga va boshqalarda koʻrish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda 
moliyaviy menejer qabul qilinishi kutilayotgan iqtisodiy islohotlarning kompaniya 
faoliyatiga ta‘sirini va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini oldindan tahlil 
qila olishi talab etiladi. Bu jihatga korporativ moliyaviy strategiyani ishlab chiqish 
va amalga oshirishda jiddiy e‘tibor qaratiladi. 
Ma‘lumki, har qanday kompaniyada moliyalashtirishning ikkita prinsipial 
manbasi boʻlishi mumkin. Bular qarz mablagʻlari va xususiy mablagʻlar. Ularni 
tanlash va kompaniyani moliyalashtirish tarkibidagi ulushini belgilash koʻp jihatdan 
uning iqtisodiy samaradorligiga bogʻliq. Bundan tashqari mijozlarni kreditlash 
siyosati, qarzlarni undirish, qisqa muddatli ehtiyojlarni moliyalashtirish usullari ham 
kompaniya faoliyat samaradorligini aniqlashda va qarzlar boʻyicha foizlarni toʻlash 
imkoniyatini baholashda katta ahamiyat kasb etadi. Aynan keltirib oʻtilayotgan 
jihatlardan kelib chiqqan holda moliyaviy menejer biznesni moliyalashtirishning 
eng foydali yoʻllarini belgilab bera olishi lozim. 

Download 209.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling