Korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejerning roli


 Korporativ moliyada moliyaviy rejalashtirish


Download 209.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.11.2023
Hajmi209.11 Kb.
#1792003
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-ma\'ruza

2.4. Korporativ moliyada moliyaviy rejalashtirish 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, moliyaviy rejalashtirish moliyaviy menejer 
oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur 
paragrafda moliyaviy rejalashtirish xususida toʻxtalib oʻtamiz. 
Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarish tizimining ajralmas 
qismi sifatida korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga doir qaror qabul qilish 
asoslarini ta‘minlaydi. Moliyaviy rejalashtirishning korxonalar faoliyati uchun 
alohida dolzarbligi shundaki, u keskin raqobat sharoitida uzluksiz rivojlanish yoʻlini 
belgilab beradi. Moliyaviy rejalashtirishning notoʻgʻri tashkil etilishi bir 


tomondan bozorning ma‘lum bir mahsulotga nisbatan toʻyinishi, ikkinchi tomondan 
esa boshqa bir mahsulotga nisbatan taqchillikning yuzaga kelishiga olib keladi. 
Natijada esa bozor muvozanati buziladi. ―Bozor uchun eng maqbul holat talab va 
taklif oʻrtasidagi muvozanatning ta‘minlanishidir. Shundagina iqtisodiyot bir 
maromda rivojlanadi‖
1
. Moliyaviy rejalashtirish resurslardan samarali va toʻgʻri 
foydalanish orqali bozor muvozanatini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy menejerlar va boshqa 
mutaxassislar tomonidan aniq moliyaviy mexanizmlar ishlab chiqilishi, ishlab 
chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish uchun qarorlar qabul qilinishini koʻrish 
mumkin. Umuman moliyaviy rejalashtirish koʻrsatkichlar tizimiga asoslangan 
moliyaviy boshqaruvda qoʻllaniladigan asosiy bosqichlardan hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda moliyaviy rejalashtirish buyruq 
elementi sifatida ifodalanmaydi. Aksincha, uning maqsadi – xoʻjalik faoliyati 
muvaffaqiyati uchun optimal imkoniyatlarni ta‘minlash, buning uchun zarur 
mablagʻlarni jalb qilish, korxonaning raqobatbardoshligi va foydaliligiga erishish, 
shuningdek, korxonaning daromad va xarajatlarini, pul mablagʻlari harakatini 
rejalashtirishdir. Bundan koʻrinib turibdiki, moliyaviy rejalashtirish keskin raqobat 
sharoitida xoʻjalik sub‘ekti raqobatbardoshligi va faoliyat samaradorligini oshirish 
maqsadida pul mablagʻlari harakatini, ya‘ni daromad va xarajatlarni toʻgʻri tashkil 
etishga qaratilgan faoliyatdir. 
Moliyaviy rejalashtirish korporativ moliyani boshqarishda muhim va 
dastlabki bosqich sifatida koʻzga tashlanadi. Bu jarayonni korporativ boshqaruvda 
moliviy qarorlar qabul qilish jarayoni bilan izohlash mumkin. 
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuzaga kelgan ma‘lum bir tanazzul 
moliyaviy globallashuv va iqtisodiy integratsiyalashuv tufayli butun dunyo 
iqtisodiyotiga ta‘sir koʻrsatishini moliyaviy-iqtisodiy inqiroz holatlari koʻrsatib 
turibdi. Shundan kelib chiqqan holda bugungi globallashuv va jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuv sharoitida moliyaviy rejalashtirish jarayoni nafaqat moliyaviy 
resurslar harakatini toʻgʻri tashkil etish, shu bilan birga, rejalashtirish asosida ishlab 
chiqilgan mexanizmlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan 
har qanday kutilmagan holatlarni koʻra bilish va baholay olishni ham oʻz ichiga 
olishi lozim. Bunda asosiy e‘tibor korxonalar faoliyati davomida yuzaga kelishi 
hamda moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga ta‘sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moliyaviy 
risklarga ham qaratilishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqqan holda bugungi 
kunda moliyaviy rejalashtirish haqida soʻz yuritilganda aynan moliyaviy risklarni 
kamaytirishga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shuningdek, moliyaviy 
rejalashtirish avvalo takror ishlab chiqarish jarayonini pul bilan ta‘minlashga xizmat 
qilishini unutmaslik lozim. Mutaxassislarning fikricha, rejalashtirishning sifati 
xoʻjalik sub‘ekti muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim omillaridan biri 
sifatida koʻzga tashlanadi va rejalashtirish tizimidagi kamchilik uning 
imkoniyatlarini 20-30%ga pasaytirishi mumkin. 
1
Oʻlmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: ―Sharq‖, 2006, 256-bet. 


Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy rejalashtirishdan 
asosiy maqsad ham takror ishlab chiqarishni moliyaviy resurslar bilan 
ta‘minlashni samarali tashkil etish, ham moliyaviy resurslardan 
foydalanish samaradorligini oshirishdir. Bunda rejalashtirish jarayonida 
tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilgan kapital daromadliligini oshirish orqali 
firma barqarorligini ta‘minlash, shuningdek, risklarni kamaytirish 
boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadidan kelib chiqqan 
holda uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash maqsadga 
muvofiq: 
- operativ (xoʻjalik), investitsion va moliyaviy faoliyatlarni zarur 
moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash; 
- pul mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga korxonaning 
foydasini oshirish maqsadida ichki zaxiralarni qidirib topish; 
- kapitalni samarali joylashtirish yoʻllarini aniqlash, undan oqilona 
va samarali foydalanishni baholash; 
- budjet va budjetdan tashqari maqsadli fondlar bilan oʻzaro 
moliyaviy munosabatlarni toʻgʻri tashkil etish; 
- hamkorlar bilan qisqa muddat ichida samaradorlik jihatdan 
yuqori moliyaviy munosabatlarni oʻrnatish; 
- rejalashtirilgan daromadlar va xarajatlar real balansliligini 
ta‘minlash maqsadida korxonaning moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari, 
toʻlovga layoqatliligi ustidan ichki nazorat tartibini belgilash. 
Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalaridan 
kelib chiqqan holda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xoʻjalik 
yurituvchi sub‘ektlar miqyosida moliyaviy rejalashtirish quyidagi 
yoʻnalishlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq: 
- xoʻjalik sub‘ekti taraqqiyotining asosiy tendensiyalarini belgilash 
va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish; 
- keskin raqobat sharoitida inqiroz (bankrotlik) holatlari oldini 
olish va moliyaviy risklarni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni 
belgilash; 
- xoʻjalik sub‘ekti miqyosida strategik, joriy va operativ 
moliyaviy rejalashtirishni 
yoʻlga 
qoʻyish 
va 
rejalashtirilgan 
koʻrsatkichlarga erishish texnologiyalarini ishlab chiqish; 
- investitsiyalarning ahamiyatidan kelib chiqqan holda xoʻjalik 
sub‘ektiga investitsiyalar jalb qilish yoki xoʻjalik sub‘ektining 
mablagʻlarini investitsion faoliyatga yoʻnaltirish boʻyicha chora-tadbirlar 
belgilash. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy rejalashtirish xoʻjalik 
sub‘ektlarida maqsadni aniq belgilashga, oldinga qoʻyilgan maqsadga 
erishishga toʻsqinlik qiluvchi moliyaviy risklarni aniqlash va ularni 
kamaytirish boʻyicha chora- tadbirlarni belgilashga, eng asosiysi bozor 
muvozanatini ta‘minlashga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda 


korxonalarda moliyaviy rejalashtirishning nazariy hamda amaliy 
masalalarini chuqurroq oʻrganish talab etiladi
2


Download 209.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling