Korreksion (maxsus) pedagogika
Download 19.77 Kb.
|
2- GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik mahorat
- Pedagogik talab
- Pedagog kadrlar tarkibi
- Rag‟batlantirish
Pedagogika tarixi – ta‘lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy e tishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obektiv va subektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari. Pedagogik mahorat – bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) –pedagogika fani rivojining ma‘lum bosqichida ta‘limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e‘tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko‘rsatmalar to‘plami; ta‘limning konseptual modeli. Pedagogik talab - turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtiroketish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me‘yorlari. Pedagogik texnologiya – ta‘lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogiktexnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta‘lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganadi. Pedagog kadrlar tarkibi – o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar. Pedagogik talab - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me‘yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli. Rag‟batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy bahoberish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usuli. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Download 19.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling