Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish choralari
Download 489.05 Kb.
|
1.1. Маъруза матн (3)
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish choralari.
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida: manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. (3-m.)- deb belgilab berilgan. Davlat xizmatchilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan shaxsiy manfaatdorlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatlari ularning o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda paydo bo‘ladi. Davlat xizmatchilarining shaxsiy manfaatdorligi ularning shaxsan o‘zi yoki yaqin qarindoshlari, shuningdek ular yaqin yoki ishbilarmonlik munosabatlarida bo‘ladigan boshqa shaxslar uchun har qanday naf ko‘rish yoki afzalliklarga ega bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda davlat xizmatchilari o‘z rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olgan rahbar uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va tartibga solish quyidagicha amalga oshiriladi: -Xodimning manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qarorlarni qabul qilish va muhokama qilish jarayonida qatnashishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish / o‘z-o‘zini rad etishini tasdiqlash; -Manfatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun xodimning majburiyatlarini o‘zgartirish yoki qayta ko‘rib chiqish; -Xodimning shaxsiy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlardan foydalanishini cheklash; -Xodimni ma’lum bir davlat xarid ishtirokchisi bilan / xodim uchun qarorlarni qabul qilish jarayonidan chetlashtirish; -Xodimni manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnat funksiyalarini bajarishni nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazish; -Xodimni ma’lum bir lavozim / vazifadan ozod etish. Download 489.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling