Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati


Download 489.05 Kb.
bet9/32
Sana08.05.2023
Hajmi489.05 Kb.
#1445822
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
1.1. Маъруза матн (3)

X u l o s a

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.


Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda.
Korrupsiyaga va uning ko‘rinishlaridan biri bo‘lmish manfaatlar to‘qnashuviga qarshi kurash muntazam va kompleks tarzda olib borilib, ijtimoiy xayotning barcha sohalarini, ayniqsa davlat boshqaruvi va iqtisodiyotni qamrab olmog‘i darkor. Bu borada albatta katta e’tibor korrupsiyani oldini olish chora tadbirlariga qaratilishi bilan bir vaqda jinoiy-huquqiy choralar majmuiga ham e’tibor qaratishimiz joiz. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan qonunlar milliy qonunchiligimizning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi jihatlarini jiddiy kuchayishiga olib keldi.
Ayniqsa, 2014 yilda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi, 2017 yil 03 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasiga kiradi. Mazkur qonunning alohida muhim jihati shundan iboratki unda nafaqar korrputsiyaga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan, balkim “korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi” kabi huquqiy atamalarga ham izoh berib ketilgan. Lekin, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar ko‘lami yanada keng.
Korrupsion jinoyatlarni maxsus profilaktika qilish, bu boradagi maxsus qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotini samaradorligini oshirish, mansabdor shaxslarni huquq va majburiyatlarini aniq belgilab berish, ular tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik shuningdek, boshqaruv faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni talab etadi. Bunday sharoitda, korrupsiyaga oid qonunchilikdagi salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish, yanada keng ko‘rinishdagi ijtimoiy-huquqiy nazoratni kuchaytirish zaruriyati tug‘iladi.
Shuningdek, korrupsion illatlarga qarshi kurashda mansabdor shaxslar tomonidan xizmat vakolatini suiste’mol qilishni oldini oluvchi maxsus huquqni cheklovchi maxsus profilaktik kompleks tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.


Download 489.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling