Javob : Ichki ishlar orgnlari to’g’risidagi qonunning 5-bobi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalardan va o’qotar qurollarni qo’llash Savol
Download 17.12 Kb.
|
usanov jamoat kazus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob : Ichki ishlar orgnlari to’g’risidagi qonunning 5-bobi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalardan va o’qotar qurollarni qo’llash
- Javob
Kazus 1 Profilaktika inspektori o'ziga berilgan hududni tekshirib yurgan paytida uzoqdan baqir chaqir ovozlarini eshitib qoldi va u yerda nima bo'lyapdi ekan deb tekshirishga bordi. Borsa ikki fuqaro bir biri bilan talashib urishayotgan edi. Biri ikkinchisiga nisbatan baquvvatroq va abjirroq edi. Ularni ajratish uchun profilaktika inspektori oraga tushdi. O'shanda fuqarolarning abjirrog'i uning yoqasiga "sen kimsan aralashma" talqinida yopishdi. Profilaktika inspektorining oldida faqatgina xizmat to'pponchasi bor edi. Profilaktika inspektori qanday harakat qilishi kerak ? Qanday maxsus vositalar profilaktika inspektorining yonida bo'lishi kerak ? Maxsus vositalardan foydalanish tartibini tushintirib bering ? Javob : Ichki ishlar orgnlari to’g’risidagi qonunning 5-bobi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalardan va o’qotar qurollarni qo’llash Savol ;Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining bir martalik pul ushlanishlarini qay tartibda va qachon amalga oshiriladi ? Javob ;Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining bir martalik pul ushlanishlarini va mukofotlarni qoʻllash toʻgʻrisidagi buyruqlari komissiyalar xulosalari asosida hisobot choragidan keyingi oyning 30-kunidan kech boʻlmagan muddatda qabul qilinadi. Savol: Kimlar IIO jamoat xavfsizligini taʼminlash subyektlari oldiga qoʻyilgan vazifalar qay darajada bajarilganligini aniqlash, faoliyatni samarali tashkil etishda eng muhim yoʻnalishlarga asosiy eʼtiborni kuchaytirish borasida katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashgan. Javob: A.S. Shiyenkova va A.M. Podgaynыy Kazus 2 Profilaktika inspektori o’ziga biriktirilgan “Furqat” MFY hududida ko’zdan kechirayotganida, o’sha yerda joylashgan “kingdom” kafesi yonida nomaʼlum shaxs yerda holsiz holatda yotganini ko’rdai va tezda yordam ko’rsatdi. Ammo uning shaxsini aniqlashning imkoni bo’lmadi. profilaktika inspektori fuqaroni shaxsini aniqlashtirish imkoni boʻlmaganligi sababli, Reabilitatsiya markaziga olib borib topshirdi. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan fuqarolarni reabilitatsiya qilish tartibini tushuntirib bering. Javob: muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs — shaxsini tasdiqlovchi hujjati, shuningdek, biron-bir manzilda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 18 yoshdan oshgan shaxs; reabilitatsiya qilish — muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish, shuningdek, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. 3. Reabilitatsiya markazlari yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi. 4. Reabilitatsiya markazlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlarga amal qiladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili reabilitatsiya markaziga moneliksiz kirish huquqiga ega. 6. Reabilitatsiya markazlarida muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni saqlash bo‘yicha reabilitatsiya markazlarining ichki rejimiga muvofiq quyidagi maxsus shart-sharoitlar ta’minlanadi: reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash va ularni tashqi salbiy ta’sirlardan himoya qilish; reabilitatsiya markazlari hududiga begona shaxslarning erkin kirishini hamda bu erda saqlanayotgan shaxslarning markaz hududidan erkin chiqishini cheklash; reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni doimiy va uzluksiz nazorat qilish, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning buyumlari, olayotgan va yuborayotgan pochta jo‘natmalari hamda yo‘qlovlarini ko‘zdan kechirish. 7. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni aniqlash, saqlash va ularni reabilitatsiya qilish ushbu Nizomga ilovadagi muvofiq amalga oshiriladi. 8. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy ishlarni yuritish to‘g‘risidagi Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksi talablariga asosan ma’muriy sudlar tomonidan yuritiladi. Download 17.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling