Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan 1-oraliq nazorati bo’yicha xasanov nasibulloning yozma ishi toshkent-2023


Download 21.99 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi21.99 Kb.
#1754427
Bog'liq
Xasanov Nasibullo IQTISODIYOT NAZARIYASI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN 1-ORAlIQ NAZORATI BO’YICHA XASANOV NASIBULLONING




YOZMA ISHI

TOSHKENT-2023
Vаriаnt 4




  1. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar.

  2. Marjinal unumdorlik nazariyasi.

  3. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning iqtisodiy asoslari.




  1. Iqtisodiyot nazariyasi fani ko’pgina mamlakatlarda milliy bozorlar shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “Siyosiy iqtisod” nomi bilan shakllana boshladi. Hamda ushbu jarayonda bir nechta iqtisodiy g’oyaviy oqimlar va maktablar vujudga keldi. Bu oqimlardan biri Merkantalizm oqimi bo’lib eng dastlabki oqim hisoblanadi. Merkantalizm ta’limoti ikki bosqichga bo’lingan Dastkabki merkantalizm va Keyingi merkantalizm. Dastlabki merkantalistlar “pul balansi” siyosatini olib borgan .Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford va Gaskar Skaruffilardir.Dastlabki merkantalizm oqimida oltin va kumush boylikning mutlaq shakli hisoblanib uni chetdan olib kelish yo’llarini qidirishgan.Dastlabki merkantalistlar siyosati pul muomalasi va tashqi savdoni mamuriy yo’l bilan qattiq tartibga solish orqali mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan. Ular tashqi savdo munosabatlarida ijobiy natijaga erishish uchun eksport qilinadigan tovarlarga yuqori narx qo’yish, tovarlar importini maksimal darajada cheklash va mamlakatdan oltin va kumush buyumlarni oqib chiqishini cheklash orqali amalga oshirishni ilgari surishgan.

Keyingi merkantalizm ta’limotining asosiy vakili Tomas Man hisoblanadi. Ular dastlabki merkantalizm vakillarining eksport va importni cheklash to’g’risidagi fikrlarni maqullamaydilar. Ularning fikricha mamlakat tashqi bozorlarda aktiv savdo balansiga erishish uchun tashqi bozorlarga nisbatan arzon tovarlar bilan kirib borib va egallab, bir mamlakat tovarini arzonroq sotib olib boshqalariga qimmat narxlarda sotishga qaratilgan fikrlar yuritishgan.
Merkantalizm oqimidan keyingi oqim Fiziokratlar bo’lib ular merkantalistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida
yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani ilgari suradi . Bu maktab
dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene hisoblanadi. Kena qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi. Shuning uchun davlat sanoatni emas, balki qishloq xo’jaligini rivojlantirish va rag’batlantirishni maqul ko’rishi kerak degan g’oyani qo’llab quvvatlashgan. Kene “Dehqon kambag’al bo’lsa qirollik kambag’al bo’ladi, qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi” deya davlatni ishontirgan. Bundan tashqari uning “ Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki savdogarlar va hunarmandlar qishloq ho’jaligida yaratilgan boylikni faqat bir joydan ikkinchi bir joyga yetkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi “ deya takidlagan.


Merkantalizmning yemirilishi yangi bir maktab, Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishiga olib keldi. Bu voqea xususan yevropa va boshqa davlatlarda qishloq xo’jaligi bilan birga sanoatning boshqa tarmoqlari rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ushbu klassik siyosiy iqtisodiy maktabning asoschilaridan biri Uiliyam Petti hisoblanadi. Pettining fikricha qimmatli metal toshlar, pullar, mamlakatning yeri, kemalar, tovarlar hatto uy jihozlari ham boylik tushunchasini bildirishi , mamlakatning boyligini ortirish uchun mamlaktda qamoq jazosi o’rniga pul jarimasi joriy etishni va pul to’lashga qurbi yetmaganlar majburiy mehnat qilishi bu yo’l bilan davlat boyligini orttirishni ko’zda tutadi. Bu merkantalistlarga qarama-qarshi tarzda, boylik eng avvalo mahnat bilan yaratilishini bildiradi. Petti mamlakatdan chetga pul chiqarishni taqiqlash mamlakatga chetdan tovar kelishini cheklash bilan tengligini asoslaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelidi va uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger , Fridrix fon Vizer , Bem Bavrek
hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam Stenli Jevons tomonidan keyingi
qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi, qonunlari mazmuni ochib berildi. Bu oqim iqtisod fanida yangi yo‘nalish neoklassik, ya‘ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qiladi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi.
Download 21.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling