Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati


Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan


Download 489.05 Kb.
bet2/32
Sana08.05.2023
Hajmi489.05 Kb.
#1445822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
1.1. Маъруза матн (3)

Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, ―korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat.

―Yuridik atamalar qomusiy lug‘ati‖da korrupsiya tushunchasiga ―davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi, deb ta’rif berilgan.



Yana boshqa adabiyotlarda e’tirof etilishicha, korrupsiya atamasi ―siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo‘lib, mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat‖, deb tavsiflangan.
1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor kodeksida: “Korrupsiya tushunchasi milliy huquqda belgilanishi lozim”, deb qayd etilgan, lekin mazkur hodisaning namunaviy ta’rifi keltirilgan: “...mansabdor shaxs o‘z mansab vakolatlari sohasida har qanday shakldagi haq evaziga mazkur haqni beruvchining manfaatlarida, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yoki buzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”.

Korrupsiya tushunchasiga berilgan shunga o‘xshash ta’rifga Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham duch kelish mumkin: korrupsiya – bu ―shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish‖.

Fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining barcha fuqarolarning teng xuquqligini kafolatlagan 18-moddasi mazmunidan kelib chiqadi. Ya’ni, jinoyat sodir etgan shaxs, oddiy fuqaro yoki mansabdor shaxs ekanligidan qat’iy nazar jinoyat sodir etganida qonun oldida bir xilda javobgar bo‘ladilar.


Demokratizm prinsipi jinoyat sodir qilgan shaxslarni javobgarlikka tortish va jazo tayinlash, ularni axloqan tuzatishda jamoatchilik, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining ishtirokini ko‘zda tutadi.
Insonparvarlik prinsipi. Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jazo va boshqa xuquqiy ta’sir choralari jinoyat sodir qilgan shaxslarga jismoniy azob berish yoki uning qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi xamda jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur, yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishini yoki boshqa xuquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishini ifodalaydi. Shaxsga nisbatan jazo qo‘llashdan ko‘zlangan maqsadga Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddalarida ko‘zda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmagandagina ogirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksining o‘g‘rilik uchun javobgarlik belgilangan 169-moddasi birinchi qismida jazo turlari sifatida eng kam oylik ish xaqining ellik baravarigacha miqdorda jarima, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish ko‘rsatilgan. Bu yerda o‘g‘rilik sodir qilgan shaxsni jarima to‘lattirish bilan axloqan tuzatish mumkin emas deb topilgan taqdirdagina unga nisbatan qamoq yoki ozodlikdan maxrum qilish kabi og‘irroq jazo qo‘llanishi mumkin.
Odillik prinsipi. Ushbu prinsip jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan odil, adolatli va asosli jazo chorasi tayinlanishini ko‘zda tutadi. Jinoyat sodir etishda aybi isbotlangan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa xuquqiy ta’sir chorasi sodir etilgan jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ushbu prinsip jinoyatga yarasha jazo qo‘llashni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ayb uchun javobgarlik prinsipi shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlangandan keyingina javobgar bo‘lishini ko‘zda tutib, aybdorligi qonunda belgilanmagan tartibda isbotlanmagan shaxslarga nisbatan jazo choralari tayinlashni istisno qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda quyidagi sabablar korrupsiyani vujudga keltiruvchi umumiy sabablar qatoriga kiradi.
1. Demokratik an’analar chuqur anglanilmaganligi.
2. Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga yetarli darajada jalb qilinmagan.
3. Hokimiyat institutlari tizimining nuqsonlari mavjuligi.
4. Qonunchilik texnakasi yetarli darajada metodik ta’minlanmaganlii va asosiy holatlari hayotga to‘g‘ri tadbiq qilinmaganligi.
Korrupsiyani belgilovchi maxsus omillar qatoriga aksariyat mutaxassislar ayrim faoliyat sohalari huquqiy jihatdan lozim darajada tartibga solinmaganini va amaldagi qonun hujjatlarida mavjud kamchiliklarni kiritadilar.
Lekin bular ichida normativ-huquqiy bazaning nuqsonlari korrupsiyani vujudga keltiruvchi eng muhim omillardandir. Uning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
Huquq kolliziyalari;
Qaytarilishlar;
Protsessual mexanizmlarning noaniqligi va samarasizligi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har qanday xolatda ham korrupsiyadan bevosita aziyat chekadigan bu jamiyat va insonlar.

Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi.


O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining rivojlanish tendensiyasi va xorijiy tajriba ” mavzusidagi



Download 489.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling