Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati


Download 489.05 Kb.
bet4/32
Sana08.05.2023
Hajmi489.05 Kb.
#1445822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
1.1. Маъруза матн (3)

Tayanch tushunchalar:
Korrupsiya” tushunchasi –lotin tilidagi “corruptio» suzidan olingan bulib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana “korroziya” suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni xam beradi. Shundan kelib chikib bu suzni ijtimoiy kurinishi xokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan ma’noni beradi.
Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Aloqadar shaxslar- xodim bilavn tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalar i respublika fond birjasida ommaviy muamalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ekanligi holatlari bundan mustosno.
Konstragent (shartnomaviy sherik)-davlat organlari va muassaksalari bilan shartnomaoviy munosabatlarga ( mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs.
Mansabdor shaxs — doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Davlat organi-bu ijtimoiy hayotning aniq bir sohasini boshqarish yuzasidan davlat vazifalarini bajaradigan va tegishli davlat-hokimiy vakolatlarga ega bo‘lgan tashkilot yoki muassasa



Download 489.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling