Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati
Download 489.05 Kb.
|
1.1. Маъруза матн (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga MUROJAATNOMASI, 2020 yil 24 yanvar).
ma’ruza matni
Toshkent – 2021 yil M a ’ r u z a r ye j a s i: 1. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining rivojlanish tnendensiyasi va xorijiy tajriba. 2. O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining mazmuni va huquqiy asoslari. 3. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish choralari. KIRISH Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, "halollik vaksinasi" bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga MUROJAATNOMASI, 2020 yil 24 yanvar). Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi. Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, davlat organlari huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning huquqiy asoslari isloh qilindi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda. Korrupsiya va jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruhlar o‘zlarining jamiyat, davlat va fuqarolarga katta moddiy zarar va iqtisodiyotga putur yetkazishi, fuqarolarda davlatga ishonchsizlik ruhini uyg‘otishi bilan xavfli sanaladi. Korrupsiya jinoyatchiligi o‘zining xavfliligi bois nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarni balkim davlat rahbarlarini ham tashvishga solmoqda. Jinoyat huquqida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi iboralari davlat idoralarida ishlaydigan mansabdor shaxslarning yoki davlat xizmatchilarining uyushgan guruh, shuningdek, boshqa jinoyatchi shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib jinoyat sodir etishi yoki ularni jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratib berishini anglatadi. Shu sababli korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq jinoyatlarni o‘rganish uchun bir qator mansabdorlik jinoyatlarini hamda mansabdor shaxslarning xizmat sohalarini tahlil qilish lozim bo‘ladi. Jinoyatlar orasida korrupsiya va uning ko‘rinishi sifatida manfaatlar to‘qnashuvi o‘ta xavfli hisoblanib, insonning hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkka, davlat barqarorligiga, shunindek, bir qancha muhim ob’ektlarga zarar yetkazishi bilan jamiyatimizga katta xavf tug‘diradi. Download 489.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling