Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati
Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining rivojlanish tendensiyasi va xorijiy tajriba
Download 489.05 Kb.
|
1.1. Маъруза матн (3)
1. Korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining rivojlanish tendensiyasi va xorijiy tajriba.
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi. Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo qilmoqda. BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi” BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 31oktabrdagi 58/4-sonli qarori bilan qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”ga 2008 yil 28 avgustda qo‘shilgan. 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan, qonun 34 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 may kuni “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son farmoni qabil qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro‘-e’tiborini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. Qonun hujjatlarini tayyorlash, muhokama qilish, ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonida fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish darajasi, davlat va jamiyat manfaatlarining ifodalanishi bir so‘z bilan aytganda korrupsion holatlarni oldini olishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishida antikorrupsiyaviy ekspertizaning o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berdi. Mazkur qonunning 5-moddasida ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida: – aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; – davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; – korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash belgilandi. Qonunning 26-moddasiga ko‘ra, “Davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini, yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu majburiyatni bajarilmaganlik javobgarlikka sabab bo‘ladi”-deyilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki ushbu tajriba uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Jumladan, Odil sudlov tizimida korrupsiyani tugatish siyosati yuzasidan qadimgi fors davlati – Ahamoniylar saltanatida shafqatsiz jazolar berish orqali kurash olib borilgan. Xususan, tarixchi Gerodotning xabar berishicha, shoh Kir II ning o‘g‘li Kambis II davrida taraflarning biridan pora olgani uchun Sisamn ismli sudyaning tiriklayin terisi shilib, o‘tirgan kursisiga tortib qo‘yilgan hamda uning o‘g‘li shu vazifaga tayinlangan, toki sudda ish ko‘rayotgan chog‘ida qaysi kursida o‘tirganini unutmasin. Ana shundan so‘ng qadimgi fors sudyalari orasida birorta ham poraxo‘rlik holati aniqlanmagan. Zamovanaviy kasb etikasi va korrupsiyaga qarshi kurash siyosati to‘g‘risidagi ta’limot o‘rta asrlarda shakllangan bo‘lib, uni asoschisi sifatida Ieriman Betam (1748-1832y.y.) “Deontologiya, odob to‘g‘risidagi ta’limot” degan risolasida Davlat xizmatchilari oldiga qo‘yiladigan asosiy talablarni va uning asosiy maqsadi sifatida davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlari, ularga quyiladigan cheklov va ta’qiqlar majmuini belgilab bergan. XIX – XX asrlarga kelib esa korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosati shakllanib bu bir qator rivojlangan mamlakatlar qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ular sirasiga masalan, AQShning 1883 yilda Fuqarolik davlat xizmati Pendlton Qonuni, Britaniya imperiyasining 1889 yildagi «Davlat idoralarida poraxo‘rlikka qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilingan. XX-asrda bu borada qabul qilingan qonun hujjatlar ichida Singapurda 1960 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, AQShning 1970 yilda “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (RIKO), Buyuk Britaniyaning 1906 yil 4 avgustdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilingan. 1977y. AQShning «Xorijda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi akt» (FCPA — Foreign Corrupt Practices Act) qabul qilinib, ushbu Qonun talabi korporatsiyalarda komplaens xizmati tashkil etilishi shart deb belgilab qo‘yiladi. XX asr o‘rtalarida Gongkong korrupsiya “botqog‘iga botib qolgan” (davlat hokimiyati organlari 94% korrupsiyalashgan) edi. 1974 yili Gongkong meri M.Myurrey mustaqil hech qaysi davlat organiga bo‘ysunmaydigan Qorrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Komissiyani tuzdi. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Komissiya faoliyati ustidan ziyolilar va tadbirkorlardan iborat jamoatchilik nazorati joriy etildi. Mahalliy OAV tomonidan erkin tarzda korrupsiya bilan bog‘liq har qanday yangiliklarni e’lon qilish va jurnalistik surishtiruvlar olib borish faoliyati to‘liq ravishda ta’minlandi. Xitoy Xalq Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurash siyosati: 1979 yildan e’tiboran Xitoyda 1 mln. mansabdor shaxs korrupsion jinoyatlar sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikga tortilgan. Xitoy raxbariyati tomonidan 2012 yildan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash doirasida korrupsion jinoyatlar sodir etgan 13 000 (!) mansabdor shaxs qatl etilgan. 2018 yilda korrupsion jinoyat sodir etgan 160 000 davlat idoralaridagi mansabdor shaxs javobgarlikga tortilgan. 1979 yildan e’tiboran Xitoyda 1 mln. mansabdor shaxs korrupsion jinoyatlar sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikga tortilgan. Xitoy raxbariyati tomonidan 2012 yildan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash doirasida korrupsion jinoyatlar sodir etgan 13 000 (!) mansabdor shaxs qatl etilgan. 2018 yilda korrupsion jinoyat sodir etgan 160 000 davlat idoralaridagi mansabdor shaxs javobgarlikga tortilgan. Singapur Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurash siyosati prinsiplari: Jamoatchilik izzasi; Javobgarlik muqarrarligi; Davlat va shaxsiy manfaatlarning cheklanishi; Qonun ustivorligii ta’minlash; Korrupsiyaga qarshi kurash byurosini tashkil etilishi; Rahbarlarining shaxsiy na’muna ko‘rsatishi; Lavozimga tayinlashjda halollik; Mulk va daromadlarni deklaratsiya qilish. Singapur iqtisodiy islohotlarining va korrupsiyaga qarshi kurashning tashkil etishni asoschisi Singapur Bosh vaziri Li Kuan Yu Singapur korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati to‘g‘riisda shunday deydi: ”Menda ikkita yo‘l bor edi: birinchisi, o‘g‘irlash va do‘stlarim hamda qarindoshlarimni “Forbs” ro‘yhatiga kiritish, bu bilan xalqimni quruq yerda qoldirish; ikkinchisi-xalqimga xizmat qilish va mamlakat7ni dunyoning eng yaxshi davlatlari o‘nligiga kiritish. Men ikkinchisini tanladim”. Hozirda Singapur Transparency International xalqaro agentstligining 2020 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra dunyo reytingini uchinchi pog‘anasini egallab turibdi. Korrupsiya – har qanday davlatning siyosiy tuzulishi, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasidan qat’i nazar, butun dunyoda global muammo hisoblanadi. Jumladan, yaqin o‘tmishda Osiyo qit’asida joylashgan Janubiy Koreya, Turkiya va Pokiston davlatlarining sobiq rahbarlariga va yuqori martabali mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganliklari uchun ularga nisbatan parlament tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilgan. Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Yaponiya va AQSh kabi rivojlangan mamlakatlarda ham davlat xizmatidagi mansabdor shaxslarning korrupsiyalashuvi tez-tez uchrab turadi. Misol uchun, 90-yillarning ikkinchi yarmida Germaniyada 2 mingga yaqin mansabdor shaxslarga nisbatan poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha rasman jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov qilingan. AQShning Oq uy ma’muriyati esa, doimiy ravishda siyosiy kompaniyalar uchun ajratilgan mablag‘lardan noqonuniy ravishda foydalanilganligi haqidagi ayblovlar bilan kurashib keladi. Download 489.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling