- 80 nafar shaxsga nisbatan 59 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi; - 2 123 nafar shaxsga nisbatan 1 398 ta ish bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan; - 67 nafar shaxsga nisbatan 45 ta jinoyat ishi tugatilgan. Jinoyatlarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar: - 45 nafar shaxsga nisbatan davlat xaridlari bilan bog‘liq qonun talablariga rioya qilinmaganligi; - 45 nafar shaxsga nisbatan huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasidagi profilaktika ishlari samarali tarzda olib borilmaganligi; - 50 nafar shaxsga nisbatan davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibining mavjud emasligi; - 55 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining sohaga taalluqli bo‘lmagan xizmatlarga biriktirilganligi (sohasiga taalluqli bo‘lmagan xizmatlarda sodir etilganligi); - 99 nafar shaxsga nisbatan ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va malakali xizmat ko‘rsatilmasligi; - 88 nafar shaxsga nisbatan shaxsning (jabrlanuvchi) o‘z manfaati yo‘lida qonunni chetlab o‘tishga urinishi yoki boshqa tarzdagi manfaatdorligi sababli jinoyatga yo‘l ochib berganligi; - 88 nafar shaxsga nisbatan shaxsning (jabrlanuvchi) o‘z manfaati yo‘lida qonunni chetlab o‘tishga urinishi yoki boshqa tarzdagi manfaatdorligi sababli jinoyatga yo‘l ochib berganligi; - 122 nafar shaxsga nisbatan davlat organlari xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘yganligi; - 179 nafar shaxsga nisbatan ishga qabul qilishda mansabdorning (xodimning) shaxsi lozim darajada o‘rganilmaganligi, ayblanuvchining malaka darajasi yetishmasligi (muqaddam jinoyat sodir etganligi yoki sodir etishga moyilligi); - 262 nafar shaxsga nisbatan ayblanuvchining ijtimoiy ta’minlanmaganligi yoki adolatli mehnat sharoiti tashkil etilmaganligi; - 598 nafar shaxsga nisbatan tizimda ish faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, sohada byurokratik to‘siqlarning mavjudligi (faoliyatning o‘zi korrupsiyaga yo‘l ochib berganligi);
Do'stlaringiz bilan baham: |