Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens


Download 21.73 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi21.73 Kb.
#1472728
  1   2   3
Bog'liq
Oybek Jumayev


KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA KOMPLAYENS.
Korrupsiya tarixi insoniyat tarixi kabi ko’hnadir. Korrupsiya (lotincha “corruptio”-poraga sotilish, aynish, tanazzul)-mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o’z mansabi bilan bog’liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir. Korrupsiya qadim zamonlardan buyon har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lib kelmoqda.
Yozma manbalarda Korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib oʻtiladi. Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham butkul yoʻqotib boʻlmaydi. Hatto rivojlangan gʻarb davlatlari ham Korrupsiyadan butkul xalos boʻlolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi Korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish Yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel shunday degan edi: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi-bu qonunlar va tartib qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etishki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”. Ibtidoiy va ilk sinfiy jamiyatlarda kohinlar, qabila boshliqlari va harbiy boshliqlarga ma’lum bir imtiyozlarni qo’lga kiritish uchun qonun-qoidalarda rioya etmagan holda ularga moddiy qimmatliklar va shunga o’xshash haq to’lash bilan bog’liq munosabatlarni amalga oshirish hollari mavjud bo’lgan, buni biz bugungi kun so’zi bilan “Korrupsiya” deb aytamiz.
Qurʼoni karimda poraxoʻrlik bevosita taqiqlanadi: “Bir-birlaringizning mollaringizni botiniy yoʻl bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang” (Baqara surasi, 188).
Xususan Amir Temur davlatida amaldorlar ishini tartibga solish maqsadida vaqti-vaqti bilan so’roq, tekshirish, taftish, tergov o’tkazib turilgan. O’z amalini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, doimiy ravishda ichkilik ichish, maishiy buzuqlik kabi qilmishlar og’ir gunoh hisoblangan va qattiq jazolangan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Amir Temurning o’g’li Mironshoh, nevaralari Pirmuhmmad va Xalil sultonlar yuqorida zikr etilgan me’yorlarni buzganlik uchun xalq oldida jazoga tortilgan. O’sha davrda O’zbekiston hududidagi feodal jamiyatlarda hozirgi talqindagi Korrupsiya uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri Korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu Korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi.
Bugungi kunda yurtimiz va jahon mamlakatlari qonunchiligida Korrupsiya tushunchasi yaqqol qoralanadi va unga qarshi kurashish bo’yicha qonunlar va dasturlar ishlab chiqilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2016-yil 24-noyabrda O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan va ushbu qonun 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan. Mazkur qonun 6-bob 34-moddadan iborat.
Ushbu qonun zamirida 2020-yil 29-iyunda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu borada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bilan birga, ana shu koʻrsatkichni yaxshilash ustida koʻp ishlashi kerak.
2020-2021-yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralari koʻrilishi sohada tub oʻzgarishlarga turtki berdi desak hech mubolag’a bo’lmaydi. Agentlikka xalqaro konvensiya talablarini bajarish maqsadida ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilishi, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishi idoraning maqom hamda nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Demak, milliy taraqqiyotga toʻsiq boʻlib kelayotgan Korrupsiyani bartaraf etish yoʻlida dadil qadamlar tashlanmoqda. Eng asosiysi, Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz boʻlmas ekan, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz.
O‘zbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat xizmatchilarida Korrupsiyaviy holatlarning barcha ko‘rinishlariga qat'iy chidamsizlik ruhiyatini shakllantirish, xalq manfaatlarini so‘zsiz ta'minlash kabi yuksak g‘oyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya 
Download 21.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling