Ko’rsatma «Iltimos, o’z oilang rasmini chiz». Bunda «oila» so’zining ma’nosini tushuntirish tavsiya etilmaydi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, psixolog ko’rsatmani qayta takrorlashi kerak bo’ladi


Download 30.67 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi30.67 Kb.
#1214708
Bog'liq
Oila rasmi metodikasi ishlanmasi


«OILA RASMI » METODIKASI
Tadqiqot uchun – oq-qog’oz (21 x 29 sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, qizil, ko’k, yashil, sariq, jigarrang), o’chirg’ich zarur. Bolaga quyidagicha ko’rsatmalar beriladi.
Ko’rsatma
1. «Iltimos, o’z oilang rasmini chiz». Bunda «oila» so’zining ma’nosini tushuntirish tavsiya etilmaydi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, psixolog ko’rsatmani qayta takrorlashi kerak bo’ladi . Vazifani individual bajarishga odatda 30 minutdan ko’p bo’lmagan vaqt beriladi. Testni guruh bo’lib bajarganda vaqt chegaralanib, u 15-30 minutdan oshmaydi.
Ko’rsatma
2. Oilangni rasmini chiz, bunda oila a’zolarini hammasi o’zining kundalik ishi bilan band bo’lsin.
Ko’rsatma
3. Oilangni rasmini o’zing uni qanday tasavvur qilsang, xuddi shunday qilib chiz.
Ko’rsatma
4. Oilangni rasmini chiz, bunda oila a’zolarining har birini fantastik ko’rinishda (mavjud bo’lmagan narsa sifatida) ifodalanadi.
Ko’rsatma
5. Oilangni rasmini ma’lum bir obrazga o’xshatib chiz, bunda oilaningning o’ziga xos xususiyatlari aks etsin. Vazifani individual bajarish jarayonida bayonnomada quyidagilar qayd qilinishi zarur:
A) detallarni chizish ketma-ketligi;
B) 15 sekundtsan ortiq pauzalar;
B) detallarni o’chirish;
G) bolaning spontan (dabdurustdan, o’z-o’zidan berilgan) izohlari;
D) emotsional reaktsiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi.
Vazifa bajarib bo’lingach, psixolog verbal(suhbat) yo’l bilan iloji boricha ko’proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim.
Odatda quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
1. Aytchi, bu yerda kim tasvirlangan?
2. Ular qaerda tasvirlangan?
3. Ular nima qilishayapti?
4. Buni kim o’ylab topdi?
5. Ular xursandmilar yoki zerikishayaptimi? Nima uchun?
6. Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?
Oxirgi ikkita savol bolani hissiyotlarini ochiq muhokama qilishga undaydi. Agar bola ularga javob bergisi kelmasa, uni majburlash kerak emas. Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmdagi hissiyotining mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur: agar bola oila a’zolaridan birini tasvirlamagan bo’lsa, unga nisbatan hissiyotlarini aniqlashi kerak. To’g ridan-to’g’ri savollar berib ularga javob berishni talab qilishdan qochish kerak, chunki bu bolada xavotirlanishni, himoyaviy reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Ko’pincha proektiv savollar yaxshi samara beradi (masalan: «Agar qushchaning o’rniga odam chizilgan bo’lsa, nima bo’lar edi?», «Akang bilan sen musobaqalashsang kim yutgan bo’lar edi?» va b.).Suhbatdan so’ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’ zol ariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni aniqlashga qaratilgan:
1. Tasavvur qilaylik, sirkka 2 ta chiptang bor. Kimni tsirkka gaklif qilar eding?
2. Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq, kimdir kasal bo’ldi va uyda qolishi kerak. Kim qoladi?
3. Konstruktordan uy yasayapsan (qo’g’irchog’ing uchun qog’ozdan ko’ylak
qirqayapsan), lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga
chaqirasan?
4. Senda qiziqarli filmga bir nechta chiptalar bor, lekin u oila a’ zolarining
sonidan 1 taga kam. Uyda kim qoladi?
5. Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u erda kim bilan
yashashni xohlarding?
6. Senga qiziqarli loto o’yinini sovg’a qilishdi. Oila a’zolaring barchasi loto
o’ynashga o’tirishdi , ammo bir kishi ortiqchalik qilayapti. Kim loto o’ynamaydi ?
Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur:
a) o’rganilayotgan bolaning yoshi;
b) oila a’zolari soni, aka-singillarining yoshi;
v) agar iloji bo’lsa, bolaning uy va bog’chadagi , maktabdagi xulqi haqida
ma’lumotlar.
«Oila rasmi» metodikasi interpretatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin:
1) «oila rasmi» strukturasi tahlili;
2) oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;
3) rasm chizish jarayoni tahlili.
1. «Oila rasmi» strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash. Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to’laligicha aks ettiradi. Tadqiqotlarda ko’rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo’lgan bolalarning 85 foizi (oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarini to’liq rasmini chizadi. Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bo’lsa, bunga alohida e’tibor berilishi talab qilinadi. Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi.

2.Ba’ zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman


aloqasi bo’lmagan odamlar aks ettirilganligini ko’rish mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi - oila bilan bog’liq bo’lgan salbiy kechinmalar: rad etilganlik, himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda psixologning o’rganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o’rnata olmaganligi bo’lishi mumkin. Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham
uchrab turadi. Buning sababi - o’sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko’proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi. Masalan; «joy qolmagani uchun chizmadim», «U o’ ynashga ketgan» kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: «Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» deb javob beradilar. Ba’zan real oila a’zolari o’rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi (aynanlashtirayotganligi) muhim (ko’pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni xohlagan aka yoki ukasini shunday aks ettiradi).Ba’ zi rasmlarda bola o’z rasmini chizmaydi yoki oilasi o’rniga faqat o’zini aks ettiradi. Bu bolaning o’zini oila tarkibiga ko’shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi. Rasmda «Men''ining mavjud bo’lmasligi - qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli. Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin. Odatda bu oiladagi psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog’liq. Oilada yolg’iz farzand bo’lsa, affilyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo’shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.
Oila a’ zolarining joylashishi
Rasmda oila a’ zol ari ni ng joylashishi oiladagi o’ zaro munosabatlarning
psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin.
Oilaning jipsligi, oila a’ zol ari bir-birlari bilan ko’ l ushlashib turishi,
umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muhiti ko’ rsatki chi
hisoblanadi. Bunga qarama - qarshi xarakteristikali rasmlar emotsional aloqalarning
past darajasidan dalolat beradi.
Oilaning bi r qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida
tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o’ zi ni alohida ajratib
ko’ ysa, bu unda ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a’ zol ari dan
birortasi alohida qilib chizilsa. bolaning unga nisbatan negativ munosabati, undan
bolaga kelayotgan xavf haqida tahmin qilish mumkin.
3Rasmda oila a’ zol ari ni guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik
mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi.
Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili
Oila a’ zol ari ni ng grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila a’ zosi ga
nisbatan emotsional munosabatini, bola uni kanday idrok etishi, bolaning «Men -
obrazi», uning jinsiy identifikatsiyasi kabi keng qamrovli ma’ l umotl ar berishi
mumkin. Bolaning oila a’ zol ari ga emotsional munosabatini baholashda
quyidagilarga alohida e’ ti bor berish zarur:
1) tana detallari miqdori: bosh, soch, kuloqlar, ko’ zl ar, ko’ z qorachi g’ i ,
kipriklar, qosh, burun, yuz, og’ i z, bo’ yi n, elka, qo’ l l ar, kaft, barmoqlar, oyoq,
tovonning mavjudligi;
2) kiyim detallari va bezaklar: bosh kiyimi, yoqa, galstuk, bant, cho’ ntak,
kamar, tugmacha, soch turmak elementlari, kiyimning murakkabligi, bezaklar;
3) figurani chizishda qo’ l l ani l gan ranglar miqdori.
Odatda insonga bo’ l gan ijobiy emotsional munosabat uning rasmini chizishda
ijobiy (pozitiv) kontsentratsiyada namoyon bo’ l adi , ya’ ni tana detallarining miqdori,
kiyim detallari va bezaklari hamda turli ranglar ko’ l l ani l i shi da ifodalanadi. Va
aksincha, insonga negativ munosabat sxematik tasvir, ba’ zi da tananing muhim
qismlari (bosh, oyoq, qo’ l ) tushib qoldirilishida ham aks etadi. Odatda, bolalar ota
yoki onasini ko’ ri ni shi ni kattalashtirib chizishadi. Bu haqiqatga yaqin. Ba’ zi da esa,
chizilgan figuraning munosabati oila a’ zol ari real munosabatlariga mos kelmaydi,
masalan, 7 yoshli bola o’ z ota-onalaridan balandroq tasvirlanishi mumkin. Bu bola
uchun figuraning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilikni ifodalash vositasi bo’ l i b
xizmat qilishidan dalolat beradi.
Masalan, 6 yoshli qiz rasmida onasi otasidan 3 marta katta qilib chizilgan. Bu
oilada ona avtoritar boshliq bo’ l i b, dominantlik qiladi.
Ba’ zi bolalar o’ zl ari ni hammadan katta yoki ota-onalari bilan teng qilib
chizadilar. Bu esa bir tomondan, bola egotsentrizmi sababli, ikkinchi tomondan,
qarama-qarshi jinsdagi ota yoki onaga «raqobatchi» ekanligini ta’ ki dl ash maqsadida
qilinadi. Shu bilan birga «raqibini» kichraytirish yoki umuman chizmaslik hollari
ham uchrashi mumkin.
O’ zl ari ni ahamiyatsiz, ortiqcha deb his qiluvchi hamda ota-onalari tomonidan
mehribonchilik, g’ amxo’ rl i k talab qiluvchi bolalar o’ zl ari ni boshqa oila a’ zol ari ga
nisbatan ancha kichik xajmda tasvirlaydilar.
Shuningdek, impulsiv o’ zi ga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o’ zl ari ni juda
katta, hatto butun daraxt hajmida tasvirlasalar, xavotirlanish, himoyasizlik hissi
mavjud bolalar o’ zl ari ni haddan tashqari kichik qilib chizadilar.
Oila a’ zol ari ni ng xususiyatlarini tahlil qilishda tananing har bir qismlari
tasviriga alohida e’ ti bor berish lozim. Chunki, tananing alohida qismlari muayyan
4faollik sohasi bilan boglangan bo’ l i b muloqot, nazorat, xavotirlanish vositasi bo’ l i b
xizmat qiladi.
Qo’ l l ar dunyoga ta’ si r etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat
qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo’ l l ari ni baland ko’ targan holda tasvirlagan
bo’ l sa, barmoqlari uzun bo’ l sa, bu ko’ pi ncha uning agressiv istaklari bilan
bog’ l angan bo’ l adi . Ba’ zi da tashqi ko’ ri ni shdan yovvoyi ko’ ri ngan bolalar ham
shunday rasm chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his
qiladilar, ammo uning agressiv xulq-atvori bosilgan. Bu shuningdek, o’ z zaifligini
kompensatsiya qilish, kuchli bo’ l i sh istagi, hukmronlik xohishidan ham darak
berishi mumkin. Agar bola «agressiv» qo’ l l ar bi lan bir qatorda keng elka va shunga
o’ xshash mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa, bu tavsif yanada
ishonchli bo’ l adi .
Ba’ zi da bola barcha oila a’ zol ari ga qo’ l chizadi, o’ zi ga esa chizishni «unutadi».
Agar bunda bola o’ zi ni noproportsional tarzda juda kichik tasvirlasa - bu kuchsizlik,
oiladagi o’ zi ni ng ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni hadtsan ziyod nazorat qilishi,
uning faolligini bo’ g’ i shi hissidan darak beradi.
Bosh - «Men» lokalizatsiyasi, intellektual va pertseptiv faoliyat markazi.
Yuz - tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.
3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’ zi qismlarini chiza
boshlaydilar.
Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari - ko’ z,
og’ i zni tushirib koldirsalar, bu mulokat sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat
beradi.
Agar boshqa oila a’ zol ari ni chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki
yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar
mavjudligini ko’ rsatadi .
Qizlar o’ gi l bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko’ proq e’ ti bor beradilar, ular
ko’ proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya).
Tish va og’ i zni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola
o’ zi ni emas, oila a’ zol ari dan birortasini shunday tasvirlasa, ko’ pi ncha, bu odamning
bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo’ rquv hissi bilan
bog’ l angan bo’ l adi .
Shunday qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan
odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3,5 yoshli bolalar bosh va oyoq
bilan chegaralansalar, 7 yoshda tana sxemasi boy, unda detallar ko’ p bo’ l adi .
Rasm chizish jarayoni tahlili
Bunda asosiy e’ ti bor quyidagilarga qaratilishi zarur:
a) oila a’ zol ari rasmini chizishdagi ketma-ketlik;
b) detallarni chizishdagi ketma-ketlik;
5v) o’ chi ri sh;
g) chizib bo’ l i nmagan ob’ ektl ar, detallar va figuralarga qaytish;
d) pauzalar;
e) spontan izohlar.
Tadqiqotlarning ko’ rsati shi cha, 38%ga yaqin bolalar birinchi bo’ l i b onalarini,
35%i o’ zl ari ni , 17 %i otalarini, 8%i esa aka-uka, opa - singillarini chizadilar.
Himoya qilishda eng muhimidan boshlanadiganidek, bolalar rasmda birinchi bo’ l i b
eng ahamiyatli, muhim yoki emotsional jihatdan yaqin odamini aks ettiradi. Bu shu
bilan izohlanishi mumkinki, ona oilada muhim funktsiyalarii bajaradi, bolalar bilan
ko’ p vaqt birga bo’ l adi , ularga boshqalarga nisbatan ko’ proq e’ ti bor qaratadi.
O’ zl ari ni birinchi bo’ l i b tasvirlash bolalarga xos bo’ l gan yosh xususiyati -
egotsentrizm bilan bog’ l i q.
Agar rasm onasi yoki o’ zi dan emas, balki boshqa bir oila a’ zosi dan boshlansa,
bunga ahamiyat qaratish zarur. Chunki bu shaxs ko’ pi ncha bola uchun qadrli bo’ l i b,
unga bog’ l angan bo’ l adi .
Agar bola eng oxirida onasini chizsa, bu bolaning unga nisbatan negativ
munosabatini bildiradi.
Oila a’ zol ari ni chizishdagi ketma-ketlik tahlili figuralar grafik tasviri
xususiyatlari tahlili bilan birgalikda amalga oshirilsa, ishonchli ma’ l umotl ar olish
mumkin. Agar birinchi tasvirlangan figura hajm jihatidan katta, biroq sxematik
tarzda, bezatilmagan holda ifodalansa, bu shaxsning bola uchun ahamiyati, oiladagi
ustunligi, kuchidan dalolat beradi, ammo bolaning unga nisbatan hissiyotlari ijobiy
emas. K o’ pi ncha bolalar oila rasmini chizish vazifasini olgach, oila a’ zol ari ni chiza
boshlaydilar. Ba’ zi bolalar esa, avval turli ob’ ektl arni , quyosh, mebel rasmini chizib,
keyin odamlarni tasvirlashga ki- rishadilar. Bu - o’ zi ga xos himoya reaktsiyasi
bo’ l i b, bola o’ zi ga yoqimsiz vazifani bajarishni bir oz orqaga suradi. K o’ pi ncha bu
noqulay oilaviy vaziyat, yomon munosabatlar, shuningdek, ba’ zi da psixolog bilan
bolaning aloqasi yomon bo’ l gani da kuzatiladi.
Oila a’ zol ari rasmi chizib bo’ l i ngach unga yana qaytish bola uchun uning
ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi.
Muayyan detallar, oila a’ zol ari ni chizishdan oldingi pauza nizoli vaziyat bilan
bogliq hamda motivlar ichki dissonansining tashqi ifodalanishi hisoblanadi.
Ongsizlik darajasida bola negativ emotsiyalar bilan bog’ l angan shaxs yoki detalni
chizish chizmaslikni hal qiladi.
Chizilgan rasmni, detalni o’ chi ri sh, uni qayta chizish - shu oila a’ zosi ga
nisbatan negativ yoki ijobiy munosabat ifodasi bo’ l i shi mumkin. Bunda rasm
chizishning natijasi muhimdir. Agar o’ chi ri sh, qayta chizish yaxshi tomonga
o’ zgarmagan bo’ l sa, bolaning shu kishiga nisbatan nizoli munosabati haqida fikr
yuritish mumkin.
67
Spontan izohlar ko’ pi ncha rasm mazmunining bola uchun ahamiyatini
anglatishi mumkin. Shuning uchun bu izohlarni diqqat bilan eshitish lozim.
Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling