Koʻrsatmalarning boshlangʻich ta’limdagi oʻrni Bolalarning abstrakt va konkr
Download 43.72 Kb.
|
1-sinfda-ko0rgazmali-qurollardan-foydalanish
Kirish Boshlangʻich ta’lim har qanday ta’limning asosi, poydevoridir. Shuning uchun ham boshlangʻich ta’lim oʻqituvchisi ta’lim poydevorini shunday qoʻyish kerakki yuqori sinfdagi bilimlarni chuqur egallab borishi zarur. Shuning uchun har bir berilayotgan bilimni puxta, fazoviy va miqdoriy tasavvurlarini puxta shakllanishida, dunyo-qarashlarini kengaytirishda koʻrsatmalilik katta ahamiyatga ega. Shuningdek darslik metodik tavsiyanomalar va hakozalar, xullas matematikaning hamma oʻqitish vositalari oʻqituvchiga xuddi suv va havodek zarur. Biz bu matematikaning barcha oʻqitish vositalari haqida batafsil bayon etib oʻtamiz. Bosh mavzumiz boʻlgan Maktabgacha ta’lim tizimida koʻrgazmali qurollardan foydalanish haqida ham toʻxtalib oʻtamiz. Koʻrsatma qoʻllanmalar deb asosli predmetli real modellar yotuvchi oʻqitish vositalariga aytiladi. Koʻrsatmalarning boshlangʻich ta’limdagi oʻrni Bolalarning abstrakt va konkret tasavvurlarini ham rivojlantirishdan iborat. Koʻrsatmalardan foydalanish Bolalarning e’tiborini diqqatini kuzatadi, oʻrganayotgan materiallarni puxtaroq oʻzlashtirish imkonini beradi. Masalan: 4 sonini hosil boʻlishi bilan tanishtirishda oʻqituvchi 3 ta doiraga bitta doirachani qoʻshib koʻrsatiladi. Koʻrsatma qoʻllanmalar natural va tasviriy boʻladi. Natural kurs gullar turmushda uchraydigan atrofimizdagi narsalar, daraxtlar, qalamlar, choʻplar, kubchalar… Sanoq choʻplarini eng muhimi keng qoʻllaniladi. Oʻlardan nomerlashni oʻrganishda sanoq birliklarini hosil boʻlishi haqida tasavvur oladi. Tasviriy koʻrsatma qoʻllanmalar bir necha turga boʻlinadi. Matematik simvollar bularga belgi, katakli taxtacha va saqlash hossalari bilan birga oʻquv texnika sanoati yoki Bolalar qoʻli bilan ishlab chiqariladi. Bular yordamida sonlar bilan raqamlarni tasvirlash sonlarni taqqoslash natural sonlar qatori oʻrganiladi. Matematika darslarida sinf xonalarni matematikaga oid koʻrgazmali qurollar, figuralar, shakllar, geometrik figuralar, koʻrsatma rasmlar matematik simvollar grafik modellar asboblari bilan jihozlanadi. Bolalarni diqqatini jalb qilib darsni puxtaroq tushuntirishga oʻrganilayotgan materiallarni puxtaroq oʻzlashtirish imkonini beradi. Koʻrgazmali qurollar bolalarni mustaqil ishlash malakasini tarbiyalash katta ahamiyatga ega, chunki darslik mustaqil ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Matematika oʻqitish vositalari bu ta’lim jarayonida foydalanadigan barcha oʻquv qoʻllanmalardir. Matematika oʻqitish vositalari 1. Darsliklar va qoʻllanmlar. 2. Koʻrsatmali qoʻllanmalar. 3. Oʻqitishning texnik vositalari kiradi. Boshlangʻich sinflar uchun darslik matematika darsliklari asosiy oʻqitish vositasi boʻlib, ular dastur materialning mazmunini va uni koʻrib chiqish tizimini belgilab beradi. Bu materialning har birini oʻrganish saviasini aniqlab beradi. Darslikda koʻzda tutilgan nazariya elementlari oʻrin oladi, asosiy oʻquv va malakalarning shakllanishini ta’minlanishi lozim boʻlgan mashqlar va topshiriqlar tizimi kiritiladi. Darslik yangi narsani oʻrganishda u yoki bu uslubiy yondashishni koʻrsatib beradi. Shu tufayli ham darslik oʻqituvchi uchun oʻziga hos oʻquv qoʻllanma boʻlib, yangi narsa ustida ishlashda oʻqituvchining bilish faoliyatini yoʻnaltiradigan kitobdir. Darslikdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun unda oʻquv dasturi qanday yoʻnaltirilganligini tushunib olish, unda oʻrin olgan oʻquv materialining xususiyatlarini tahlil qilish, kitobning tuzulishini, oʻqituvchiga uslubiy yordam berish maqsadida berilgan misollarni tahlil qilish kerak. Hozirgi zamon stabil darsliklari dasturiga toʻliq mos keladi. Darslikda dastur talablaridan chetga chiqib kursni ortiqcha murakkablashtirib boradigan materiallar yoʻq. Boshlangʻich sinflar matematika darsliklarida matn ham, ular nazariy va amaliy materiallarni bir vaqtda oʻz ichiga oladi. Darslik Bolalar bilimiga qoʻyiladigan talablar saviyasini belgilab beradi va ularni murakkablashtirib yuborish kerak emas. Darslikda algebra va geometriya elementlarini oʻrganish uchun mashqlar mavjud. Darslikda eslatma-algaritmlar yordamida matematik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Darslikka oʻyin elementlari kiritilgan koʻpchilik masalalarning echilishi ijodiy yondashishni talab qiladi. Masalalar matnlarida bolalarning turli kasblar bilan tanishishlari uchun texnika bilan bogʻlanish bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatda ishtirok etishlari, tabiatni asrash choralari va hakozo imkoniyatlar bor. Darsliklar chiroyli qilib bezatilgan ularda har xil belgilashlar tizimi qabul qilingan. Mashgʻulotlarning birinchi kunidan boshlaboq darslik boʻyicha ishlashda balalarda ilmiy kitob bilan ishlashning ba’zi umumiy oʻquvlarini shakllantirishni koʻzda tutish maqsadga muvofiqdir. Birinchi darsdayoq kitobning umumiy tuzulishi koʻrib chiqiladi. Bolalar kitobni oʻz vaqtida ochishni kitobda oʻrganiladigan sahifalarni oson topa olishlarni oʻrganishlari lozim. Birinchi sinfda kerakli sahifa xat choʻp yordamida oson topiladi u birinchi darslardan boshlab kiritiladi va darsdan-darsga oʻtishda oʻqituvchilar tomonidan kerakli sahifani nemeri boʻyicha topishni oʻrgatish lozim. Darslik sahifalarida syujetli rasmlar bor boʻlib mohirlik bilan oʻrganilsa bolalar darslikdagi bu rasmlarni tomosha qilish uchun emas, balki masalalar tuzish uchun sanoqni oʻrganish uchun moʻljallanganligini bilib oladilar. Oʻqituvchi rasm bilan ishlayotganda bolalar uni diqqat bilan koʻrib chiqib «rasmda nima tasvirlangan» degan hikoyalarni tuzishlariga vaqt beradi va faqat shundan keyin rasmdan oʻquv maqsadlarida foydalanishga kirishadi. Dars vaqtida rasmga turli maqsadlarida qayta-qayta murojaat qilish Bolalarning nutqini rivojlantiradi. Maktabgacha ta’lim tizimi matematika darslarida har bir sahifada mantiiqiy mashqlar (taqqoslash, tartiblash, umumlashtirish uchun) bor. Bolalar ularni qiziqib bajaradilar. Bular qanaqa rasmlar, qanday topshiriqni bajarish lozimligini bolalarning oʻzlari soʻzlab bersalar foydali boʻladi. Afsuski, koʻpchilik oʻqituvchilar bolalarga buni oʻz vaqtida oʻrgatmasdan hatto maktabgacha ta’limda ham topshiriqlarni oʻzlari oʻqib ma’nosini oʻzlari tushuntirib beradilar. Uy vazifalarni bajarishda kattalar rahbarlik qiladilar nimani qanday bajarish kerakligini tushuntirib beradilar, topshiriq toʻgʻri bajarilganligini tekshiradilar. Bolalar topshiriqlarni yuzaki bajaradilar, topshiriqning ma’nosi ustida oʻylanib oʻtirmaydilar. Bu esa mustaqil va tekshirish ishlarini bajarishda ishonchsiz harakat qilishlariga sabab boʻladi. Har darsda bu kamchilikning oldini oladi. Matematika darsligining darsma-dars tuzulishi (sahifa-dars yoki ochilgan ikki sahifa dars) yana bir muhim, oʻquvning shakllanishigamashgʻulotning maqsadini aniqlashga yordam beradi. Darslik bilan ishlashni boshlashdan oldin bolalarga darslik sahifasini diqqat bilan koʻrib chiqish va dastlab oʻqituvchi bilan birgalikda, keyin esa mustaqil ravishda darsda nima oʻrganishni soʻzlab berishga imkon berish kerak. Bu esa keyinchalik ham darslik bilan mustaqil ishlash uquvining shakllanishiga yordam beradi. Oʻqituvchi bolalar egallagan oʻquvlarini tahlil qilib, oʻz-oʻzidan tekshirib borishi foydalidir. Masalan, darslikda mahsus mashq berilgan: «Misollarni yeching. Javoblarni ortib borish tartibiga yozing» Bolalar topshiriqni mustaqil oʻqiydilar. Ular topshiriqning birinchi qismini ixlos bilan bajaradilar, lekin ikkinchi qismini bajarishda koʻpchilik Bolalar esankirab qoladi. Xulosa shuki-bolalar topshiriqqa oid tushuntirishni bilmaydilar. Ishning shu tomoniga maxsus e’tibor berish lozim. Matbaa asosidagi daftarlar oʻtilgan materialni mustahkamlash va takrorlash bosqichida mustaqil ishni tashkil etish uchun moʻljallangan. Ta’limning mazmuni va Bolalarning yoshlariga qarab daftarning tuzulishi ham, uning sahifalarining bezatilishi ham oʻzgaradi. «Matematika daftari» darslikning mazmuni va tuzulishi bilan toʻliq moslashtirilib tuzilgan. Bular jadvallarni toʻldirish, misollarni yechish, sonlarni va ifodalarni taqqoslash va hakozalar kiradi. Daftar bilan ishlayotganda bolalar koʻchirib yozmasdan, balki ochiq qoldirilgan joylarni toʻldiradilar, bu esa vaqtni tejash imkonini beradi. Topshiriqlarning bir qismini uyda yoki kuni uzaytirilgan guruhlarda bajarish mumkin. Har bir Bolaning daftari har bir darsda oʻqituvchi tomonidan kuzatib borilishi kerak, Bolaning ishda yoʻl qoʻygan hamma kamchiliklarini oʻziga koʻrsatib borish kerak. Daftarlarda aniq puxta, matematik toʻgʻri yozib borishni talab qilish oʻqituvchining matematikadan olib boriladigan ishining sifatli borishi uchun mashgʻulotlarning mezonidir. Oʻqituvchiga yordam tariqasida qator qoʻshimcha qoʻllanmlar nashr qilingan. Bular darslarni oʻtkazishga oid uslubiy tavsiyalar, qoʻshimcha mashqlar toʻplamlari, mustaqil va yakka ishlashni tashkil qilish uchun didaktik materialdir. Bilimlarni puxta uzlashtirishda ta’lim jarayonining faollashishi fazoviy va mikdoriy tasavvurlarning puxta shakllanishida kursatmalilik tamoili yordam beradi. Matematikaning turli boskichlarida turli bulimlarida koʻrsatmalilik turlichadir. Masalan: Son tushunchasini shakllantirishda, arifmetik amallarning ma’nosini ochib berishda narsalar toʻplamlariga murojaat qilinadi. Biroq qiyinchalik koʻrsatmalilik vositasi sifatida simvollar, ishoralar, raqamlar va hakozolar kela boshlaydi. Koʻrsatmalar qoʻllanmalarning turlarini bilash oʻqituvchiga ularni toʻgʻri tanlash va oʻqitishda ulardan samarali foydalanishga imkon beradi. Koʻrsatma qoʻllanmalarning 2 turi bor. Tabiy qoʻllanmalar Tasviriy qoʻllanmalar. Tabiy qoʻllanmalarga atrof muxitdagi narsalar: daftarlar, qalamlar, choʻplar kubiklar va xakozolar. Tasviriy koʻrsatma qoʻllanmalar ustida obrazli qoʻllanmalarni ajratish mumkin: predmetli rasmlar predmet yoki figuralarning qogʻoz va kartondan yasalgan tasvirlari, predmetlar yoki figuralar tasvirlangan jadvallar. Tasviriy koʻrsatma qoʻllanmalarning turlaridan biri shartli (simvolik) qoʻllanmalardir: matematik simvollar (raqamlar, amallarning belgilari, «〉», «〈», «=» munosobatlarning belgilari) tasvirlangan kartochkalar, sxematik rasmlar, chizmalar. Tasviriy koʻrsatma qoʻllanmalarga ekranda koʻrsatiladigan koʻrsatma qoʻllanmlar: oʻquv filmalar, diofilmlar, diopozitivlar, kodoshop, epidoshoplar kodogrammalar va hakozalar kiradi. Koʻrsatma qoʻllanmalardan foydalanish nuqtai nazaridan ular umumiy sinf va individual qoʻllanmalarga boʻlinadi. Umumiy qoʻllanmadan birdaniga butun sinf foydalanadi. (Ularni ba’zan demonsrtatsion koʻrsatma qoʻllanmalar deb ham ataladi) Individual qoʻllanmalardan mavzusi boʻyicha bir xil, faqat oʻlchamlari orqali farq qiladi: geometrik figuralarning modellari, kesma raqamlar, chizmachilik asbablari va boshqalar. Darsda fodalanish qulay boʻlishi uchun umumiy va individual koʻrsatma qoʻllanmalarni toʻgʻri foydalanish muhimdir. Masalan: raqamlarni umumiy sinf va individual hossalarda figuralarning modellarini konvertlarda saqlanadi va hakozalar. Tayyorlash nuqtai nazaridan koʻrsatma qoʻllanmalar bosmoxona usuli bilan yoki fabrikadan tayyorlangan soʻng esa oʻqituvchi yoki bolalar yasagan, qoʻlda yasalgan qurollarga boʻlinadi. Qoʻlda yasalgan qoʻllanmalar tayyor koʻrsatma qoʻllanmalarni toʻldiradi. Bu masalalar tuzish uchun rasmlar va chizmalar yigʻma geometrik figuralar raqmlari va ayrim soʻzlarni almashtirish mumkin boʻlgan javdallar, elektrlashtirilgan koʻpaytirish va qoʻshish jadvallari va hakozolardir. Koʻrsatma qoʻllanmalarni tayyorlashda koʻproq bolalarni jalb qilish foydalidir. Bu katta ta’limiy va tarbiyaviy axamiyatga ega, bilim, oʻquvlari ongli puxta egallashga yordam beradi. Masalan Bolalar qogʻozdan toʻgʻri burchakning modeli va plastilin boʻlagi bilan biriktirilgan ikkita choʻpdan harakatchan burchak modelini tayyorlar ekanlar, burchaklar toʻgʻrisida tasavvur xosil qiladilar: chiziqli va kvadrat sm, dm, metrning modellarini tayyorlashda Bolalar uzunlik va yuza birliklari haqida yaqqol tasavvur hosil qiladilar. Oʻz qoʻllari bilan yasagan qoʻllanmlar bilan ishlashda bola mehnatda hurmat bilan qaraydigan boʻladi. qoʻlda yaslagan qoʻllanmalarning tayyorlash uncha murrakab boʻlishi kerak emas, estetika talablariga va maktab gigeniyasiga normalariga javob berish kerak. Koʻrsatmali qoʻrollarning ba’zi bir turlarini koʻrib chiqsak. Download 43.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling