Koʻrsatmalarning boshlangʻich ta’limdagi oʻrni Bolalarning abstrakt va konkr
Download 43.72 Kb.
|
1-sinfda-ko0rgazmali-qurollardan-foydalanish
Dinamik katakli taxtacha.
Bu koʻrgazmaga 500 X 600mm oʻlchamli qogʻozga soda peyraj yasaladi. Archalarda, oʻtloqda, koʻlda, bulutlarda teshiklar yasaladi. Varaq kartonga elemlab yopishtiriladi. Sanoq materiali qoʻziqorinlar, gullar olmaxonlar, quyonchalar, baliqchalar, oʻrdakchalar alohida yasaladi. Sanoq materiali katakning orqa tomoniga yopishtirilgan konvertlarda alohida saqlanadi. Rasmdagi sanoq materialini almashtirib, turli holatlar bilan bogʻliq koʻplab masalalar koʻrish mumkin, kerakli sondagi detallarni qoʻshish yoki olib tashlash imkoniyati esa masalaning yechish uchun amalni tanlash oʻquvining shakllanishiga yordam beradi. Maktabgacha ta’limda oʻqituvchi har bir darsda vaqtning 10-15% ini topshiriqlarni doskada koʻchirib yozishga sarf qiladi. Oʻqitish jarayonida koʻrsatma qoʻllanmalardan turli maqsadlarda, yangi material bilan tanishtirish uchun bilimlar, oʻquv malakalarni mustaxkamlash uchun yangi bilimlarning qanday oʻzlashtirilganligini tekshirish uchun foydalaniladi. Koʻrsatma qoʻllanmagan bilim manbai sifatida qaraganda u muhim narsa umumlashtirish uchun asosiy boʻlgan tamonini alohida ta’kidlash kerak, shuningdek muxim boʻlmagan narsa ikkinchi darajali axamiyatga ega ekanligini koʻrsatish kerak. Masalan toʻgʻri toʻrtburchaklarning modellarini turli oʻlchamli qilib olish kerak bu bolalarga qarama-qarshi tomonlarning tengligi istalgan toʻgʻri toʻrtburchaklarning umumiy xossasi boʻlib, uning tomonlari uzunliklarga bogʻliq emasligini koʻrishlariga imkon beradi. Soʻz idrok qilishning kuchaytiradi. Shuning uchun oʻqituvchining savollari aniq Bolaning kuzatishini yunaltiruvchi boʻlishi kerak. Oʻqituvchi yangi material bilan tanishtirishda koʻpincha koʻrsatma qoʻllanmadan beriladigan bilimlarini konspeklashtirish maqsadida foydalanadi. Bunday xolda koʻrsatma qoʻllamiga soʻz bilan tushuntirishning tasvirlanishi kabi qaraladi. Masalan: oʻqituvchi masala echimini topishda bolalarga yordam berar ekan, masalaga oid sxematik rasm yoki chizma chizadi. Xisoblash usulini tushuntirishni predmetlar bilan amallar bajarish va tegishli yozuvlar bilan qoʻshib olib boriladi va xakazo. Bunda koʻrsatma qoʻllanmalarni oʻz vaqtida qoʻllanish tushuntirishning moxiyatini tasvirlash, qoʻllanma bilan ishlashga va tushuntirishga Bolalarning oʻzlarini jalb qilish muximdir. Xisoblash oʻlchash masalalar echish va xakazo usullarini ochib berishda xarakatni ayniqsa aniq koʻrsatish kerak. Oʻqituvchi tushuntirishni rasm va matematik yozushlar bilan qoʻshib olib borishi bolalar materialni idrok qilishlariga yordam beribgina qolmay, balki ishni daftarga bajarish na’munasini (masalan chizmani va masala echishni daftarda kanday joylashtirish kerakligi peremetrini (yuzni) harflar yordamida qanday belgilash kerakligini va xakozolar) xam koʻrsatadi. Shuning uchun chizma va yozuvlarni doskada toʻgʻri bajarish tartibli joylashtirish va ular bolalarga yaxshi koʻrinib turishini kuzatib borish kerak. Yangi material bilan tanishtirishda, ayniqsa bilim va malakalarni mustahkamlashda koʻrsatma qoʻllanmalar bilan ishlashni shunday tashkil etish kerakki bolalarning oʻzlari ular bilan ishlasinlar va xarakatlarini tegishli tushuntirishlar bilan qoʻshib olib borsinlar Qoʻshishni oʻrganishda predmetlar toʻplamlarini yigʻidilar, choʻplardan foydalanib yopiq va yopiq boʻlmagan siniq chiziqlarni yasaydilar va xakazolar). Bunday hollarda materialni oʻzlashtirish sifati oshadi, chunki ishga turli analizatorlar bir koʻrish xarakat soʻz, eshitish analizatorlari qoʻshiladi. Bunda bolalar faqat matematik bilimlardgina ega boʻlib, qolmasdan, koʻrsatma qoʻllanmalardan foydalanishlarini har tomonlama ragʻbatlantirishi kerak. Bilim va oʻquvlarini mustahkamlashda turli-tuman mashqlar uchun spravochnik jadvallardan ogʻzaki hisoblash uchun jadvallardan, javoblardan, bolalarning oʻzlari masalalar turishlari uchun rasmlar sxemalar, chizmalardan keng foydalaniladi. Hisoblash malakalarini ishlab chiqish uchun chizmali va oʻlchash asboblari yordamida chizish xaqida oʻlchashga doir mashqlar kiritiladi. Yaqqol idrok qilingan predmetning modellashtirish, rasmini solish, soʻz bilan ifodalash yoʻli orqali qayta tiklashni qoʻllash tavsiya etiladi. Koʻrsatma qoʻllanmalardan ba’zan Bolalarning bilim va malakalarini tekshirish uchun foydalaniladi. Masalan bolalar, koʻpburchak tushunganini yasash topshiriladi. Oʻqituvchi tarqatma dedaktik materiallardan (kesmalar, koʻpburchaklar va xakozolar chizilgan kartochkalar) foydalanib, bolalarning kesmalarning uzunligining, koʻpburchaklarning yuzi va peremetrini oʻlchash malakalarini tekshiriladi. Koʻrsatma qoʻllanmalardan foydalanish samaradorligini oshirishning muhim sharti tarzda koʻrmsatma materialning etarli va zaruriy miqdorda (me’yorida) boʻlishidir. Koʻrsatma qoʻllanmalaridan ular xech kerak boʻlmagan joyda foydalanish bolalarni qoʻlidan masaladan uzoqlashtirib, salbiy rol oʻynaydi. Bundan oʻxshash faktlar amalda uchrab turadi. Masalan: Maktabgacha ta’lim tizimi Bolasi arifmetik masalani echayotganda arifmetik amalni tanlashni oʻrganyapti. Oʻqituvchi shu maqsadda shoxda oʻtirgan va ularga uchib kelib qoʻshilayotgan (yoki uchib ketayotgan) qoʻshlarning rasmini koʻrsatadi. Bola bu rasmga qarab, xech qanday arifmetik amal bajarmasdan, oddiy sanash bilan masala javobini topib qoya qiladi. Bu xolda foydalanishga koʻrgazmali faqat masalalar echish oʻquvini ya’ni masala shartida berilgan sonlar ustida qanday amalni tanlashni shakillanishiga yordam bermasdan, balki aksincha, uning saqlanishini sekinlashtiradi. Boshqa bir misol ma’lumki bolalarga masalada uchragan notanish narsalarni, tegishli rasmlarni koʻrsatish bilan tanishtirib ketish kerak (qishloq bolalariga metro, zavod, tramvay xakozolarning shaxar bolalariga arava, ferma, gʻaram va xakozolarni) biroq bolalarga tanish boʻlgan narsalarning rasmlarini koʻrsatishga zaruriyat yoʻq. Oʻqitish jarayonida va obrazli koʻrsatma qoʻllanmalardan shartli (simvolik) koʻrgazmalikka oʻz vaqtida oʻtish muximdir. Agar xisoblash usullari bilan tanishishda bolalar dastlab narsalar bilan moslamalar bajarishgan, tayangan bulsalar, keyinchalik, xisoblash usulining yozilishida tayanishlari etarlidir va xakozolar. Bolalarda matematik bilimlar toʻplanishi va ularning fikrlashlari rivojlanishi bilan simvolik koʻrsatmalilikning roli ortadi va bu simvolik koʻrsatmalilik matematikani koʻrgazmali oʻqitishning asosiy vositasi bulib qoladi. Maktabgacha ta’lim tizimida son, sanoq, qoʻshish va ayirish amallarini xaqidagi tasovirlari tarkib topishi, sonlar qatori ongli oʻzlashtirilishi kerak (bolalar qatoridagi xar bir son qanday xosil boʻlishini oʻzlashtirishlari, sonlarni taqqoslashni oʻrganib borishlari kerak. Maktabgacha ta’lim tizimida oʻqitishning natijasi 10 ichida sonlarni qoʻshish jadvalini shu sonlar tarkibining tegishli hollarini va ayirishni ongli va puxta oʻzlashtirish hamda ularning yoddan bilib olishlari kerak. Bundan tashqari bolalar 20 ichida narsalarni sanay oladigan, 0 dan 20 gacha boʻlgan sonlarni oʻqiy oladigan va yoza oladigan, ularning oʻngliklar va birliklardan iborat tarkiblarini bilishlari ( 12-bu 1 oʻnlik va 2 birlikdan iborat ekanini bilishlari kerak. 20 ichida qoʻshish va ayirishga doir masalalarni echa oladigan boʻlishlari kerak. Butun yil davomida fazoviy tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishga doir, ularning «ortiq» «kam» «oʻshancha» munosabatlarini tushunishlari aniqlash va kengaytirishga doir, narsalar uzunliklarini oʻlchash berilgan uzunlikdagi kesmani chizish bilan bogʻliq boʻlgan amaliy malakalarni shakllantirish ustida muntazam ish olib borish lozim. Oʻqituvchi doimo oʻz oldida turgan ulkan ma’suliyatni xis qilishlari kerak. Bunda koʻrsatmali oʻqituvchiga kata yordam beradi. Bunda xar bosqichlarida koʻrsatmalilik vositalarni qoʻllanilishi turlichadir. Sanash malakasini paydo qilish, sanashga doir mashqlar tayyorgarlik davrida: Har xil predmetlar, sanoq choʻplar, doirachalar, uchburchaklar kabilar orqali; gugurt qutichalaridan yoqilgan sanoq penali. Har bir Bola uchun ikkita penal tayyorlash mumkin. Biri uch xil rangli uchburchak. Kvadratlar, doiralarni saqlash uchun 6-9 ta katakchadan iborat. Ikkinchi penalda sanoq materiali yulduzchalar, qoʻziqorinlar, choʻplar va hakozo boʻladi. Yana matematek xossalardan ham foydalanish kerak. Matematik xossa sanash malakasini takomillashtirishda juda ham qulaydir. Buning yasash xam oson. Shaffof esgan (120x160 sm) ikki qavat qilinadi va tikiladi. 6x7 sm oʻlchamli toʻgʻri toʻrtburchaklar xosil qilinadi. 10 ta gorizotal qator hosil qilib, xar bir ustunda 12 tadan choʻntak hosil buladi. Pasda sanoq materiali, rasmlar va boshqa qoʻllanmalarni saqlash uchun choʻntaklar boʻladi. Matematik kassadan turli maqsadlarda: sanash malakasini takomillashtirish uchun hisoblash malakalarini mustaxkamlash, rasmlar boʻyicha masalalar tuzishda va hakozolarda foydalanish mumkin. Masalalar echish oʻquvini shakllantirishda, mustaxkamlashtirishda dinamik katakli taxtachadan foydalanish juda qulaydir. Bunda 500x600 mm oʻlchamli qogʻozda soda pesaj yasaladi. Archalarda, oʻtloqda koʻlda, bulutlarda teshiklar yasaladi. Rasmdagi sanoq materialini almashtirib, turli holatlar bilan bogʻliq koʻplab masalalar tuzish mumkin. Kerakli sondagi detallarni qoʻshish yoki olib tashlash imkoniyati esa masalani bichish uchun amalni tanlash oʻquvining shakllanishiga yordam beradi. Natural sonlar qatori orasidagi munosabatlarni oʻzlashtirishga «sonli zinapoyalar» yordam beradi. Bolalar narsalardan yoki sonlardan sonli zinapoyalar tuzib, sonlar kattaliklari boʻyicha tartiblanganliklari ishonch xosil qiladilar. Sm mavzusini oʻtgan bolalar oʻzlari chizgʻich modelini yasaydilar, bu ularning xar bir uzunlik oʻlchovini sezishini ta’minlaydi. Birinchi snfda qanday miqdorlar oʻtilgan xammasiga koʻrsatmali qurollar orqali misollar keltiriladi. Masalan: litr kurujka, xajm ulchov birliklari kgda pallali tarozilar orqali kiritiladi. Ikki xonali sonlarniraqamlar bilan belgilashda raqamlarning oʻrni abak qator cho’nlaklari boʻlgan jadvallar yordamida tushuntiriladi. Abakning yuqori qatorida alohida choʻplar va yuqori oʻntaliklar uchun choʻntaklar mavjud. Bu jadvalni bolalar oʻzlari yasashlari mumkin. Ikki xonali sonlarning yozilishining tushuntirar eka nyuqoridagi chuntakka choʻplarni soladi. Bolalar esa birlar va oʻnlar sonlarini raqamlar bilan belgilab, mos xolda pastdagi choʻntaklarga soladigan va aksincha 10 va 20 sonlar yozuvi alohida qaraladi. 1(2) raqami–sonda 1 ta (2 ta) oʻnlik borligini bildiradi, 0 raqamii sonda birlar yoʻqligini bildiradi. Kuzatishlar natijasida bolalarning oʻzlari mustaqil xulosa chiqaradilar: Ongdan chap tomonga xisoblanganda birinchi oʻringa birlar, ikkinchi oʻringa oʻnlar yoziladi. Abakdan 1 dan 100 gacha boʻlgan sonlar mavzusida xam ishlatiladi. 10 ichida qoʻshish va ayirishida jadvalidan foydalanish yaxshi samara beradi. Matematik kassadan turli maqsadlarda: narsalarni sanash malakasini takomillashtirish uchun, hisoblash malakalarini mustahkamlash uchun, rasmlar boʻyicha masalalar tuzish, arifmetik amallar xossalarini oʻrganish, koʻpatstirish jadvalini tuzish va hakozalarda foydalanish mumkin. «Ikki teng boʻlakka boʻlish va ikkiga boʻlish» hamda harakatga doir masalaning matematik kassada namoyish etilishi bunday boʻladi. Hozirgi zamon darsida turli hildagi perfokartalar, perfopapkalar, shifrdan borgan sari keng foydalanilmoqda. Eng sodda perfo kartani manna bunday tayyorlash mumkin: albom varagʻi ikki bukiladi, papka hosil boʻladi, ustki boʻlakda har bir qatorda 3 tadan oʻilib, 4 qator teshik ochiladi yoki nomerli 2 ta teshik ochiladi. Varaqlar orasiga vkladish qistirma qoʻyiladi. Bunday perfokartalar barcha Bolalarga yoki bir necha Bolaga ularning ishlarini baholash uchun tarqatiladi. Papkada koʻpincha aniq topshiriq boʻladi. Topshiriqlar ba’zan doskaga yoziladi yoki kodoskop orqali proektsiyalanadi. Har bir Bola darchlar qarisiga topshiriq nomerini qoʻyadi va javobini yozadi. Javobini tanlash va unga javob kodidan foydalanib, perfokarta yordamida barcha Bolalarga juda tez baho qoʻyish mumkin. Bola bunday topshiriq yozilgan kartochka oladi. Bola misolni echadi, javobni tanlaydi va tasvirlangan kartochka –toʻrga «+» belgisini qoʻyadi. Kartochka-kodda darcha ochilgan boʻlib, u kartochka-toʻrdagi toʻgʻri javob bilan ustma-ust tushadi. Endi oʻqituvchiga kartochka – toʻrga javob kodini qoʻyib, darchalardagi «+» lar sonini sanash qoldi. Bu toʻgʻri echilgan misollar sonidir. Oʻzini-oʻzi tekshirish bilan tashkil etiladigan mustaqil ish kartochkasi tasvirlangan. Misol yozilgan har bir darchaning yuqori burchagida bigiz bilan teshik ochilgan. Bola teshikka uchi ochilgan qalamni qoʻyib, misolni tanlaydi va uni yechadi, kartochkaning orqa tomonin oʻgiradi. Qalam uchi darchada orqa tomonda yozilgan toʻgʻri javobni koʻrsatadi. Grafik shifr yordamida bilimlarni tekshirish manna bunday boʻladi. Oʻqituvchi doskada ikki variantda javoblari bilan berilgan misollar tayyorlaydi, ularning toʻgʻriligini tekshirish kerak. Bolalar misollarni ogʻzaki echadilar. Agar javob toʻgʻri boʻlsa, uni yoy bilan belgilaydilar, notoʻgʻri boʻlsa, chiziqcha chizadilar. Xulosa Xulosa qilib shuni aytish lozimki koʻrsatmalilikni dars jarayonida ta’siri juda katta chunki bola koʻrgan narsasini yaxshi, puxta idrok etadi. Buni «mashg’ulotga sur’at olib kirsang devor ham tilga kiradi» degan soʻzlari aniq ifodalaydi, isbotlaydi. Lekin koʻrsatmali qoʻllanmalar ma’lum talablarga muvofiq boʻlishi, chunonchi oʻquv dasturiga Bolalarning yosh xususiyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Biz yuqorida har bir koʻrsatmali qurollarning turlari, ahamiyati foydalanish xaqida ham ma’lumotlarga ega boʻldik. Koʻrgazmali qoʻrollarni oʻz oʻrnida ishlata bilish xam lozim ekan. Xullas dars jarayonini koʻrsatmaliksiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Download 43.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling