Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti
|
Mashg’ulotning maqsadi:
|
Talabalarda korxonaning mustaqil faoliyat yurituvchi sub’ekt ekanligi, bozor sharoitida uning maqsadi va vazifalari, korxonani boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari, korxonani tashkil etish tamoyillari va tartib-qoidalaritayanch so’z va iboralar hamda masalalar, muammoli savollar, testlar, krossvord va boshqotirmalar yechish orqali bilim va ko’nikmasini shakllantirishga ko’maklashishdan iborat.
|
Korxona insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan jamiyatning birlamchi va asosiy bo’g’inidir.
|
2.1-jadval
Bozor sub’ektlarining oldi-sotdi predmetlari
Bozor sub’ektlari
|
Sotish predmetlari
|
Sotib oladigan predmetlari
|
1. Davlat
|
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo’shlig’i, o’simliklar va hayvonot dunyosi, uy-joy, litsen-ziya, davlat tashkilot-lari va muassalarining xizmatlari
|
Davlat va jamiyatga zarur bo’lgan tovarlar (davlat boshqaruv organlari, mudofaaga va hokazolar), ishchi kuchi, jihozlar, fan-texnika yutuqlari va boshqalar
|
2. Korxona
|
Тovarlar, xizmatlar, o’ziga tegishli moddiy ne’matlar, intellektual mulk
|
Yer, tabiiy boyliklar, moddiy resurslar, ishchi kuchi, tovarlar, xizmatlar, qimmatbaho qog’oz-lar va hokazolar.
|
3. Uy xo’jaligi
|
Ishchi kuchi (mehnat), o’ziga tegishli moddiy ne’matlar, tovarlar, xizmatlar
|
Iste’mol tovarlari, xiz-matlar, moddiy ne’matlar
|
Korxona - jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funksiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarni va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, har xil o’lchamdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |