Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti
Download 209.18 Kb.
|
Korxona – mustaqil xo’jalik yurituvchi bozor sub’ekti-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv faoliyati
- Bozor
- Yuridik shaxs
- Mulk
Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivlash va tartibga solish usulidir.
Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki organ tomonidan boshqaruv amallarini bevosita va bilvosita komandalar (buyruq, tavsiya va ko’rsatmalar) shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir. 2.1.-chizma. Boshqaruv ob’ekti va sub’ektining o’zaro aloqasi Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar yig’indisi. Korxona - mehnatkashlar jamoasi mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchilarga sotadigan yoki sanoat harakteridagi turli xil xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik subyekti. Yuridik shaxs – muassasa, korxona yoki tashkilot, inson huquqlari va majburiyatlarining mustaqil subyekti sifatida o’ziga yuklatilgan funksiyalarini bajaruvchi muassasa, tashkilot . Yuridik shaxs mulk bo’yicha sudlarga davogar va javobgar bo’lish huquqiga ega. Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, turli xil byudjet tashkilotlari va muassasalari majmui. Uy xo’jaligi – iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat ko’rsatuvchi, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar is’temol qilinishi. Mulk – ishlab chiqarish vositalari va ular yordamida olingan mahsulotga kishilarning huquqiy munosabatlari bilan belgilangan iqtisodiy munosabatlar majmui. Boshqaruv – 1) boshqarish, idora qilish. 2) subyekt va organlar tomonidan kishilar hamda iqtisodiy obyektlarga ularning harakatini yo’naltirish va kutilgan natijaga erishish uchun amalga oshiriladigan ongli ravishdagi maqsadli ta’sir. Download 209.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling