Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Download 426.71 Kb.
bet17/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

Pul oqimlarining tahlili

Pul mablag‘lari harakati tahlili bevosita va bilvosita usullar asosida amalga oshiriladi. Ularning o‘rtasidagi farq shundan iboratki, joriy faoliyat natijasida olingan pul mablag‘lari oqimi miqdorini aniqlash ketma-ketligi turlicha bo‘ladi:



  • bevosita usul pul mablag‘lari kelib tushishi (mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushum, olingan avanslar va boshqalar) va chiqib ketishini (yetkazib beruvchilar bilan hisoblashish, olingan qisqa muddatli ssuda va qarzlarni qaytarish va boshqalar) hisoblashga asoslanadi, ya’ni boshlang‘ich element tushum hisoblanadi;

  • bilvosita usul pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq operatsiyalar identifikatsiyasi va hisobiga, kelgusida sof foydaga tuzatish kiritishga asoslanadi, ya’ni hisoblashning boshlang‘ich elementi foyda hisoblanadi.

Pul mablag‘lari harakatini bevosita usulda tahlil qilish buxgalteriya hisobi schyotlaridagi pul mablag‘lari harakatini batafsil yoritadi, joriy majburiyatlar bilan hisoblashishlar bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek, investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun mablag‘lar yetarliligiga nisbatan tegishli xulosalar qilishga imkon beradi. Biroq tashkilotlar hisobidagi pul miqdori o‘zgarishlari va moliyaviy natijaning o‘zaro aloqasini bevosita usul yoritolmaydi. Shu maqsadda pul mablag‘lari harakatini tahlil qilish bilvosita usulda ham amalga oshiriladi. Uning mohiyati sof foyda miqdorini pul mablag‘lari miqdoriga o‘zgartirishdan iborat. Bunda har bir tashkilot faoliyatida xarajat va daromadlarning alohida, miqdoriga ko‘ra ko‘pincha salmoqli turlari mavjudligidan kelib chiqiladi. Ular pul mablag‘lari miqdoriga ta’sir qilmagan holda tashkilot foydasini ko‘paytiradi yoki kamaytiradi. Shuning uchun tahlil jarayonida sof foyda miqdoriga shunday tuzatish kiritiladiki, bunda pul mablag‘lari chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar moddalari hamda pul mablag‘lari tushumi bilan birga kuzatilmaydigan daromad moddalari sof foyda miqdoriga ta’sir qilmasligi lozim.
Faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati tahlili 4-shakl “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot” ma’lumotlari bo‘yicha olib boriladi.
Ushbu hisobot shakli uch bo‘limdan iborat:

  1. Operatsion faoliyat.

  2. Investitsion faoliyat.

3.Moliyaviy faoliyat.
9-jadval

Download 426.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling