Korxona bilan tanishish. Korxonalarning ichki nazorat bo‘limlari hamda ularning mutaxassislari bilan tanishish. Tahlil va audit ishlarini tashkil qilinishi va manbalar bilan ta’minlanishini o‘rganish


Faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari ha rakati


Download 426.71 Kb.
bet18/30
Sana09.06.2023
Hajmi426.71 Kb.
#1468274
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
Asosiy qism

Faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari ha rakati






Ko‘rsatkichlar

Hisobot davrida tushum qilindi

Hisobot davrida foydalanildi

Davr uchun o‘zgarishi

Davr boshi uchun pul mablag‘lari qoldig‘i

-

-

+125610

Operatsion faoliyat bo‘yicha mablag‘lar harakati

7329909

7146138

+183771

Investitsion faoliyat bo‘yicha
mablag‘lar harakati

4150

-

+4150

Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati

3816

39899

-36083

Soliqqa tortish

-

262808

-262808

Pul mablag‘larining jami sof o‘zgarishi

-

-

-110970

Hisobot davri oxiri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i

-

-

+14640

9-jadvalga ko‘ra, hisobot davri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i 14640 ming so‘mni tashkil qilgan va davr boshi uchun holat – 110970 ming so‘mga nisbatan kamaygan. Ushbu o‘zgarishga operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari oqimi (183771 ming so‘m) va investitsion faoliyat (4150 ming so‘m) ta’sir qilgan. Biroq moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish bo‘yicha 36083 ming va 262808 ming so‘m miqdorda pul mablag‘lari chiqimi sodir bo‘lgan.




  1. Korxonalarning xususiy kapitali tarkibi tahlili

Jami bo‘naklangan (kiritilgan) kapital shakllanish manbalariga bog‘liq ravishda ikki tarkibiy qism bilan ifodalanishi mumkin: o‘z va qarz mablag‘lari. Xususiy kapital (mablag‘lar) xo‘jalik subyektining aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida aks ettiradi. Balans passivi tarkibini tahlil qilish ushbu manbalarning turlari, tarkibi va o‘ziga xosliklarini belgilashga imkon beradi. Mulkdorlarning yoki ustav kapitali ko‘rinishidagi ishtirokchi- larning mablag‘lari, taqsimlanmagan foyda va o‘z mablag‘lari fondlari; qarz mablag‘lar, bank va boshqa investorlardan olingan ssuda va qarzlar; vaqtinchalik jalb qilingan mablag‘lar – kreditorlar resurslari o‘z mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Foydalanish muddatiga ko‘ra kapital uzoq muddatli (permanent) va qisqa muddatli bo‘ladi.
Mablag‘larning manbalari tarkibi, uning ijobiy yoki salbiy dinamikasi sabablari har bir tashkilotda turlicha bo‘lishi mumkin. Ularni tahlil qilish tashkilotning moliyaviy holatini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususiy kapital tahlilini o‘tkazishda hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar sirasiga quyidagilar kiritiladi:

  • o‘z mablag‘larini shakllantirish manbalarini aniqlash va tashkilotning moliyaviy holatiga dinamikasi ta’sirini baholash;

  • xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligiga baho berish;

  • xususiy kapital tarkibi va tarkibini o‘rganish;

xususiy kapitalning o‘zgarishi sabablarini o‘rganish;

  • xususiy kapitalni to‘ldirish zaxiralarini belgilash.

O‘z mablag‘larining shakllanish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • ustav kapitali – ishtirokchilarning aksiyalari va ulushli badallarini sotishdan olingan mablag‘lar;

  • korxona tomonidan to‘plangan zaxiralar;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning boshqa badallari (maqsadli moliyalashtirish xayriya, xayriya badallari va boshqalar).


Download 426.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling