Mulkni uzoq muddatli ijaraga berish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar.
Manfiy kurs farqlari va chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha zararlar.
Joylashtirilgan mablag‘lar (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va boshqalarga) ni qayta baholashdan zararlar.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar.
Daromad (foyda) solig‘i to‘langunga qadar foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan foyda va favqulodda ( ko‘zda tutilmagan) foyda va zararlar saldosining algebraik miqdori sifatida ta’riflanadi.
STF = UF+FP-FZ.
Favqulodda zararlar – bu korxonaning xo‘jalik faoliyatida o‘ta kamdan-kam hollarda yuzaga keluvchi zarar bo‘lib, ular uchun odatiy hisoblanmaydi va korxona tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlari oqibati sifatida qaralmaydi.
Favqulodda foydalar –
taxmin qilinmagan,
ekstraordinar xarakterga ega, korxonaning odatiy faoliyati doirasidan chiquvchi voqea yoki operatsiya natijasida vujudga keluvchi va olinishi umuman ko‘zda tutilmagan foydalar.
Hisobot
davrining Sof foydasi soliqlar to‘langandan so‘ng
korxona tasarrufida qoladi, daromad yoki foyda solig‘i hisobdan chiqarilgandan so‘ng va yana boshqa qaerdadir hisobga olinmaydigan boshqa soliq va to‘lovlar ayirib tashlangandan so‘ng qoladigan soliqlar to‘langunga qadar foydani o‘zida aks ettiradi:
SF = STF-DS-BS.
Sof foyda miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan o‘rnatilgan foyda solig‘i stavkalari va imtiyozlariga bog‘liq bo‘ladi. Byudjetga foyda solig‘i to‘langandan so‘ng korxona foydadan foydalanish yo‘nalishlarini o‘zi
mustaqil belgilaydi, uning asosiy qismi esa ta’sis hujjatlariga muvofiq va mulkdorlar istagiga ko‘ra taqsimlanadi.
Iste’mol fondiga ancha salmoqli ajratmalarni korxona tomonidan o‘z moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda tanlangan strategiyalarning xarakterli jihatlaridan biri sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Korxonaning to‘lov qobiliyati pasaygan sharoitlarda
foydadan foydalanishning
ushbu qismiga o‘z mablag‘larining potensial zaxirasi sifatida qarash maqsadga muvofiq bo‘lib, iste’mol fondi va jamg‘arma fondi o‘rtasida foyda taqsimlanishida nisbat o‘zgarganda aylanma mablag‘larini to‘ldirishga yo‘naltirish mumkin.
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: